Iqtisodiyot asoslari


mumkin  bo’lgan eng yuqori darajasi o’rtasidagi texnologik bog’liqlik ishlab chiqarish


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

mumkin 
bo’lgan eng yuqori darajasi o’rtasidagi texnologik bog’liqlik ishlab chiqarish 
funksiyasi orqali ifodalanadi. 
Ishlab chiqarish tahlili rasman iste’mol tahliliga o’xshashdir. Ishlab 
chiqarish funksiyasi grafik tarzda izokvantalar kartasi yordamida tasvirlanadi. 
Izokvanta mahsulotning ma’lum miqdorini ishlab chiqarish uchun foydalanish 


25 
mumkin bo’lgan ishlab chiqarish omillari xarajatlarining turli kombinasiyalarini 
aks ettiradi. 
Izokvantaning og’ishi resurlarni texnologik almashtirishning chegaraviy 
me’yorini o’lchaydi, resurslar almashtirilishining chegaraviy me’yori ishlab 
chiqarish hajmini saqlab qolgan holda, ushbu resurs birligining boshqa resurs 
birligiga almashtirish miqdorini ifoda etadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash 
Tasniflash belgilari 
Xarajatlarning bo’linishi 
Iqtisodiy elementlar 
Sarflarning iqtisodiy elementlari 
Tannarx moddalari 
Tannarx, kal’kulyasiya moddalari 
Texnologik jarayonga aloqadorligi 
Asosiy, qo’shimcha 
Tarkib
Bir elementli, kompleks 
Mahsulot tannarxiga kiritish 
To’g’ri, egri 
Ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni 
Ishlab chiqarish, noishlab chiqarish 
Sarf qilishning maqsadga muvofiqligi 
Unumli, unumsiz 
Rejalashtirish imkoniyati
Rejalashtiriluvchi, rejalashtirilmaydigan 
 
Ishlab chiqarish hajmiga nisabati 
Doimiy, o’zgaruvchan 
Vujudga kelish davriyligi 
Joriy, bir martalik 
 
Tayyor mahsulotga nisbati 
Tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflar, 
tayyor mahsulotga sarflar 
Qisqa muddatli davrda hech bo’lmaganda ishlab chiqarishning bitta omili 
doimiylik kasb etadi, uzoq muddatli davrda esa ishlab chiqarishning barcha 
omillari o’zgarishga uchraydi. Bitta omil (resurs) ning o’zgaruvchanligi sharoitida 
o’zgaruvchan resursning o’rtacha mahsuloti va chegaraviy mahsuloti 
tushunchalaridan foydalaniladi. chegaraviy unumdorlikning pasayib borish qonuni 
shuni ta’kidlaydiki, ma’lum muddatdan so’ng, boshqa resurslarning o’zgarmas 
sharoitida bir resursdan foydalanish hajmining o’sishi, o’zgaruvchan omilning 
chegaraviy mahsuloti kamayishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarish omillarining o’rin almashtirish qoidasi, ikki resurslar o’sish 
nisbatining ularning chegaraviy mahsuloti hajmiga teskari bog’liqlikda bo’lishi 
bilan ifodalanadi. 
Uzoq muddatli davrda korxona barcha omillarni ko’paytirish hisobiga ishlab 
chiqarish hajmini oshirishga intiladi. Ishlab chiqarish o’lchamlarining o’sish 
samarasi resurslar sarfiga bog’liq holda ijobiy, o’zgarmas yoki salbiy bo’lishi 
mumkin. 
Korxona (firma) oqilona qarorlar qabul qila olish uchun, xarajatlar darajasi 
to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobga olishi lozim. Qisqa muddatli davrda xarajatlar 
doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linadi. Uzoq muddatli davrda barcha 
xarajatlar o’zgaruvchanlik kasb etadi. Umumiy va o’rtacha xarajatlar farqlanadi. 
Bir mahsulot birligining o’sishi bilan bog’liq xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb 
ataladi. 
Xarajatlar darajasi to’g’risidagi axborotlar xarajatlar chizig’i - izokostani 
yasashga imkon yaratadi. 


26 
Ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil etishda mehnat unumdorligi kategoriyasi 
muhim o’rin tutadi. Mehnat unumdorligi sarflangan har bir birlik omil hisobiga 
yaratilgan va sotilgan mahsulot miqdorini ko’r-satadi. 
Mehnat unumdorligining o’sishi quyidagi shartlarning mavjud bo’lishida 
amalga oshadi: 
- mahsulot ishlab chiqarish o’sadi, sarflar kamayadi; 
-  mahsulot ishlab chiqarish o’sadi, sarflar o’zgarishsiz qoladi; 
- mahsulot ishlab chiqarish o’sadi, sarflar esa past sur’atlar bilan o’sadi; 
- mahsulot ishlab chiqarish o’zgarishsiz qoladi, sarflar esa qisqaradi; 
- mahsulot ishlab chiqarishga nisbatan sarflar tez sur’atlar bilan qisqara 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling