Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

 
 
 
Iqtisodiy rivojlanishning umumiy muammolari 
Har qanday iqtisodiy tizim mavjud bo’lishining yakuniy maqsadi, jamiyat 
va shaxs ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi. 
Ehtiyojlarni qondirish uchun resurslarning xarajat qilinishi bilan iqtisodiy 
rivojlanishning barcha muammolari bog’liqdir. Bu muammolarning barcha 
echimlari iqtisodiyotning ikki aksiomasiga asoslanadi. 
Birinchi aksioma – jamiyat ehtiyojlari cheksiz deb ta’rif beradi. Ikkinchi 
aksioma – tovar va xizmatlar ishlab chiqarish zarur bo’lgan jamiyat resurslari 
cheklangan deb uqtiradi. 
Yordamida ehtiyojlar kondiriluvchi vositalar ne’matlar deb ataladi. Ba’zi bir 
ne’matlar jamiyat ixtiyorida cheksiz mavjud bo’lsa (masalan: havo), ba’zi birlari 
(masalan: neft’, ko’mir) cheklangan miqdorda mavjud bo’ladi va bunday ne’matlar
iqtisodiy ne’matlar deb ataladi. 
Iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish uchun ma’lum resurslar (omillar) dan 
foydalaniladi. Iqtisodiy resurslar deyilganda, tovar xizmatlar, ya’ni ne’matlar 
ishlab chiqarish uchun foydalaniluvchi barcha, tabiat, inson va inson tomonidan 
yaratilgan resurslar tushuniladi. 
Resurslar quyidagi turlarga bo’linadi: 
Moddiy resurslar – er, kapital; 
Inson resurlari – mehnat va tadbirkorlik qobiliyati. 
Ishlab chiqarish omillarini bugungi iqtisodiyot fanining rivojidan kelib chiqqan 
holda quyidagicha tasniflashimiz mumkin: 
- er; 
- mehnat; 
- kapital; 
- tadbirkorlik qobiliyati; 
- axborotlar; 
- ekologiya. 


10 
Er ishlab chiqarishning tabiiy omilidir. U inson faoliyatining natijasi emas
balki tabiat in’omidir. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchisi uchun er ishlab chiqarishning asosiy va 
bosh vositasi hisoblanib, u bir qator xususiyatlarga ega: 
- er tabiiy va sun’iy hosildorlikka ega bo’lishi mumkin; 
- er - tabiatning in’omi, u erkin asosda takror ishlab chiqarilishi mumkin emas
- insonning er hosildorligiga ta’siri cheksiz bo’lishi mumkin emas, chunki 
qaytimning kamayib borish qonuni bu sohada ham amalda bo’ladi. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling