Soliqni hisoblash va to’lash: Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinuvchi soliq davlat soliq idoralari tomonidan toblanadi. Imorat, bino va inshootlardan to'lanadigan soliqlarning miqdori ularning har yili 1 - yanvardagi qiymatiga asosan belgilanadi.
Imorat, binolar va inshootlarning egasi bir nechta bo'lsa, ulardan to'lanadigan soliq miqqdori har bir odamning ulushiga qarab belgilanadi. Yangi qurilgan yoki sotib olingan binolarga soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi.
Mol-mulk yo'q qilingan, butunlay vayron bo'lgan hollarda mol-mulk solig'ini to'lash ular yo'q qilingan yoki butunlay vayron bo'lgan oydan boshlab to'xtatiladi. Meros bo'lib qolgan mulkdan mol-mulk solig'i, meros olingan paytdan boshlab to'lanadi. Agar mulkning egasi almashsa, uning oldingi egasi joriy yilning 1-yanvaridan boshlab egalik huquqi yo'qolgan paytgacha (oygacha) sohqni to'laydi. Mulkning yangi egasi esa egalik huquqini olgan oydan boshlab to'laydi. Agar mulk egasi soliq to'lashda ayrim imtiyozlarga ega bo'lish huquqini qo'lga kiritsa, mol - mulk solig'i o'sha huquq vujudga kelgan oydan boshlab qayta hisoblanadi.
Mol-mulk solig'ini to'lash haqida to'lov xabarnomalari davlat soliq idoralari tomonidan to’vchilarga har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |