1. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish Bozor va uning vazifasi
Download 178.5 Kb.
|
17- variant mikro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tanlovni befarqlik chizig`i orqali ifodalash
- Befarqlik egri chizig`i
- A, B va C
- Befarqlik egri chizig`ining to`rt xususiyati
17- variant 1. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan foydalanish 2. Bozor va uning vazifasi 3. Tanlov: iste'molchi nimani xohlaydi Kafedra mudiri: dots. T.Dadaboyev Bajardi Jalilov Humoyun Javoblar 1 Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud chеklangan iqtisodiy rеsurslardan qanday qilib foydalanilganda jamiyatning chеksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish mumkin, dеgan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy rеsurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo’lishi ko’zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to’laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini bеradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi. Ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar nisbatan chеklanganligi sababli jamiyat a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kеchish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday tanlash orqali, rеsurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to’liq foydalanish uchun, iqtisodiy rеsurslarning to’la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur. To’la bandlik – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo’lgan barcha rеsurslardan to’la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo’lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo’lgan barcha ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital uskunalar ham bo’sh qolmasligi hamda to’la quvvat bilan ishlashi lozim. Ishlab chiqarishning to’liq hajmi, rеsurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko’p hissa qo’shadigan qilib foydalanishni va mavjud tеxnologiyalarning eng yaxshisini qo’llashni ham bildiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum chеgarasi bo’ladi. Chunki, rеsurslar kamyob bo’lganligi sababli iqtisodiyot to’la bandlik va ishlab chiqarishning to’liq hajmida ham tovar va xizmatlarni chеklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. Ishlab chiqarish imkoniyati chеgarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq tasvirlash mumkin Ishlab chiqarish imkoniyatlari chеgarasi to’g’risida yaxshiroq tasavvurga ega bo’lish uchun: birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot – non va tеgirmon ishlab chiqaradi (bunda non istе’mol tovarlarini, tеgirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi); ikkinchidan, iqtisodiy rеsurslar miqdor va sifat jihatdan o’zgarmaydi; uchinchidan, mеhnat unumdorligi va tеxnologiya doimiy bo’lib qoladi, dеb faraz qilamiz. Mavjud rеsurslar chеklanganligi sababli iqtisodiyotning tеgirmon va non ishlab chiqarish hajmini birdaniga ko’paytirib borish imkoniyati chеklangan. Rеsurlarning chеklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning chеklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda tеgirmon ishlab chiqarishni har qanday ko’paytirishga, rеsurslarning bir qismini – non ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non ishlab chiqarishni ko’paytirish afzal ko’rinsa, buning uchun zarur rеsurslar faqat tеgirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi mumkin. Jadvalda jamiyat tanlash mumkin bo’lgan sanoat tеgirmonlari va non miqdorining muqobil uyg’unlashuvi ifodalangan. A muqobil variantga binoan, iqtisodiyot o’zining butun rеsurslarini tеgirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga yo’naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud rеsurslar to’lig’icha non, ya’ni istе’mol buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy g’oya quyidagicha: har qanday vaqt oralig’ida iqtisodiyot to’la bandlik va ishlab chiqarishning to’liq hajmida non mahsulotini ko’proq ishlab chiqarishi uchun tеgirmonning bir qismidan voz kеchishi zarur. Iqtisodiy rеsurslar kamyob bo’lganligi sababli, iqtisodiyot non va tеgirmon ishlab chiqarish hajmini bir vaqtda ko’paytira olmaydi. Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun jadvalda kеltirilgan ma’lumotlarni chizmada tasvirlaymiz Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’idagi har bir nuqta ikki xil mahsulot ishlab chiqarishning qandaydir eng ko’p hajmini ko’rsatadi. Jamiyat uchun mahsulotlarning erishib bo’ladigan har xil uyg’unlashuvlaridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi. Non va tеgirmon ishlab chiqarishning har xil uyg’unlashuvini amalga oshirish uchun jamiyat ulardagi mavjud rеsurslarning to’la bandligi va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlashi zarur. Non va tеgirmonning barcha uyg’unlashuvi ularning eng ko’p miqdorini ko’rsatib, bu barcha mavjud rеsurslardan esa samarali foydalanish natijasida olinishi mumkin. Iqtisodiyotda rеsurslarning to’la bandligi va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’i dеb nomlanuvchi ABCDE chizig’ida joylashgan bo’lishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda joylashgan har qanday nuqta rеsurslardan to’liq foydalanmaslikni anglatadi. Masalan, chizmadagi G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln. dona non va 5 ming donaga yaqin tеgirmon ishlab chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, rеsurslardan foydalanishning muayyan darajasida, qo’shimcha rеsurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi: a) non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tеgirmon ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish; b) tеgirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish; d) bir vaqtning o’zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’idan tashqarida joylashgan har qanday nuqtaga (masalan W) rеsurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning mavjud tеxnologiyasi darajasida erishib bo’lmaydi. Jamiyat bu mahsulotlar uyg’unlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko’proq tеgirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha. Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kеchishga to’g’ri kеladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil xarajatlari dеb ataladi. Biz iqtisodiyot rеsurslarning to’la bandligi va ishlab chiqarishning to’liq hajmi bilan xususiyatli dеb hisobladik. Agar band bo’lmagan rеsurslar bo’lsa yoki rеsurslardan samarasiz foydalanilsa (to’liq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda ko’rsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va bu chizmada kеltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ining ichida joylashgan bo’lar edi. Agar rеsurslarning miqdori va sifati hamda tеxnologiya o’zgarsa iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig’ining holati) o’zgaradi. Mavjud rеsurslarning ko’payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga olib kеladi. 2 ozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kate- goriyasi bo'lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo'jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo'llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo, «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushun- chalarining bir-biridan farqlanishini ta'kidlab o'tishimiz lozim. Chunki ko'pincha bu ikki tushunchani bir xil ma'noda tu- shunish, ba'zi adabiyotlarda sinonim so'zlar sifatida qo'llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro'y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o'z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo'ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko'rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste'mol jarayonlarini o'z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya'ni ayirboshlash fazasini o'z ichiga oladi. Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o'xshab ko'rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o'ylashadi. Lekin uning ichki maz- muniga e'tibor berilsa, u ko'p qirrali bo'lib, mazmuni o'zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma'noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayir- boshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dast- lab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni de- gan mazmunni anglatgan. Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a'zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo'lgan bo'lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e'lon qilingan shu maydonda Goyda) kishilar oldi-sotdi qilish- gan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko'rinishida, ya'ni bir tova^ga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo'lib, o'z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo'lmagan, birdaniga bir vaqtning o'zida o'sha joyda ayirboshlash sodir bo'lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo'lingan va T-P-T ko'rinishida bo'la boshlagan. Endi tovarni sotish T-P va sotib olish P-T zamon va makon jihatdan bir bo'lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o'z tovarini bir joyda sotib pul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya'ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste'molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug'ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo'ldi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar pul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog'laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo'lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo'lib qoldi. Endi bozor tushun- chasining mazmuni o'zgarib, yangi ma'no kasb etadi, ya'ni tovar- pul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo'la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o'ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bo'lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o'tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o'zaro ta'siri to'g'ridan-to'g'ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo'ladigan bo'ldi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste'molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste'molni bir-biriga bog'laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o'z iste'molchisini topadi. Bunda bozor vositachi bo'lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo'ladi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo'lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa, kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag'lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo'li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo'ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta'minlanadi va ularning tarmoqlar o'rtasida taqsimlanishi ro'y beradi. Iste'molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo'lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beru- vchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o'rtasida taqsimlanib turadi. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab ka- maygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta'minlaydi. 3 Tanlovni befarqlik chizig`i orqali ifodalash Iste’molchining tanlovi unga Pepsi va pitsa kombinatsiyalaridan birini tanlash imkonini beradi. Agar biz unga ikki turdagi variantni ko`rsatsak, u o`ziga mosrog’ini tanlaydi. Agar ko`rsatilgan ikki variant unga teng ma’qul bo`lsa, iste’molchi ikkkalasini ham birdek qabul qiladi. Biz hozir iste’molchining budjet sig`imini grafik ko`rinishida tasvirlaymiz, shuningdek, uning tanlovini ham grafikda ifodalashimiz mumkin. Buni befarqlik egri chiziqlaridan foydalanib amalga oshiramiz. Befarqlik egri chizig`i iste’molchini birdek xursand qila oladigan variantlarni taqdim etadi. Shu tufayli befarqlik egri chizig`I doim iste’molchini qoniqtira oladigan takliflar kiritadi. Ikkinchi chizma iste’molchining befarqlik egri chiziqlaridan ikkitasini o`zida aks ettirgan. Ist’molchiga A, B va C kombinatsiyalar birdek maqbul yechim chunki ularning hammasi deyarli bir xil. Shunisi aniqki, agar iste’molchining pitsaga xohishi kamaysa, A nuqtadan B nuqtagacha bo`lgan variantlar uni birdek xursand qilishga qodir. Agar pitsaga bo`lgan ehtiyoj yana kamaysa,B nuqtadan C nuqtagacha Pepsi iste’moli yana ortadi va hokazo. Befarqlik egri chizig`i iste’molchining xohishini bir-birini o`rnini bosuvchi tovarlar majmui bilan ham qondira oladi. Bu chekli almashtiruv darajasi (MRS) deyiladi. Yuqoridagi holatda chekli almashtiruv darajasinazariyasi bo`yicha Pepsining nechtasi pitsaning bittasi o`rnini “egallay olishi”ni o`lchash mumkin. Iste’molchining befarqlik egri chizig`i dek o`zgarmas bo`lmagani bilan chekli almashtiruv darajasi befarqlik egri chizig`i bilan bir xil bo`lolmaydi. Iste’molchining bir tovarni boshqasidan ortiq ko`rishi uning xohishidagi tovarlar miqdoriga va iste’molchining ahvoliga ham bog’liq. Masalan iste’molchining pitsa yoki Pepsi xarid qilishida uning och yoki chanqaganligiga, shuningdek, qancha iste’mol qila olishiga qaraladi. Iste’molchi barcha befarqlik egri chizig`ilardan birdek qoniqish hosil qiladi. Ammo u ba’zilarini afzalroq ko`rishi ham mumkin. Chunki u kamroq chiqimni, pastroq xarajatni afzal ko`rishi mumkin. 2-chizmada I2 chiziqning istalgan nuqtasidan I1 chiziq yaxshiroqdir. Iste’molchining befarqlik egri chizig`iuning nimani boshqalaridan afzal ko`rishini ko`rsatib beradi. Shu tufayli biz biz befarqlik egri chizig`ini ikki turdagi mahsulotlar variantini solishtirish uchun ishlatamiz. Masalan, D nuqta A ga qaraganda ko`proq foydaliroqligi tufayli yaxshiroq deb qaralsin (aniqroq qilib aytganda, D variat A ga qaraganda ikki hissa ko`p pitsa va Pepsi taklif qilsin). Befarqlik egri chizig`i nazariyasiga ko`ra D nuqta C nuqtadan ham yaxshiroq chunki u C ga qaraganda foydaliroq variantni taklif etmoqda. D nuqtanong C ga qaraganda Pepsi taklifi kamroq bo`lishiga qaramay, unda iste’molchini avzal ko`rishga undovchi pitsalar miqdori ko`pligi mavjud. Qaysi bir nuqtaning foydaliroqligini o`rganaturib, biz befarqlik egri chizig`ilarni ham o`zaro solishtirishimiz mumkin ekan. Befarqlik egri chizig`ining to`rt xususiyati Befarqlik egri chizig`i iste’molchining afzal deb bilgan variantlarini ko`rsatib bera oladi. Biz befarqlik egri chizig`ining to`rtta afzalligini ko`rib chiqamiz: Yuqoriroq befarqlik egri chiziqlarini pastlariga qaraganda afzal ko`rish.Odamlar odatda ko`proq tovarlar xarid qilishga odatlanishgan. Katta hajmdagi eng munosib tanlov befarqlik egri chizig`ida o`z ifodasini topadi. 2- chizmada keltirilgandek, yaxshiroq bo`lgan befarqlik egri chizig`i boshqalaridan ko`ra ko`proq ijobiy “xarakterga ega”. Shuning uchun iste’molchi yaxshiroq variantga ega bo`lishni xohlaydi. Befarqlik egri chizig`i beqaror. Befarqlik egri chizig`i iste’molchining bir variantdan boshqasini afzal ko`rganda o`zini namoyish etadi. Ko`pincha, iste’molchiga ikkala mahsulot ham yoqadi. Shu sababli, agar birinchi mahsulot miqdori kamaysa, iste’molchini xursand qilish uchun ikkinchisiniki ortadi. Shu sababli, ko`pincha befarqlik egri chizig`i o`zgarib turadi. Befarqlik egri chizig`I kesishmaydi. Buning rostligini ko`rish uchun, tasavvur qiling 3-chizmada ikkita befarqlik egri chizig`ikesishgan bo`lsin. Download 178.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling