Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Trest
 - bunday birlashmaga a’zo bo’lgan korxonalar o’z faoliyatlarini to’liq 
trest idoralari orqali yuritadilar. 
Konsern
- ko’p tarmoqli korxonalar faoliyatining monopol-lashuvini ifoda 
etadi. 
Monopolistik faoliyat yuritishning yana bir shakli 
kombinat
bo’lib, bu bir 
turdagi ishlab chiqarish tarmoqlariga oid bo’lgan korxonalar birlashmasidir. 
Kombinatlar asosan bir tarmoqqa oid bo’lgan ishlab chiqarish korxonalari 
birlashishida ifodalanadi va kombinat faoliyat-ining kengayishi 
gorizontal
 
yo’nalishda amalga oshadi. Ayni paytda kombinat miqyosida 
vertikal
ravishda 
ham integrasiya amalga oshiriladi. Bu diversifikasiya jarayonining bir qismi bo’lib, 
ilgari kombinat bir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lsada, 
keyingi davrlarda uning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko’rsatish 
sohalariga kirib borishida ifodalanadi.
Monopolistik faoliyat yuritish uchun ishlab chiqarishning diversifikasiyasi 
xos bo’lib, diversifikasiya asosan kapitalning to’planuvi va markazlashuvi asosida 
amalga oshadi. Birinchi holatda, monopolistik korxona o’z jamg’armalaridan 
foydalanish hisobiga boshqa tarmoq ishlab chiqarishlariga kirib borsa, ikkinchi 
holatda esa, tarmoqda faoliyat yurituvchi korxonalarning aksiyalarini sotib olish 
bilan ularning ishlab chiqarish faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatiladi. 
Ingliz iqtisodchisi M. E. Porterning tadqiqotlariga ko’ra, ma’lum bozordagi 
raqobat holatini quyidagi beshta raqobat kuchi bilan tavsiflash mumkin: 
1. Raqobatlashayotgan sotuvchilar o’rtasidagi musobaqalashuv. 
2. Narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh va o’rin bosar bo’lgan tovarlar 
o’rtasidagi raqobat. 
3. Yangi raqiblarning paydo bo’lish xavfi. 
4. Bozorga tovar va xizmatlarni etkazib beruvchilarning iqtisodiy salohiyati 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling