Tarixga bir nazar: Bozor iqtisodiyoti nazariyasining asoschilaridan biri, bu in- gliz iqtisodchisi Adam Smitdir. Bu nazariya bir necha asrlar davomida asta-sekin rivojlanib, shakllanib va mukammallashib bordi. Ayni paytga kelib, sof bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan davlat yo‘q. Qaysi davlatni olmang, davlat u yoki bu darajada iqtisodiyotga aralashadi.XX asrga kelib esa, markazlashgan rejali iqtisodiyotga asoslan- gan qator davlatlar vujudga keldi. Natijada, bu ikki nazariya va amaldagi ikki tizim o‘rtasida raqobat, o‘zaro musobaqa yuzaga keldi. Bozor iqtisodiyoti jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga javoban, ijobiy xususiyatlarni o‘zida tez mujassamlashtirib, bu o‘zgarishlarga tezlikda moslasha oldi va bu bilan iqtisodiy taraqqiyot rivojiga poydevor bo‘ldi. Rejali iqtisodiyot esa o‘zining beso‘naqayligi, o‘zgarishlarga tez moslasha olmasligi tufayli jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga g‘ov bo‘lib, uni bocg4a boshladi. XX asr oxirlariga kelib, bozor iqtisodiyotiga tayangan davlatlar iqtisodiyoti gullab- yashnab, iqtisodiy taraqqiyotda ilgari lab ketishdi. Markazlashgan rejali iqtisodiyot hukm surgan davlatlar iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutibjahon taraqqiyotidan ancha orqada qolib ketdi. Bugungi kunga kelib, bu mamlakatlarda ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish ham tarixiy, ham iqtisodiy zarurat bolib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |