Iqtisodiyot asoslari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzilmaviy ishsizlik
- Davriy ishsizlik
- To’la ish bilan bandlik
Friksion ishsizlik
- bularga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchlari kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan mavsumiy ishlar, ishlab chiqarishlardagi eski modelning yangisi bilan almashtirilishi, ish yoki turar joylarini o’zgartirishlar, yohud o’quv yurtlarini tugatish va shuningdek boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Tuzilmaviy ishsizlik - bularga asosan ishsizlarning malakalarini o’zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim bo’lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tuzilmaviy ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida ma’lum malaka va tajriba mavjud bo’ladi va undan foydalanib ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydilar. Tuzilmaviy ishsizlik iste’mol bozori ma’lum mahsulotlar bilan to’ldirilganda va u mahsulotga ehtiyoj qolmaganda paydo bo’ladi. Davriy ishsizlik - bu asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishidan paydo bo’ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlar yalpi taklifining kamayishi va oqibatda aholini ish bilan bandligining qisqarishi va ishsizlikning o’sishini bildiradi. To’la ish bilan bandlik - barcha ishchi kuchining 100% ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, ixtiyoriy va tuzilmaviy ishsizlik ilojsiz hol bo’lganligini hisobga olsak, biz mutloq to’la ish bilan bandlikka erishib bo’lmasligini tushunamiz. Mehnat bozorining tarkibini quyidagilar tashkil etadi: - mehnatga talab; - mehnat taklifi; - ishchi kuchi narxi yoki ish haqi; - ishchi kuchi qiymati; - raqobat. Shunday qilib, mehnat bozori tovar bozorining o’ziga xos ko’rinishi bo’lib, uning xususiyati shundan iboratki, unda ishchi kuchi yoki insonning mehnat qobiliyati sotiladi va sotib olinadi. Kapital bozorida ham, talab va taklif qonuni amal qiladi va kapital narxini belgilab beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling