Buni yoddatuting!
Cheklanganlik muammosi odamlardan ehtiyojlari uchun zarur tovar tovara va xizmatlar orasidan ba'zilarini tanlashni taqozo etadi.
• Xuddi odamlarga o'xshab, hukumat va jamiyat ham tanqislik sezadi, chunki ularning ham ehtiyojlari cheksiz, resurslari esa cheklangan bo'ladi.
Qadriyatlar!
l.Mashhur ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Iqtisod deb, pul va mol kabi ne'matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o'rinsiz yerga bir tiyin ham sarf qilmas, o'rni kelganda so'mni ham ayamas", degan so'zlarini sharhlang.
2. Ota-bobolarimizning "biri kam dunyo" degan naqli nima haqida?
3. Rizq va nafs so'zlarini qanday tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |