Pul-kredit siyosati va uning elementlari
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
145-148
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-2, December - 2022 146 1-rasm. nomi……. 1 Bozor iqtisodiyotida tovar va xizmatlar narxi talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Ammo shunday tovar va xizmat turlari mavjudki, ularning narxlari davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solinadi. Iste'mol savatidagi ayrim tovar va xizmatlar narxlari tartibga solinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri umumiy inflyatsiya darajasiga ta'sir etgani uchun bunday tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani hisoblashda qo‘llanilmaydi. Shu bilan, bazaviy inflyatsiyani hisoblash maqsadida iste'mol narxlari indeksiga tuzatishlar kiritiladi. Bu holatni tahlil qiladigan bo’lsak tabiiyki bizda: “nega ba’zi tovar va xizmatlar bazaviy inflayatsiyaga kiritilmaydi?”, degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga esa quyidagicha javob beramiz: Yuqorida ta'kidlanganidek, narx-navosi tartibga solinadigan, qisqa muddatlarda o‘zgaruvchan hamda mavsumiy tovar va xizmat narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani hisoblashda inobatga olinmaydi. Bunday tovar va xizmatlarning bazaviy inflyatsiyaga kiritilishi, yaqqol (sof) inflyatsiya darajasiga mutanosib ravishda aks etmasligi, shuningdek, pul-kredit siyosati borasida olib borilgan choralarning ta'sirchanligini baholashga imkon yaratmasligi mumkin. Aynan bu tovar va xizmatlarni bazaviy inflyatsiyadan chiqarib tashlash, narxlari shok ta'sirida o‘zgaruvchi tovar va xizmatlarning dinamikasiga chalg‘imasdan pul-kredit siyosati choralarini umumiy narxlarga ta'sirini ajratib olishda qo‘l keladi. Bazaviy inflyatsiyani hisoblashda bu kabi 1 manbasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling