Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

 
 
 
Bozor tuzilmasi va nomukammal raqobat 
Mukammal raqobatli bozor uchun xos bo’lgan sifatlar asosida faoliyat 
yurituvchi bozorlarni deyarli uchratib bo’lmaydi. 
Mukammal raqobat va monopoliya – bozor tuzilmalarining ikki qutbiy 
tipidir. 
Na monopolistik, na mukammal raqobatli hisoblanmaydigan bozorlar 
monopolistik raqobat nazariyalari va oligopoliya nazariyalari orqali ko’rib 
chiqiladi. Bu nazariyalar korxonalarda o’z mahsulotini tabaqalashtirish 
(differensasiya) uchun rag’batning vujudga kelishini, hamda narx belgilashda 
hamkorlikda faoliyat yuritish uchun omillarning paydo bo’lishini tushuntirib 
beradi. 
Monopolistik raqobat, ham mukammal raqobatli va hamda monopoliya 
unsurlariga ega bo’lgan bozor tuzilmasi bo’lib hisoblanadi. 
Monopolistik raqobat eng avvalo quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi: 
birinchidan,
mahsulotni tabaqalashtirish (alohidalashtirish). Har bir korxona, 
boshqa korxona mahsulotlaridan farq qiluvchi mahsulot ishlab chiqaradi; 
ikkinchidan,
mahsulotni alohidalashtirish natijasida, ishlab chiqa-ruvchi 


38 
tomonidan olingan, monopol xokimiyatning ma’lum bir ulushiga egalik qilish; 
uchinchidan,
 mijozlar safining barqarorligi;
Agar, mahsulot narxi ko’tarilsa, firma o’z xaridorlarining hammasini 
yo’qotmaydi. Monopolistik raqobatli firma mahsulotiga talab egiluvchanlik 
tavsifiga ega bo’lmaydi. Biroq, o’xshash mahsulotlarni sotuvchilarning ko’pligi, 
talab egri chizig’iga egiluvchanlik tavsifini beradi
to’rtinchidan,
bozorda mustaqil harakat qiluvchi, raqiblarga farqsiz 
munosabatlarda bo’lish; 
beshinchidan,
tarmoqka kirish uchun, jiddiy to’siqlarning yo’qligi. 
Monopolistik raqobatning iqtisodiyotga ta’sirini baholagan holda, bir qator 
holatlarni hisobga olish zarur: 
1. Bu bozor tuzilmasida resurslar samarali taqsimlanmaydi, jamiyat, qanchalik 
ko’p mahsulot ishlab chiqarilsa, shuncha naf ko’rgan bo’lur edi. 
2. Firmalar ishlab chiqarish o’lchamlari 
o’sishi ustivorliklaridan 
foydalanmaydilar. 
Iste’molchilar bozorda sotuvchi topish uchun o’zlarini ko’p urintirmaydilar, 
chunki bozorda korxonalar soni ko’p bo’ladi. Ko’rsatilgan bozor tuzilmasi uchun 
narxdan tashqari raqobat xosdir. Monopolistik raqobatli firma boshqa ishlab 
chiqaruvchilarning mahsulotlaridan farq qiluvchi mahsulot Yaratish rag’batiga ega 
bo’ladilar. Shu tahlit, korxona qisqa muddatli davrda talab egri chizig’ini o’ng 
tomonga siljitish va foydani ko’paytirish imkoniga ega bo’ladi. Narxdan tashqari 
raqobatning muhim vositasi reklama hisoblanadi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling