"iqtisodiyot" fakulteti "bank ishi" fanidan mustaqil ish


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.04.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1315507
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish pul tizimi mazmuni turlari va elementlari(2)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
 
“IQTISODIYOT” FAKULTETI 
 
“BANK ISHI” FANIDAN
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
MAVZU: PUL TIZIMI: MAZMUNI, TURLARI VA ELEMENTLARI
 
 
 

BAJARDI: FU-22 1-KURS TALABASI


HASANOVA SEVINCH
QABUL QILDI: _______________  
  
TOSHKENT- 2023 



REJA:  
KIRISH…………………………………………………….………………………………..3
1. PUL TIZIMI MAZMUNI……………………………………………...…………………4
2. PUL TIZIMI TURLARI………………………………………………………….………8
3. PUL TIZIMI ELEMENTLARI………………………………………………………….12
XULOSA…………………………………………………………………………………..17
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………………….…….18

 



KIRISH 

Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir 


mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli 
tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimimng muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan 
iborat:
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, funt sterling va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to'lov vositasi sifatida amal
qiluvchi qog‘oz, tanga va krcdit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish 
tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul 
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) kiradi. Naqd pulsiz cheklar, 
kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga 
oshiriladi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Agar biz, hozirgi kunda pul to‘g‘risida yozilgan va 
chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan, desak mubolag‘a bo‘lmasa 
kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, pul va uning xususiyatlari, har 
bir tizimda ishlatilishi, ro’li, iqtisodiyotga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo‘lida 
pulning ko‘payishi, ular boyligining ko‘payishiga olib keladiyu, jamiyat miqyosida 
muomaladagi pul massasining ko‘payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi, degan savollarga hali to‘liq javob berilgan emas.
Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining 
qo‘llanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak, pulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil g‘oya 
mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g‘oyalardir.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida Xalqaro Valyuta Fondi tanlab olindi.





Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling