Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi
-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
Download 0.67 Mb.
|
Uslubiy qo\'llanma Neft-gaz oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.
- IV BO‘LIM. DAVLAT MULKI Oldingi tahrirga qarang. 18-modda. Umumiy qoidalar
17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega bo‘lgan obyektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk bo‘lishi mumkin. Diniy tashkilotlar o‘z mablag‘iga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo‘lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida bo‘lgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yo‘l qo‘yiladi. Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni so‘rab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar. (17-moddaning birinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) 2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.02 Respublika mulki; 2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.03 Munitsipal mulk] IV BO‘LIM. DAVLAT MULKI Oldingi tahrirga qarang. 18-modda. Umumiy qoidalar 1. O‘zbekiston Respublikasining davlat mulkiga ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (ma’muriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar. 2. O‘zbekiston Respublikasining, ma’muriy-territorial tuzilmaning budjet yoki boshqa mablag‘lari yoxud ular ixtiyoridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag‘i hisobiga hosil qilinadigan yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasining mulki yoki ma’muriy-territorial tuzilmaning mulki bo‘ladi. 3. O‘zbekiston Respublikasi va ma’muriy territorial tuzilmalarning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Ma’muriy-territorial tuzilma esa O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va xo‘jalik faoliyati natijalariga har bir davlatning ma’lum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin. Davlatlararo manfaatlarga daxldor bo‘lgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. (18-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 17, 20-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling