Mustaqil ishlash uchun
Yapon videomagnitofon ishlab chiqaruvchilari o’z foydalaridan mahrum
bo’lishmoqda
1992 yilda Yaponiyada videomagnitofon ishlab chiqaruvchi soha o’zining 20
yillik yubileyini nishonladi. Ammo, mazkur yubiley hech qanday
ko’tarinkiliksiz o’tdi. 17 yil mobaynida mazkur tovar ishlab chiqaruvchilari
37
sotish hajmini eng yuqori darajaga olib chiqishdi, biroq, keyingi uch yil ichida
bir tomonidan bozorning to’yinishi, ikkinchi tomondan xorijiy raqobatchilar
sonining o’sishi natijasida videomagnitofonga bo’lgan talab tez sur’atlar bilan
pasayib ketdi. Yaponiyaning o’zidayoq oilalarning qariyb 80 %i kamida
bittadan videomagnitofonga ega, bu esa mamlakatda mazkur mahsulot uchun
iste’molchilar bazasining qisqarishiga olib keldi. Ayni paytgacha, AQSH
yapon video-magnitofonlari uchun eng yirik bozor bo’lib kelgan bo’lsa,
endilikda amerikalik iste’molchilar ko’proq Janubiy Koreya va Janubiy –
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqarilgan nisbatan bir muncha arzon
tovar modellariga murojaat qilishmoqda.
Sizningcha nima uchun Matsushita, Toshiba, Hitachi, JVC va Sanyo
kabi mashhur kompaniyalarning foydalari pasayib ketdi. Olinayotgan
foydani ilgarigi darajasiga ko’tarish uchun kompaniyalar qanday yo’l
tutishlari lozim?
Ushbu masalani hal etish uchun quyidagi adabiyotlar bilan tanishib
chiqish tavsiya etiladi;
1.
Майкл Р. Байе. Управленческая экономика и сратегия бизнес.
пер. с англ. М., «ЮНИТИ» 1999 г. 325 -370 ср.
2.
Салимов Б. ва бош=алар Микрои=тисодиёт, дарслик, Т.,
«
Шар=» 2001 й. 225 – 247 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |