mulkchilikning rivojlanganligi;
• erkin narx tizimining amalda bo’lishi;
• iqtisodiy munosabatlarning talab va taklif asosida tashkil etilishi;
• raqobat kurashining mavjudligi;
• rivojlangan bozor infratuzilmasi.
Bozor tizimida faoliyat erkinligiga asoslangan, xo’jalik yuritish tamoyillari
va xususiy rag’bat omillari amal qiladi. Tadbirkorlik faoliyati va bozor tanlovi
rag’bati bo’lib, shaxsiy iqtisodiy manfaat maydonga chiqadi. Tadbirkorlar foydani
maksimallashtirish, ishlab chiqarish omillari egalari resurslardan foydalanganlik
uchun yuqori daromad olish, iste’molchilar esa zarur tovar va xizmatlarni sotib
olish jarayonida o’z foydalarini optimallashtirishdan manfaatdor bo’ladilar.
Bozor tizimining samrali faoliyat yuritishi transaksion xarajatlar
ko’lamining pastligi bilan izohlanadi. Transaksion xarajatlar o’z navbatida
quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
- axborotlar izlash bilan bog’liq xarajatlar;
- bitimlar tuzish bilan bog’liq xarajatlar;
- tovar sifatini aniqlash, ma’lum me’yorlarni o’rnatish bilan bog’liq
Do'stlaringiz bilan baham: |