Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyoti” kafedrasi


-bob.O’zbekistonda soliq tizimini takomillashtirish masalalari


Download 47.27 Kb.
bet6/11
Sana08.01.2022
Hajmi47.27 Kb.
#244682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-bob.O’zbekistonda soliq tizimini takomillashtirish masalalari

2.1. Asosiy soliq stavkalarining o’zgarish dinamikasi va uning. iqtisodiyotga ta’siri

O‘zbekistonda budjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy islohotlar va davlat iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, izchil soliq-budjet siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog'liq chora-tadbirlarning ishlab chi- qilishi, soliq to’lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yaratilishi, ishlab topilgan va ulaming o'zlarida qoldirilayotgan mablag'larning reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo'shimcha soliq obyektining paydo bo'lishi hisobiga nafaqat budjetdagi yo'qotishlar o'mining qoplanishi, balki soliq to'lovchilarning qo'shimcha daromadlarga ega bo'lib, ishlab chiqarish imkomyatining oshishiga olib keladi.Mamlakatdagi soliq tizimining soddalashtirilishi va unifikatsiya qili- nishi, soliq yukining yanada kamaytirilishi quyidagi bir qator vazifalaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga moddiy zamin yaratadi

-soliq yukining kamaytirilishi o'rqali sohq imtiyozlarining kengaytirilishi xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni kengaytirishga imkon yaratadi;

- soliq tizimini soddalashtirish va soliq stavkalarini pasaytirish o‘z navbatida xususiy mulkchilik tarmog‘ini kengaytiradi, biznes uchun qulay muhit yaratadi va uning kafolatlarini mustahkamlaydi

- soliq yukini kamaytirish hisobiga sohq to ‘lovchilar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar reinvestitsiya qilinishiga hamda ishchi xodimlaming ish haqiga yo‘naltirilishiga tavsiya qihnishi, jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliq stavkasining oraliq chegaralari bo‘yicha pasaytirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarining kengaytirilishi pirovardida aholi daromadlarining oshishiga hamda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga olib keladi;

- soliq yukini kamaytirish natijasida soliq to'lovchilar ixtiyorida qolgan mablag‘lardan samarali foydalanish aholi daromadi va bandlik darajasini oshirish orqali xarid talabining jadal o‘sishini ta’minlaydi;

- soliq sohasidagi islohotlami chuqurlashtirish va soliq yukini kamaytirish eksportni har tomonlama rag‘batlantirish va valuta zahiralarini tejash, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ham ta’minlaydi;

- soliq tizimidagi islohotlami chuqurlashtirish uy-joy kommunal xo'jaligidagi islohotlami chuqurlashtirish hamda energiya resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar-ning amalga oshirilishiga ham ta’sir ko'rsatadi.


O‘zbekistonda ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirish, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishda muntazam ravishda soliq yukini kamaytirish choralarining keng qo‘llanihshi o‘z natijalarini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to'lovlami birxillashtirishga katta e’tibor qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining oshkorahgiga, soliqlami hisoblash va to‘lashga oid korxonaiar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek, soliq majburiyatlarining bajarilishini samarah nazorat qihshga yordam beradi. Ayni paytda bu hoi respublikada qo‘llaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiqlashtirish zarurati bilan izolilanadi.Faqat 2000-2007-yillar mobaynida mamlakatda daromad solig‘i 38 foizdan 10 foizga, yagona ijtimoiy to‘lov 40 foizdan 24 foizga, kichik biznes subyektlari va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun yagona soliq 10 foizga tushirildi. Jismoniy shaxslar daromadidan soliq olish stavkasi ham tubdan qayta ко‘rib chiqildi va kamaytirildi. Natijada so‘nggi yetti yilda iqtisodiyotda umumiy soliq yuki 40 foizdan 27 foizga pasaytirildi. Shunga muvofiq korxonalaming moliyaviy resurslari ham tegishli ravishda oshdi. Bu o'z navbatida, investitsiyalarning ko'payishi, korxonalaming aylanma mablag‘larini to'ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va daromadlarini oshirish uchun qo'shimcha manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Birgina 2007-yilda respublikadagi xo'jalik subyektlari soliq imtiyozlari berilishi hisobidan o'z moliyaviy resurslarini qo'shimcha ravishda 830 milliard so'mga toidirishga erishgani bu fikming yaqqol tasdig'idir.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ma’ruzasida 2008-yilda soliq sohasini yanada erkinlashtirish siyosati davom ettirilishi ta’kidlanib, uning asosiy yo'naIish va natijalari sifatida quyidagilar belgilandi:

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xo'jaliklari uchun yagona soliq stavkasi 10 foizdan 8 foizga kamaytiriladi;

- banklar uchun daromad solig'i 17 foizdan 15 foizga tushiriladi;

- soliq stavkasining pasaytirilishi natijasida bo'shaydigan mablag'lar banklarning kapitallashuvini oshirish uchun maqsadli ravishda yo'naltiriladi;

- boshqa barcha xo'jalik subyektlari uchun daromad solig'i stavkasi 10 foiz miqdorida saqlanib qoladi;

- taklif etilayotgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qo'shimcha ravishda 100 milliard so'mdan ortiq mablag'ni xo'jalik subyektlari ixtiyorida qoldirish imkonini beradi

- joriy yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan soliq bazasini hisoblash va ko'paytirish bo'yicha yangi tizimning joriy etilishi munosabati bilan aholining real daromadlari sezilarli darajada ortadi1. Shuningdek, ushbu ma’ruzada davlat budjetini bajarishga qaratilgan g'aznachilik xizmati institutini rivojlantirish va mustahkamlash budjet mablagiaridan foydalanish samaradorligini oshirishi qayd etilib, bu borada Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan G'aznachilik tuzilmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uni malakali kadrlar bilan ta’minlash, xalq ta’limi va sog'liqni saqlash sohasida budjet tashkilotlarini moliyalash mexanizmini yanada takomillashtirish bo‘yicha keng koiamli ishlarni amalga oshirish lozimligi ko'rsatib o'tildi.1Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash — barcha islohot va o'zgarishlarimizning bosh maqsadidir.

O'zbekistonda 2008-yilning 1-yanvaridan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirdi. Mazkur kodeksning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, barqaror o‘sish sur’atlarini rag'batlantirishdagi ahamiyatini e’tiborga olgan holda, uning amaliy ijrosini diqqat bilan o‘rganish qanday sharoitlarda samara berayotgani, qaysi holatlarda esa uni yanada takomillashtirish yoki tuzatish kiritish zarurligini aniqlash juda muhim.

Keyingi yillarda moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. Xususan, kichik korxonaiar uchun yagona sohq to‘lovi stavkasi 2008-yilda 10 foizdan 8 foizga, 2009-yildan boshlab esa 7 foizga tushirildi.



Soliq turi

2005-yil

2009-yil

2012-yil

2014-yil

2015-yil

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

15

10

9

7

6

Dividend/foizlar shaklida olinadigan daromadlardan foyda solig’i

15

10

10

10

10

Aksiz solig’i

31

21.5

20

23

23

Yagona soliq to’lovi

13

7

6

6

6

Yagona ijtimoiy to’lov

31

25

25

25

15

1-jadval



O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH KONSЕPSIYASI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  
farmoni
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim shartlari hisoblanadi.

Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi, xususan:




Download 47.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling