"iqtisodiyot" fakulteti "bank ishi" fanidan mustaqil ish
PUL TIZIMINING ELEMENTLARI
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish pul tizimi mazmuni turlari va elementlari(2)
2. PUL TIZIMINING ELEMENTLARI
Pul tizimi quyidagi elementlami o‘z ichiga oladi: ❖ pul tizimini tashkil etish tamoyillari; ❖ pul birligi; ❖ baho masshtabi; ❖ pulning turlari; ❖ pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ulaming ta’minlanganlik asoslari; ❖ pul muomalasini tartibga solishning usullari; ❖ mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul tizimini tashkil etish tamoyillari - pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib va qoidalari nazarda tutiladi. Takidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir-biriga o'xshasada har bir mamlakatda pul-kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillaming asosiylari quyida keltirilgan. Pul tizimini markazdan boshqarish tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy - taqsimlash modeliga xos bolib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko'rsatma va reja asosida amalga oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ulaming filiallari davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini tartibga solish tegishli reja va direktiv ko’rsatmalar orqali bajariladi. 7 Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi. Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul-kredit siyosatini amalga oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o'zining faoliyatini tashkil etadi. Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatiari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo'yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo’lgan pul birligi o'zining nomiga ega boladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va boshqalar . Baho masshtabi - bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir, pulning o‘ziga xos bo’lgan texnik funksiyasi ham hisoblanadi. Muomalada oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan paytda baho masshtabi, ya’ni milliy valyutaning bahosi bevosita oltin va kumush tangalar orqali aniqlangan. Ya’ni, qog'oz pullar ma’lum miqdorda oltin va kumush tangalar bilan ta’minlangan. 1971 - 1973 yillarda rasmiy ravishda oltinning pul vositasi vazifasini bajarishi va qog'oz pullarning oltin bilan ta’minlanganligi bekor qilindi. Natijada, milliy valyutaning baho masshtabi tovarlar va xizmatlar hamda xorijiy valyutalarga nisbatan talab va taklif asosida aniqlanadigan bo'ldi, ko‘pchilik mamlakatlar milliy valyutaning qiymatini aniqlashda dunyoning yetakchi valyutalari hisoblangan AQSh dollari, yevro, yuan kabi valyutalarni asos qilib oladi. Mamlakatda baholar masshtabi milliy pul birligi va uning elementlari orqali o’lchanadi. Masalan, O'zbekistonda “So'm” 8 Pulning turlari - malakatdagi qonuniy to’lov vositasi hisoblanadi. Hozirgi paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi. Pulning asosiy turlari sifatida kredit biletlari (banknota), shuningdek, davlatning xazina biletlari va tangalar to’lov vositasini bajaradi. Banknota (bank biletlari) - bu qonuniy tolov vositalari hisoblanib, mamlakat Markaziy banki tomonidan muomalaga chiqariladi va tartibga solinadi. Xazina biletlari - qog'oz pul bo’lib, mamlakat Moliya vazirligi tomonidan davlat budjeti taqchilligi va qo'shimcha xarajatlami qoplash maqsadida muomalaga chiqariladi. Banknotalardan farqi shundaki, ushbu pullar hech qanday qimmatbaho metall bilan ta’minlanmagan bo’lib, oltin va kumushga almashtirish mumkin bo’lmagan. Xazina biletlari pul tizimining dastlabki davrlarida joriy etilgan bo’lib, mamlakat Moliya vazirligi Markaziy bank bilan bir qatorda pul chiqarish huquqini o'zida saqlab qolgan. Hozirgi paytda barcha mamlakatlarda milliy valyuta va pul muomalasi barqarorligiga to’liq Markaziy bank mas’ul ekanligi tufayli hech qanday mamlakatda Moliya vazirligi xazina biletlarini muomalaga chiqarmaydi. Agar budjet taqchilligini qoplash uchun mablag' zarur bo'lsa ushbu mablag'ni Markaziy bankdan kredit sifatida oladi. Tanga - mamlakatning qonuniy to'lov vositasi sifatida turli qiymatlarda muomalaga chiqariladi. Iqtisodiy adabiyotlarda tangalar “maydalovchi pul” tarzida ham talqin etiladi, buning boisi shundaki, tangalar kichik qiymatda muomalaga chiqarilib, savdo-sotiq ishlarida qaytimlarni berishda qo’llaniladi. Albatta, buning uchun mamlakat milliy valyutasi barqaror va sotib olish qobiliyati yuqori bolishi maqsadga muvofiq. Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ulaming ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o'zining milliy valyutasini emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mamlakatda milliy valyutani emissiya qilish, muomalaga pullami chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini Markaziy bank amalga oshiradi. 9 Muomaladagi pul birliklari Markaziy bankning barcha aktivlari va mamlakatdagi moddiy tovar qiymatliklar bilan ta’minlanadi. Pul muomalasini tartibga solishning usullari. Mamlakatda pul muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat bo’lib, ushbu vazifani Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank pul muomalasini tartibga solishning asosiy instrumentlari sifatida majburiy zaxiralar siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari, depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi. Markaziy bank ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o'rtasidagi o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob-kitoblami oladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushiga to'gri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o’rnatiladi. Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Xususan: Mamlakat Markaziy bankining pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligi. Ko'pchilik hollarda Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va tazyiqi natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobarqaror bo’lib, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosati o'zining tegishli samarasini bermaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ко‘rsatilayotgan xizmatlaming raqobatbardoshligi pul tizimining barqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Pul tizimi va uning 10 elementlarini rivojlanishi, shuningdek, samarali tashkil etilishiga qator omillar ta’sir qiladi. Bulardan asosiylari sifatida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi. 2 Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling