Monopol renta
- tabiiy iqlim sharoitlari o’ziga xos bo’lgan hududlarda erga
ishlov berish natijasida vujudga keladi. Bunday hududlarda etishtirilgan
mahsulotlar boshqa hududlarda etishtiril-masligi bilan farqlanib, bu xil mahsulotlar
(choy, kofe, sitrus mevalar) doimo yuqori talab bilan iste’molchilar tomonidan
sotib olinadi. Bu esa ushbu mahsulotlarga yuqori narx darajasini va monopol foyda
olish imkonini belgilab beradi.
Undirma sanoatdan olinadigan renta
- er osti boyliklariga, ularning sifati va
qazib olish xarajatlariga mos tarzda olinadigan rentadir.
Qurilish uchastkalaridan olinadigan renta
erning tabiiy hosildorligi uchun
olinadigan rentadan farq qilib uning joylashgan o’rniga bog’liq bo’ladi. Agar er
yirik shaharlarga, transport yo’llariga va noyob tabiatli hududlarga qanchalik yaqin
bo’lsa, undan olinadigan renta miqdori shunchalik yuqori bo’ladi.
Ma’lumki er taklifi cheklangan, unga bo’lgan talab esa muttasil o’sib
boradi.Erga bo’lgan talab va uning taklifining o’zgarib turishi natijasida er narxi
ham o’zgarib turadi. Er narxi renta miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda, foiz
darajasiga nisbatan esa teskari yo’nalishda o’zgaradi. Er narxini quyidagi
hisoblashlar asosida aniqlashimiz mumkin bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |