kamroq ikra qo’ya boshladilar. Bu muammoni grafik tarzda ko’rsatib bering
va u ikra va shampan vinosi bozorlarida qanday oqibatlar keltirib chiqa-
rishini tushuntiring.
Ushbu masalalarni hal etish uchun quyidagi adabiyotlar bilan tanishib
chiqish tavsiya etiladi;
1.
Майкл Р. Байе. Управленческая экономика и цратегия бизнес.
пер. с англ. М., «ЮНИТИ» 1999 г. 99 -120 цр.
2.
Салимов Б. ва бош=алар Микрои=тисодиёт, дарслик, Т.,
«
Шар=» 2001 й. 22 – 90 с.
Ishlab chiqarish xarajatlari
Ishlab chiqarish va mahsulotni sotishda foydalaniluvchi ishlab chiqarish
omillarining pul ko’rinishidagi ifodasi xarajatlar sifatida ifoda etiladi. Ishlab
chiqarish xarajatlarini tahlil etishda bir necha yondashuvlar mavjud.
Birinchidan,
ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan xarjatlar
korxona xarajatlari va jamiyat xarajatlariga bo’linadi. Jamiyat nuqtai nazaridan
tayyor mahsulot qiymatida ifoda etiluvchi barcha jonli va buyumlashgan mehnat
sarflari xarajatlar tarkibini takshil etadi. Korxona ishlab chiqarish xarajatlari takror
ishlab chiqarish jarayoni natijalarini ifoda etadi va korxonaning ishlab chiqarishda
iste’mol qilgan ishlab chiqarish vositalari va ish haqi to’lash bo’yicha pul sarflarini
aks ettiradi.
Ikkinchidan,
korxona ishlab chiqarish xarajatlariga iqtisodiy va
buxgalteriya nuqtai nazaridan yondashuv farqlanadi.
Buxgalteriya xarajatlari o’zida, xarid qilishning haqiqiy narxlarida hisoblangan
sarf qilingan resurslar qiymatini ifoda etadi.
Iqtisodiy xarajatlar - bu boy berilgan imkoniyatlar xarajatidir (muqobil xarajatlar).
Iqtisodiy xarajatlar sarf qilingan resurslarni eng samarali usul orqali ishlatish
hisobiga olinishi mumkin bo’lgan daromadlar summasiga teng. Ishlab chiqarish
xarajatlarini tasniflashda va ularni u yoki bu xarajatlar turiga mansubligini
aniqlashda xarajatlarning bir qator muhim belgilaridan foydalanish mumkin. Bu
xil tasniflash quyidagi jadvalda o’z ifodasini topgan.
Ishlab chiqarish resurslarni mahsulotlarga aylantirish jarayoni sifatida
qaraladi. Omilli xarajatlar tuzilmasi va mahsulot ishlab chiqarishning
Do'stlaringiz bilan baham: |