Iqtisodiyot asoslari
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Undirma sanoatdan olinadigan renta
Monopol renta
- tabiiy iqlim sharoitlari o’ziga xos bo’lgan hududlarda erga ishlov berish natijasida vujudga keladi. Bunday hududlarda etishtirilgan mahsulotlar boshqa hududlarda etishtiril-masligi bilan farqlanib, bu xil mahsulotlar (choy, kofe, sitrus mevalar) doimo yuqori talab bilan iste’molchilar tomonidan sotib olinadi. Bu esa ushbu mahsulotlarga yuqori narx darajasini va monopol foyda olish imkonini belgilab beradi. Undirma sanoatdan olinadigan renta - er osti boyliklariga, ularning sifati va qazib olish xarajatlariga mos tarzda olinadigan rentadir. Qurilish uchastkalaridan olinadigan renta erning tabiiy hosildorligi uchun olinadigan rentadan farq qilib uning joylashgan o’rniga bog’liq bo’ladi. Agar er yirik shaharlarga, transport yo’llariga va noyob tabiatli hududlarga qanchalik yaqin bo’lsa, undan olinadigan renta miqdori shunchalik yuqori bo’ladi. Ma’lumki er taklifi cheklangan, unga bo’lgan talab esa muttasil o’sib boradi.Erga bo’lgan talab va uning taklifining o’zgarib turishi natijasida er narxi ham o’zgarib turadi. Er narxi renta miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda, foiz darajasiga nisbatan esa teskari yo’nalishda o’zgaradi. Er narxini quyidagi hisoblashlar asosida aniqlashimiz mumkin bo’ladi: R En q --- x 100% F En - er narxi; R - er rentasi F - foiz stavkasi. Er narxi darajasiga er maydonining joylashgan o’rni, erning hosildorligi, er maydonining muqobil ishlatish imkoniyatlari mavjudligi, infratuzilma ob’ektlarining etarlicha rivojlanganligi kabi omillar ta’sir ko’rsatadi. Er taklifining cheklanganligi undan samarali foydalanish yo’llarini izlab topishni talab etadi. Ishchi kuchi bozori, xususan ishchi kuchi taklifi xususiyatlari shundan iboratki, xodim qancha vaqt ishlashni va qancha vaqtni dam olish va muqobil mashg’ulotlarga ajratishni o’zi hal qiladi. Mehnat bozorida “o’rin almashtirish samarasi va daromad samarasi” amal qiladi. Mehnat resurslarini sifat jihatdan takomillashtirish iqtisodiyotning o’sish sur’atlari bilan bevosita bog’liqdir. Shuning uchun ham mamlakatda mehnat bozorini, mehnatni boshqarish institutlarini va uning iqtisodiy - huquqiy mexanizmlarini yaratish eng asosiy vazifalardan biridir. Mehnat bozori va uning normal faoliyat ko’rsatishi quyidagi omillarga bog’liq: - aholi soni, yoshi va jinsiy tarkibi; - ish bilan bandlikdagi hududiy va tarmoq o’zgarishlari; 33 - qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mexanizmi; - ishlab chiqarish hajmi, uning o’sish sur’ati, ishlab chiqarish tarkibi; - ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi; - mehnat resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari va boshqalar. Amaliyotda aholining “to’la ish bilan bandligi” degan tu-shuncha bor. Lekin bunday natijaga o’z - o’zidan erishib bo’lmaydi, chunki 100% aholining ishlamoqchi bo’lgan qismini deyarli ish bilan band qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham ma’lum miqdorda aholining ishsiz bo’lishi iqtisodiy jihatdan normal holdir. Ishsizlar - bu ishchi kuchining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan lekin ishlashni xohlovchi va ish qidirayotganlardan iborat. Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud: Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling