Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Oligopolistik raqobat
- shunday bozor tuzilmasiki, unda bir necha yirik 
korxonalar hukmronlik qiladilarva o’zaro g’ayri narxiy raqobat kurashi olib 
boradilar. 
Sof monopolistik
raqobat, asosan bir tarmoqda bitta yoki bir necha yirik 
firmalarning monopolistik xukmronligi natijasida vujudga keladi. Bu 
monopoliyalarning faoliyatida raqobat ularning foydasi uchun xizmat qiladi. 
Tarmoq ishlab chiqargan mahsulot, deyarli, ular tomonidan monopol baholarda 
sotiladi va monopol foyda olinadi. Monopoliyalar monopol foydadan mahrum 
bo’lmaslik, xom- ashyolarga yakka egalik qilish, sotish bozorlarini saqlab qolish 
uchun boshqa firmalarga bu tarmoqqa kirishlariga yo’l bermaydilar.
Monopoliyalarning ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarishga 
ixtisoslashganligi, ularga ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirishga, tovarlarni 
sotish bahosi talab va taklif asosida belgilashga sharoit Yaratadi. Bu degani, 
monopolistik ishlab chiqarish jarayoniga ikkinchi bir firmani kirishi amri mahol. 
Bu esa ishlab chiqarishning qulay samarasiga salbiy ta’sir etadi. Chunki ishlab 
chiqarish resurslari monopoliyalar manfaati asosida taqsimlanadi. Agarda bu 
taqsimot keng ko’lamda amalga oshirilsa ishlab chiqarish harajatlari pasayishi va 
tovarlarning qiymatini arzonlashuviga olib kelishi mumkin. 
Raqobatli bozor jarayonining katta ustunligi shundan iboratki, iqtisodiy 
muammolar shaxssiz tarzda hal etiladi. 
Raqobatli bozorning yana bir muhim jihati tanlov erkinligidir. Mukammal 
raqobatning bunday sharti bajarilgan taqdirda, bozorga kirib kelish uchun to’siqlar 
bo’lmagan holda, tadbirkorlar kasb va faoliyat turini tanlashda erkin bo’ladilar. 
Bunda ular faqat shaxsiy moyilliklari, talab etiluvchi mablag’ni to’plash qobiliyati 
bilan cheklanadilar. 
Quyida sof raqobat sharoitida bozor muvozanati chizma tarzda ifodalangan: 
 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling