Iqtisodiyot asoslari


mulkchilikning rivojlanganligi


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/87
Sana15.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1200698
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

mulkchilikning rivojlanganligi
erkin narx tizimining amalda bo’lishi; 
iqtisodiy munosabatlarning talab va taklif asosida tashkil etilishi; 
raqobat kurashining mavjudligi; 
rivojlangan bozor infratuzilmasi. 
Bozor tizimida faoliyat erkinligiga asoslangan, xo’jalik yuritish tamoyillari 
va xususiy rag’bat omillari amal qiladi. Tadbirkorlik faoliyati va bozor tanlovi 
rag’bati bo’lib, shaxsiy iqtisodiy manfaat maydonga chiqadi. Tadbirkorlar foydani 
maksimallashtirish, ishlab chiqarish omillari egalari resurslardan foydalanganlik 
uchun yuqori daromad olish, iste’molchilar esa zarur tovar va xizmatlarni sotib 
olish jarayonida o’z foydalarini optimallashtirishdan manfaatdor bo’ladilar. 
Bozor tizimining samrali faoliyat yuritishi transaksion xarajatlar 
ko’lamining pastligi bilan izohlanadi. Transaksion xarajatlar o’z navbatida 
quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi: 
- axborotlar izlash bilan bog’liq xarajatlar; 
- bitimlar tuzish bilan bog’liq xarajatlar; 
- tovar sifatini aniqlash, ma’lum me’yorlarni o’rnatish bilan bog’liq 
xarajatlar; 
- huquqiy jihatdan himoyalanish bilan bog’liq xarjatlar; 
- bozorda o’ylamasdan amalga oshirilgan faoliyat tufayli yo’qo-tishlar. 
Tadbirkorlik erkinligi, tanlov mustaqilligi, shaxsiy manfaat bozor 
ishtirokchilari o’rtasida raqobatchilik munosabatlarini shakllantiradi. Bu 
munosabatlar iste’molchi, manfaatlarini aks ettiruvchi va bunga tadbirkorlar va 
ishlab chiqarish omillari egalarining moslashishini talab etuvchi bozor narxlari 
tizimi orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, narx mexanizmi bozor iqtisodiyoti 
rivojlanishini nazorat qilib boradi. Bozorga kelib tushayotgan mahsulotlarni 
taqsimlashda bozor narxlari hal qiluvchi o’rin tutadi. 
Birinchidan,
narx – 
iste’molchi tanlovining muhim me’zoni.
Ikkinchidan
– ishlab chiqarish omillariga narxlar jamiyat daromadlari 
o’lchamlarini shakllantiradi va o’z navbatida aholi turli qatlamlarining xarid 
qobiliyatini belgilab beradi. 
Narx mexanizmining bozor tizimidagi o’rnini ta’kidlab o’tar ekanmiz, 
narxlar o’ziga xos signal vazifasini o’tashini ham ko’zdan qochirmaslik lozim. 


16 
Narx vositasi yordamida tadbirkorlar bozorda harakatlanish uchun mo’ljal 
tanlaydilar. Bunday samarali narx tizimi, faqatgina samarali raqobatchilik 
muhitidagina amalda bo’ladi. 
Bozor tizimi uchun xos bo’lgan xo’jalik yuritish tamoyillari va rag’batlarga 
samaradorligini ijobiy baholagan holda, unga xos bo’lgan salbiy jihatlarni ham 
inkor etmaslik lozim. Ular-bozor qonunlarining oqibati bo’lgan iqtisodiyotning
beqarorligi (inflyasiya, ishsizlikning o’sishi), daromadlarni taqsimlashda 
tengsizlikning kuchayishini keltirib chiqaradi, ijtimoiy tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish bilan bog’liq sohalar rivojlanishini cheklab qo’yadi. Shuning uchun, 
hozirgi bozor tizimi uchun davlatning aralashuvi xosdir. 

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling