Iqtisodiyot asoslari


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Davlat bozor 
iqtisodiyotini tartibga sola borib, erkin raqobatchilik muhiti va erkin narx 
shakllanish asoslariga putur etkazmasligi lozim. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlatning ham iqtisodi-yotni tartibga 
solishdagi o’rni sezilarli ahamiyat kasb etib boradi. Jumladan prezidentimiz: 
“Bozor tomon harakat qilingan sari xo’jalik faoliyatini boshqarishda 
davlatning ahamiyati sezilarli darajada o’zgaradi. Davlat, uning xokimiyat 
tuzilmalari xo’jalik faoliyatiga bevosita aralamshasligi kerak. Davlat iqtisodiy 
vositalar va rag’bat-lantirishlar yordamida iqtisodiyotni bilvosita boshqarish 
umummilliy muammolarini hal etish bilan shug’ullanish... quyi darajada 
iqtisodiyotning amal qilishi uchun “bozor shart - sharoitlari” va huquqiy 
negizlarini yaratib, katta ko’lamda iqtisodiyotni tartibga solishda faol ishtirok 
etishi shart. Raqobatchilik muhitini shakllantirish iqtisodiy islohotlar ikkinchi 
bosqichining asosiy vazifasidir” 
- deb ta’kidlaydi. (I. A. Karimov "O’zbekiston 
buyuk kelajak sari" T. " O’zbekiston" 1998y. 114-115 b.) 
 
 
 
 
 
 
Bozorni erkinlashtirishning tashkil etuvchilari 
Tashkil etuvchilar 
Mazmuni
Narxlarni
erkinlashtirish 
Tovar va xizmatlarga narxlarning bozor qo-nunlari asosida 
tarkib topishini ta’minlash. 
Bozor sharoitida narxlarning o’z vazifalarini bajarishini 
ta’minlash. 
Korxonalarga xo’jalik 
faoliyatida mustaqillik 
berish 
Bozor sharoitida korxonalar mustaqil tarzda xo’jalik 
qarorlari qabul qiladilar va buning uchun korxona mulkdorlari 
va bozor oldida javobgar bo’ladilar. 
Xususiy sektor 
rivojlanishiga 
cheklovlarni olib 
tashlash. 
Bozor 
iqtisodiyoti xususiy mulk manfaatlariga 
asoslanishini hisobga olib, xususiy tadbirkorlikningn qonunga 
zid kelmaydigan har qanday turini rivojlantirish. 
Moliyaviy 
operasiyalarni 
rivojlantirish 
Foiz stavkalarini erkinlashtirish, nodavlat moliyaviy 
muassasalarining vujudga kelishiga ko’maklashish, ularga 
moliyaviy operasiyalar o’tkazishda erkinlik berish. 
Tashqi iqtisodiy 
Eksport va import operasiyalarini amalga oshiruvchilarga 


17 
faoliyatni erkin-
lashtirish 
mustaqillik berish. Valyuta ope-rasiyalarini erkinlashtirish. 
Xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga qo’shilib borish, 
mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirib borish, 
jahon 
moliya 
bozorlaridan ichki investisiyalarni 
moliyalashtirish uchun mablag’lar jalb qilish. 
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga mamla-katning bir 
qator o’ziga xos xususiyatlari shu jumladan: 
- mamlakatning geografik joylashuvi; 
- tabiiy resurslarning mavjudligi; 
- rivojlanishning tarixiy shart - sharoitlari
- aholining an’analari va qadriyatlari; 
- ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi; 
- jamiyatning ijtimoiy yo’naltirilganligi kabilar bevosita ta’sir ko’rsatadi. 
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida davlatning o’rni ishlab 
chiqaruvchilarning va iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishdan iborat 
bo’lib qoladi.


Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling