Iqtisodiyot bilan tanishuv
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI
Download 0.91 Mb.
|
8-sinf Iqtisod.uz
ISHLAB CHIQARISH OMILLARI
Ma’lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar kerak bo'ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar faqat faqat manba, zahira sifatida emas, balki uni harakatga keltiruvchi, unga ta’sir etuvchi omil sifatida ham qaraladi. Shu sababli ishlab ishga jalb etilgan resurslarni boshqacha - ishlab chiqarish omillari deb, liam atashadi. Resurslar, odatda tabiiy, kapital va mehnat resurslariga bo'linadi. Tabiiy rcsurslarga havo, suv, quyoshdan kelayotgan issiqlik va yorug’lik, yer maydoni, yer osti va yer usti boyliklari, o'simllklar va hayvonot dunyosi, xullas odamlar ehtiyoji uchun asqotadigan tabiatning barcha ne'matlari kiradi. Kupital resurslar deb, inson tomonidan yaratilgan va boshqa , mahsulot turlarini yaratishga jalb etiladigan resurslarga aytiladi. Iqtisodchilar ularni boshqacha - ishlab chiqarish vositalari, deb ham atashadi. Ularga bino va inshootlar, asbob-uskuna va mashina-mexanizimar, turli-tuman dastgohlar va jihozlar, xomashyolar va boshqa son-sanoqsiz turdagi narsalar kiradi. Mehnat resurslari. Deganda, mehnat qilishga layoqatli kishilar, ularning bilimi, ish - tajribasi va mehnat mahorati bilan birgalikda tushuniladi. tadbirkorlik Keyingi paytlarda ishlab chiqarishning tabiiy, mehnat va kapital omillari qatoriga to'rtinchi omil - odamlarning iqtisodiy qaror qabul qilishi, ishlab chiqarishni uyushtirishi va tashkil qilishi bilan bog'liq faoliyati - tadbirkorlikni ham kiritishmoqda. Qurilish uchun eng zarur bo'lgan sement ishlab chiqarishni tashkil qilish misolida uning bilan bog'liq omillarni aniqlaylik. Ma'lumki, sement ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun birinchidan, tabiiy resurs - yer maydoni va sement olinadigan tog' jinsi bo'lishi kerak. Ikkinchidan, sement ishlab chiqarish uchun mehnat resurslari - odamlar - ishchi kuchi bo'lishi lo-zimyMehnat omili - odamlarsiz, ularning jismoniy kuchisiz, aqli va malakasisiz hech narsa qilib bo'lmaydi. Uchinchidan, tog' jinslariga ishlov berishda qo'llaniladigan asbob-uskuna, bino va inshootlar, ya'ni kapital resurslar ham bo'lishi kerak. Bu omillarni o'zaro birlashtirish to'rtinchi omil — tadbirkorlik evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor sement ishlab chiqarish imkoniyatlaiini hammaclan oldin ko'rib, tashabbusni qo'lga oladi. Bu ishni amalga oshirish uchun uchala omilni birlashtiradi. Bor rcsurslami jalb etadi, kuch-g'ayrati, bilimi va ma'lum ma'noda tavakkal qilib, ishbilarmonligini ishga soladi. Oxir-oqibat uning xatti - xarakatlari, tadbirkorligi sement ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga sababchi — omil bo'ladi. Demak, ishlab chiqarish tabiiy, mehnat, kapital va tadbirkorlik omillari ning birlashishidan yuzaga kelar ekan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti da tadbirkorlik omili alohida ahamiyat kasb etadi. Topshiriq Oddiy qalam ishlab chiqarish bilan bog'liq jarayon zanjirini mantiqiy ketma-ketlikda imkoni boricha to'laroq quring. Bu jarayonda ishtirok etayotgan barcha tabiiy, kapital va mehnat resurslarining ro'yxatini tuzing. Bu jarayonda tadbirkorlik omili qaysi ko'rinishda va qaysi bo'g'inlarda paydo bo'lishi mumkinligini aniqlang. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling