Iqtisodiyot asoslari pdf
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ik = I/YaIM x 100%
- TSk = TS/YaIM x 100%
Ek =E/YaIM x 100%,
bu erda
Ek - eksport kvotasi, E - eksport xajmi. Agar Ek q 10% bo’lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa ko’rsatkichi import bilan YaIM munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi ko’rsatkichidir: Ik = I/YaIM x 100%, bu erda
Ik - import kvotasi, I - import hajmi. Ochiqlikning kompleks ko’rsatkichlaridan biri deb, odatda tashqi savdo kvotasi ko’rsatiladi: TSk = TS/YaIM x 100%, bu erda
TSk - tashqi savdo kvotasi, TS - tashqi savdo oborotining hajmi. Jahon xo’jaligi tuzilmasi xalqaro iqtisodiy aloqalarning: tovar va O`zbekiston iqtisodiyotining, bir nеcha o`n yillar davomida bo`lgani kabi tashqi dunyodan ajralib qolishi hollariga barham berilganligi, mustaqil tashqi iqtisodiy yo`l shakllantirilib, amalga oshirilganligi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining eng muhim natijasi bo`ldi. I. Karimov
60
xizmatlarning xalqaro savdosi, kapital va xorijiy investisiyalar harakati; ishchi kuchi migrasiyasi; ishlab chiqarishning xalqaro kooperasiyasi; fan va texnika sohasida ayriboshlash; valyuta-kredit munosabatlari kabi turli xil shakllarini o’z ichiga oladi. Xalqaro xo’jalik aloqalarining asosini xalqaro savdo tashkil etadi.
Xalqaro savdo nazariyasi David Rikardo tomonidan XIX asr boshlarida ishlab chiqilgan “taqqoslanma avfzallik” konsepsiyasiga asoslangan. Tahlil shuni ko’rsatadiki, taqqoslanma afzallik tamoyilidan foydalanishga asoslangan xalqaro ixtisoslashuv va erkin savdo natijasida umumiy tovarlar ishlab chiqarish o’sadi, mamlakatlarning iste’mol darajasi ularning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan yuqori darajaga etadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qilish maqsadida, hukumat erkin savdo yuliga turli xil to’siqlar o’rnatishi mumkin. Savdo hajmini cheklovchi bunday siyosat, proteksionizm deyiladi. Savdo cheklovlari import tariflari va notarif to’siqlar sifatida namoyon bo’ladi. Poshlina (boj) – bu import qilinuvchi tovarga hukumat tomonidan o’rnatiluvchi, aksiz solig’idir. Notarif to’siqlar o’z ichiga import kvotalari, lisenziyalar, ixtiyoriy eksport cheklovlarini qamrab oladi. Barcha savdo cheklovlari import tovarlariga ichki narxning o’sishiga va import hajmining qisqarishiga olib keladi. Savdo to’siqlarini oqlash uchun proteksionizm tarafdorlari quyidagi argumentlarni keltiradilar: • milliy mudofaani ta’minlash dasturi; • ishchi o’rinlarini saqlab qolish; • yosh tarmoqlarni xorijiy raqobatdan himoya qilish. Tarixiy tajriba bu argumentlarni ishonchli tarzda inkor etib kelmoqda. Proteksionistik savdo siyosatini ro’yobga chiqarish xarajat-lari undan olinayotgan foydadan ortiq qiymatni tashkil etadi.
Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling