Xo’jalik yuritishning bozor tizimi
Bozor tizimi xususiy mulkning ustunligi, ijtimoiy mehnat taqsimoti, pul
yordamida amalga oshiriluvchi ayriboshlash munosabat-larining keng rivojlanishi
bilan tavsiflanadi. Boshqa ijtimoiy tizim kabi u doimo rivojlanib boradi. An’anaviy
jamiyatda vujudga kelgan bozor asta sekinlik bilan xususiy tadbirkorlikka
asoslanuvchi Yaxlit kapitalistik tizimga aylanib bormoqda.
Bozor munosabatlari mohiyatini aniqlashtirishda "bozor" tushun-chasi
ikkiyoqlama ma’noga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Birinchidan, bozor
ayriboshlash va muomala sohasida vujudga keluvchi sotish munosabatlarini ifoda
etadi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiy faoliyat jarayonlarini qamrab oluvchi, insonlar
o’rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimini ifoda etadi. U turli
mulkchilik shakllari, tovar - pul munosabatlari va moliya - kredit tizimidan
foydalanishga asoslangan iqtisodiyotning amalda bo’lishining murakkab
mexanizmi sifatida maydonga chiqadi. Muomala sohasidan tashqari bozor
munosabatlari o’z ichiga quyidagilarni ham qamrab oladi:
• bozor asosida ikki ishtirokchi o’rtasida vujudga keladigan ijara
munosabtlari;
• ikki mahalliy va xorijiy xo’jalik yurituvchi o’rtasida vujudga keladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |