Iqtisodiyot asoslari


“Qishloq xo’jaligi ming yillar


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

“Qishloq xo’jaligi ming yillar 
mobaynida butunlay sug’oriladigan dehqonchilikka asoslangan mintaqada er 
va suvni asrab-avaylash muhimdir” 
- deb uqtiradi.
(I.A.Karimov O’zbekiston buyuk kelajak sari" T."O’zbekiston"1998y. 531 b.) 
 
Mutloq renta
er uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar bir xil olinadi. 
Mazkur renta er resurslarining o’ta cheklanganligi va unga bo’lgan talabning 
yuqoriligi sharoitida yuzaga keladi. Bunday sharoitda er taklifi deyarli bo’lmaydi. 
O’ta sifatsiz erlardan ham yaxshi erlarga teng mutloq renta olinadi. Natijada
tadbirkorlar o’ta sifatsiz erlardan imkoni boricha unumli foydalanishga, undan 
renta haqi va me’yoriy foydani undirishga harakat qilishadi. 
Tabaqalashgan renta
erning sifatiga qarab olinadi va u rentaning mutloq 
rentadan ortiqcha bo’lgan qismidir. 
Tuproqning hosildorligi:tabiiy va iqtisodiy hosildorlikka ajratiladi. Shu bois 
tabaqalashgan renta ham o’zaro farqlanadi: tabaqalashgan renta I va tabaqalashgan 
renta II. 
Tabaqalashgan renta I
- tuproqning tabiiy hosildorligi va joylashgan o’rniga 
qarab olinadi. Respublikamizda bozor munosabatlarining takomillashib borishi 
tuproqlarning sifatiga qarab tabaqalanishini va shu asosda undan renta olinishini 
talab etadi. Yomon erlardan yaxshi erlarga borgan sari unga qilinadigan sarf - 
xarajatlar qisqarib boradi, ammo tabaqalashgan renta I ning miqdori ortib boradi. 
Shu bois tadbirkorlar qanday erlarda faoliyat ko’rsatayotganlaridan qat’iy nazar 
erlarning hosildorligini oshirishga, ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarishga 
intiladilar. Tabaqalashgan renta I ning miqdoriga tuproq hosildorligi bilan bir 
qatorda, er maydonlarining joylashgan o’rni ham ta’sir ko’rsatadi.
 
 Tabaqalashgan renta II 
- tuproqning iqtisodiy hosildorligi natijasidir. Bu 
renta erning hosildorligini oshirish maqsadida unga qo’shimcha mablag’ sarflash 
orqali vujudga keladi. Bunday mablag’ sarfini samarali ishlatishga qarab 
xo’jaliklarning alohida xarajatlari tabaqalashadi. Tabaqalashgan renta II faqatgina 


32 
erga samarali qo’shimcha ishlov bergan xo’jaliklardagina paydo bo’ladi. Bu foyda 
er egasiga o’tganidan keyin tabaqalashgan renta II ga aylanadi. Quyidagi 
jadvallarda tabaqalashgan rentaning vujudga kelishi tahlil etilgan. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling