"iqtisodiyot" fakulteti "bank ishi" fanidan mustaqil ish
PUL TIZIMI MAZMUNI VA MOHIYATI
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish pul tizimi mazmuni turlari va elementlari(2)
1. PUL TIZIMI MAZMUNI VA MOHIYATI
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an'analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli bo’lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga solinadi. XVI asming oxiri va XVII asming boshlarida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi, shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. O'zining uzoq tarixi davomida, insoniyat juda ko'p miqdordagi pul turlaridan foydalangan. Eng birinchi pul bu tovar pullari edi. Tovar puli oddiy tovar sifatida sotishda yoki pul sifatida ishlatiladigan boshqa usulda bir xil qiymatga ega bo'ladi. Zamonaviy dunyoda tovar pullaridan foydalanishda inflatsiya darajasi juda yuqori bo'lgan mamlakatlarda foydalanish naqd pulga qaraganda afzalroq bo'lishi mumkin. Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo‘llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir. Milliy valuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag‘lari iqtisodiyotda amal qiladigan shakliga qarab 2 turga ajratiladi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi. Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va 5 kumush) bevosita muomalada bo‘lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funksiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. Bimetalizm pul tizimida umumiy ekvivalent ro’lini metal (ko’pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib, G’arbiy Yevropaning qator mamlakatlariga XIX asrda yetib kelgan. Monometalizm pul tizimida yagona metall (oltin va kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallarga almashinadi. Kumush monometalizmi: Rossiyada (1843-1852 yillarda); Gollandiyada (1847-1875 yillarda); mavjud bo’lgan. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816-yilda tasdiqlangan, ko’pchilik boshqa davlatlarda bu tizim XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada (1871-1873 yil); Fransiyada (1876-1878 yil); Rossiya va Yaponiyada (1897-yil); AQSHda (1900-yil); Pul tizimi mamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlaridir. Muomaladagi pullarning asosiy qismini qog’oz pullar tashkil qiladi. 1 1 Pul va banklar: Darslik / A.A.Omonov, T.M.Qoraliyev; - Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. - 119 b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling