Taklif qonuni - taklif hajmi va narxlar darajasi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlikni aks
ettiruvchi iqtisodiy qonuniyat. Talab va taklif qonunlari bozor iqtisodiyotining
muhim qonunlari hisoblanadi.
Talab narxi - xaridorlar tovar va xizmatlar uchun to’lashlari mumkin bo’lgan eng
yuqori narx.
Taklif narxi - tovar va xizmatlarni sotishda sotuvchilar tomonidan taklif etiluvchi
eng past narx. Taklif narxining yuqori bo’lishi sotishdan tushgan pul
tushumlarining yuqori bo’lishini ta’min etadi.
Tuzilmaviy siyosat - iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini o’zgartirishga qaratilgan
davlatning iqtisodiy siyosati.
Tovar - o’zining almashuv va iste’mol qiymatiga ega bo’lgan va bozor orqali
ayriboshlanadigan, yakuniy iste’mol uchun mo’ljallangan mahsulot.
To’la bandlik - milliy iqtisodiyotda mavjud mehnat resurslarining iqtisodiyot
sohalarida to’la band bo’lishi.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |