Pul-kredit siyosati va uning elementlari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
145-148
- Bu sahifa navigatsiya:
- PUL-KREDIT SIYOSATI VA UNING ELEMENTLARI Toshkent moliya Instituti, “Moliya” kafedrasi dotsenti Pulatova M.B.
- Kalit so’zlar
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-2, December - 2022 145 PUL-KREDIT SIYOSATI VA UNING ELEMENTLARI Toshkent moliya Instituti, “Moliya” kafedrasi dotsenti Pulatova M.B. Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabasi Jaloliddin M.N. Email : movlonovjaloliddin4@gmail.com Telefon raqam : (+99890) 904-44-24 Annotatsiya: Bazaviy inflyatsiya, ochiq bozor operatsiyalari, Markaziy bank asosiy stavkasi va majburiy zaxira talablari va qo’shimcha malumotlar. Kalit so’zlar: Pul-kredit siyosati, inflyatsiya ,majburiy zaxiralar, inflyatsion targetlash, obligatsiyalar Kirish: Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. Pul-kredit siyosati davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpaytiriladi, inflyasiyani pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank Pul-kredit siyosatini olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. Hozirgi kunda pul-kredit siyosati bir qator yangiliklar olib borilmoqda bulardan, inflayatsiyasi pasaytirish uchun chora tadbirlar, ochiq bozor operatsiyalari va boshqalar. Bularning barchasini quyidagi asosiy qismda birma-bir ko’rib o’tamiz. Asosiy qism: Pul-kredit siyosati va uning elementlari haqida gapiradigan bo’lsak avvalambor bazaviy inflyatsiya haqida gapirsak mavsadga muvofiq bo’ladi. Bazaviy inflyatsiya – bu inflyatsiyaning bir qismi bo‘lgan va o‘zida ma'muriy hamda mavsumiy omillarning narxlardagi ta'sirini hisobga olmagan holda tovar va xizmatlar narxlarining erkin o‘zgarishini (dinamikasini) aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatdagi inflyatsiya darajasini ma'lum bir davr uchun yaqqolroq ifoda etadi. Qo’shimcha ravishda Bazaviy inflyatsiya iste’mol savatidagi mavsumiy; qisqa muddatlarda narx-navosi tez-tez o’zgarib turuvchi; narx-navosi davlat tomonidan tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlarning narxlarini inobat olmaydi. Masalan; meva-sabzavot tovarlari, suv, gaz, elektr-energiya kabi tovar va xizmat turlari. Quyidagi rasm orqali inflyatsiya va uning tarkibini ko‘rinishimiz. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling