26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
(26-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
1. Davlat mulki bo‘lgan va mulkdor tomonidan davlat budjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qo‘yilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat budjetida turuvchi va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo‘ladilar.
(26-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘z egaligidagi pul mablag‘lari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablag‘i yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha tegishli mulkning egasi javobgar bo‘ladi.
V BO‘LIM. ARALASh MULK
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Aralash mulk huquqi
Mulkning aralash shakllari mulkdorlarning moddiy va pul mablag‘larini birlashtirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy ishtirok etish prinsipi asosida ham, shuningdek o‘z mablag‘larini birlashtirgan mulkdorlar o‘rtasida daromadlarni qo‘shgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aralash mulkning o‘z mablag‘larini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har xil turlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini birlashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 851—XII-son Qonunining 23, 28-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 235-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |