Iqtisodiyot asoslari pdf


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/165
Sana09.01.2022
Hajmi1.71 Mb.
#262760
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   165
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Samaradorlik  muammosi

  –  asosiy    iqtisodiy  muammo  hisoblanib,  ishlab 

chiqarishning  maqsadi  hisoblangan,  jamiyatning  cheklangan  ehtiyojlarini  eng 

yuqori  mumkin  bo’lgan  darajada  qondirishga  erishish  uchun,  cheklangan 

resurslardan eng oqilona foydalanish yullarini tadqiq qiladi. 

 

 Iqtisodiy  samaradorlikka  erishish  uchun,  jamiyat  o’z  ixtiyo-ridagi 



resurslardan to’laligicha foydalanishga va ishlab chiqarishning eng yuqori hajmiga 

erishishga intiladi. 



Resurslarning cheklanganligi tanlov zaruriyatini keltirib chiqaradi. 

Iqtisodiyotning bosh masalasi bo’lib, ishlab chiqarish omillarini taqsimlashning 

eng samarali variantini tanlash hisoblanadi. Iqtisodiy tanlovni amalga oshira borib, 

jamiyat yoki alohida ishlab chiqaruvchi quyidagi uch savolga javob izlashi lozim: 

•  qaysi

 tovar va xizmatlar va qanday miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? 

• 

Bu tovar  va xizmatlarni 



qanday 

ishlab chiqarish lozim? 

• 

Tovar va xizmatlarni 



kim uchun

 ishlab chiqarish kerak? 

  Inson  mahsulot  ishlab  chiqara  borib,  tabiat  ob’ektlariga  ta’sir  ko’rsatadi  va 

ularni iste’mol uchun yaroqli shaklga keltiradi. 

  Ishlab  chiqarish  -  tabiatdagi  mavjud  ne’matlarni  bevosita  iste’mol  etish  yoki 

ishlab  chiqarishning  keyingi  bosqichlarida  foydalanish  uchun  qayta  ishlashdir. 

Ishlab chiqarishning ushbu funksiyasi uning har qanday ijtimoiy shaklida saqlanib 

qolaveradi. 

  Aynan, jamiyatda tarkib topgan ishlab chiqarish usullari va shakllari yig’indisi 

jamiyatning  qaysi  iqtisodiy  tizimga  mansubligini  ko’rsatib  beradi.  Iqtisodiy 

hayotmizda quyidagi iqtisodiy tizimlar farqlanadi: 

-  An’anaviy iqtisodiy tizim; 

-  Rejali iqtisodiyot; 

-  Bozor iqtisodiyoti; 

-  Aralash iqtisodiyot. 

  Iqtisodiy  rivojlanish  bugungi  kunda  bozor  iqtisodiy  tizimi  jamiyat  iqtisodiy 

faoliyatini tashkil etishning eng oqilona yo’li ekanligini ko’rsatmoqda. 


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling