Gorizontal qo’shilish - bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki ishlab
chiqarishning bir xil bosqichini amalga oshiruvchi korxonalarning Yagona
korxonaga birlashishi yoki bitta korxona nazoratiga o’tishi.
Gipoteza - ilmiy bilimlar rivoji va ularning kelib chiqishini asoslash maqsadida
ilgari suriluvchi ilmiy farazlar.
D
Davlat mulki - mulkdor sifatida davlat muassasalari ishtirok etuvchi mulk shakli.
Davlat tadbirkorligi - tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish maqsadida
davlat korxonalarining tijorat va notijorat asosidagi faoliyati.
Davlat sektori - milliy iqtisodiyotning davlat mulki bo’lgan yoki butunicha davlat
tomonidan nazorat qilinuvchi sohasi.
Davlat qarzi - davlatning aholi, korxona va tashkilotlardan va xorijiy
mamlakatlardan bo’lgan qarzi. Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |