Pul-kredit siyosati va uning elementlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
145-148
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-24, Issue-2, December - 2022 147 tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlarning kiritilmasligiga asosiy sabablar quyidagilar hisoblanadi: - tovar va xizmatlarning (uzum, shakar va shu kabilar) mavsum davomida narxi keskin o‘zgarishi; -tovar va xizmatlarning (masalan, import tovarlari) narx-navosi qisqa muddatlarda tez-tez o‘zgarib turishi iqtisodiyotda shok ta'sirga egaligi; - davlat tomonidan narx-navosi o‘rnatiladigan va tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlar (masalan, bug‘doy, paxta yog‘i)ning inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatishi. Ochiq bozor operatsiyalari. Bunday operatsiyalar deganda nimani nazarda tutamiz? Inglizcha ochiq bozordagi operatsiyalar “ Open market operations” jahon amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib, mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli hisoblanadi. Bunda, Markaziy bank oʼz mablagʼlari hisobidan ochiq bozorda qimmatli qogʼozlarni sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qogʼozlar ishtirok etadi. Ochiq bozordagi operatsiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar (АQSh, Аngliya, Germaniya, Kanada va boshqalar)da XX asrning 40-yillarida davlat obligatsiyalari bozorining nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishi orqali pul-kredit siyosatining asosiy instrumentiga aylangan bo'lib, ushbu amaliyot bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari tomonidan ham pul mablag'lariga bo'lgan taklifni nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng muhim dastakka aylandi. Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish, ya’ni sotib olish orqali bank tizimi likvidligi miqdori oshiradi.Aksincha, qimmatli qog’ozlar sotish esa teskari tasirga ega bo’lib, bu tijorat banklari likvidligini qisqarishiga olib keladi. Ushbu operatsiyalar Markaziy bank hamda tijorat banklari o’rtasida kechadi. Markaziy bankning asosiy stavkasi haqida gaplashadigan bo’lsak, asosiy stavka darajasi Markaziy bankboshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi ko'tarilsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani ko'taradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi. Agar iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining o'sish sur'ati jiddiy tezlashsa va Markaziy bank asosiy stavkani ko'tarsa, ushbu holat banklar tomonidan depozit va kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini oshirish ehtimolini yuzaga keltiradi. Bu esa, banklararo (joriy likvidlikni ta'minlash maqsadida banklar bir-birlariga pul mablag'larini ma'lum bir foiz evaziga taqdim etadigan bozor) va umuman olganda pul bozorida mablag'larni jalb etish bilan bog'liq xarajatlarni oshishiga olib keladi. Inflyatsiya darajasi hamda asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling