Davriy ishsizlik
- bu asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi
kuchiga bo’lgan talabning kamayishidan paydo bo’ladi. Davriy pasayish tovar va
xizmatlar yalpi taklifining kamayishi va oqibatda aholini ish bilan bandligining
qisqarishi va ishsizlikning o’sishini bildiradi.
To’la ish bilan bandlik
- barcha ishchi kuchining 100% ish bilan
ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, ixtiyoriy va tuzilmaviy ishsizlik ilojsiz
hol bo’lganligini hisobga olsak, biz mutloq to’la ish bilan bandlikka erishib
bo’lmasligini tushunamiz.
Mehnat bozorining tarkibini quyidagilar tashkil etadi:
- mehnatga talab;
- mehnat taklifi;
- ishchi kuchi narxi yoki ish haqi;
- ishchi kuchi qiymati;
- raqobat.
Shunday qilib, mehnat bozori tovar bozorining o’ziga xos ko’rinishi bo’lib,
uning xususiyati shundan iboratki, unda ishchi kuchi yoki insonning mehnat
qobiliyati sotiladi va sotib olinadi.
Kapital bozorida ham, talab va taklif qonuni amal qiladi va kapital narxini
belgilab beradi.
34
Kapital bozorida foiz, yillik foiz stavkasi, diskontlash, investision loyihalar,
bank depozitlari kabi kategoriyalar amal qiladi. Kapital bozorining muhim
ko’rinishlaridan biri qimmatbaho qog’ozlar bozori bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |