Bozor infratuzilmasi - bozorning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi va
unga xizmat ko’rsatuvchi soha va tarmoqlar majmui.
Byudjet - pul daromadlarining shakllanish manbalari va sarflash kanallarini aks
ettiruvchi hujjat.
Byudjet kamomadi - byudjet xarajatlarining daromadlardan ortiqcha bo’lishi.
Byudjet profisiti - byudjet daromadlarining rejalashtirilgan byudjet xarjatlaridan
ortiqcha bo’lishi.
V
Valyuta - mamlakatning muomalada mavjud bo’lgan milliy pul birligi.
Valyuta intervensiyasi - valyuta kursini tartibga solish maqsadida markaziy bank
tomonidan xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish.
Valyuta kursi - bir mamlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat pul birligida
ifodalangan narxi.
Veksel’ - muayyan miqdordagi pulni qarzga olganligi va uni qancha muddatda
qaytarib berishligi haqida shu davlatda amal qiluvchi qonun talablariga qat’iy rioya
qilgan holda aniq shaklda maxsus yozib berilgan va rasmiylashtirilgan qarzdorlik
hujjati.
Do'stlaringiz bilan baham: |