Iqtisodiyot asoslari
Bozor iqtisodiyoti … asoslangan iqtisodiyotdir
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushuncha va terminlar
- To’g’ri-noto’g’ri
6. Bozor iqtisodiyoti … asoslangan iqtisodiyotdir.
7. Quyida keltirilgan tavsiflardan qaysi biri bozor iqtisodiyoti uchun xos emas: a) Raqobat; b) Markazlashgan rejalashtirish; c) Xususiy mulk; d) Tadbirkorlik tanlovi erkinligi. Asosiy tushuncha va terminlar: a) Mulkchilik huquqi b) Bozor. c) Narx mexanizmi. d) Mehnat taqsimoti. e) iqtisodiy xarajatlar. f) iqtisodiy foyda. 1. Muqobil xarajatlar 2. Mehnat jarayonini har xil xodimlar tomonidan bajariluvchi alohida operasiyalarga bo’lish. 3. Narx signallari asosida resurlarni taqsimlash va ulardan foydalanish. 4. Muqobil xarajatlar chegirib tashlangandan keyingi firmaning yalpi daromadi. 5. Sotuvchi va xaridorni birlashtiruvchi mexanizm. 6. Iqtisodiy resurslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish huquqi. To’g’ri-noto’g’ri: 1. Raqobatli bozor tizimining amal qilish doirasida sof iqtisodiy muammolar: “Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish kerak? ” hal etiladi, ijtimoiy adolat muammolari davlat zimmasiga yuklatiladi. 2. Mukammal yoki erkin bozor raqobati – bu shunday raqobatki, unda sotishga taklif etilayotgan tovarning narxiga bozor ishtirokchilaridan hech biri ta’sir etolmaydi. Nomukammal raqobat- talab va taklif muvozanatining buzilishiga olib keluvchi narx shakllanish jarayoniga har qanday monopol aralashuvdir. 3. Bozor narx mexanizmi o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini tartibga solish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini kafolatlaydi. 4. Nomukammal raqobatchi o’zi sotib olayotgan yoki sotayotgan tovarlar narxiga ta’sir ko’rsata olmaydi. 19 5. Avtomobillarga yoqilg’i quyish shahobchasi - bozorning bir ko’rinishiga misol bo’la oladi. Mashqlar: 1. Daromadlar va xarajatlar iqtisodiy aylanmasini tahlil qiling va o’z fikrlaringizni bayon qiling. 2. Quyidagi holatga o’z fikringizni bildiring: “Asalari gullarni changlatish uchun emas, balki asal olish uchun nektar yig’adi. Provardida esa u gullar manfaatiga xizmat qiladi. Xuddi shunday holat korxona bilan ham yuz beradi.” 3. Raqobatli bozor iqtisodiyotining ijobiy tomonlarini ko’rsating. Sizning fikringizcha uning salbiy tomonlari nimalardan iborat? Davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashish usullarini sharhlab bering. 4. Bozor tizimining muhim tavsifi va uning samarali amal qilishining sababi, kapitaldan keng miqyosda foydalanishdir. Bozor iqtisodiyoti samaradorligi o’sishiga imkoniyat yaratuvchi, bozor iqtisodiyotining ikki tavsifini aytib o’ting. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling