Iqtisodiyot” fakulteti “innovatsion iqtisodiyoti” kafedrasi
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi
Download 47.27 Kb.
|
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi1 yanvardan soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksi bilan taqdim etiladi. Ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlar faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. O‘zbekiston Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Soliq kodeksi (yangi tahrirda) amalga kiritilishi haqida xabar berdi. Shu munosabat bilan, yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlarni sanab o‘tdi. Soliq kodeksini (yangi tahrirda) qabul qilinishi munosabati bilan soliq hisobotlarining yangi shakllari ishlab chiqiladi. Soliq hisoboti shakllari O‘zbekiston Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng barcha soliq to‘lovchilarga yetkaziladi. Aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari, mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdori, mahalliy yig‘imlarning chegaraviy stakalari, avtotransport vositalarini sotib olinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ichki ishlar organlarida ularni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun avtotransport vositalari egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlar va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirishi va hududdan tranzit o‘tishi uchun yig‘imlar stavkalari 2019 yil 9 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2020 yildagi Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi qonun bilan tasdiqlangan. Yer solig‘i bo‘yicha 2020 yil uchun soliq hisoboti qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar qismi bo‘yicha 2019 yilda amaldagi shakllar bo‘yicha yer uchastkasi joylashgan joyidagi soliq organlariga taqdim etiladi. Mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning 2020 yil uchun hisoblanadigan summasi to‘g‘risidagi hisobot 2019 yilda amalda bo‘lgan shaklda taqdim etiladi. 2019 yil uchun soliq hisob-kitoblari Soliq kodeksining yangi tahririda nazarda tutilgan muddatlarda 2019 yilda amal qilgan shakl va tartibda taqdim etiladi. Yagona ijtimoiy to‘lov o‘rniga ijtimoiy soliq, yagona soliq to‘lovi o‘rniga — aylanmadan soliq, qat’iy belgilangan soliq o‘rniga — jismoniy shaxslarning daromadlariga, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilgari berilgan imtiyoz va soliqni hisoblash xususiyatlarini saqlab qolgan holda, qat’iy belgilangan miqdorda soliq joriy etiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek soliqlar bo‘yicha pasaytirilgan stavkalar quyidagi muddatlarda amal qiladi: 2007 yil 25 dekabrdagi qonun bilan tasdiqlangan Soliq kodeksi bilan taqdim etilgan va belgilangan imtiyozlar va stavkalar 2020 yil 1 aprelgacha; O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan taqdim etilgan imtiyozlar va stavkalar, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar. Soliq kodeksi tarkibidan davlat boji, tovarlarning ayrim turlarini (alkogolli ichimliklar) sotish huquqi uchun yig‘imlar bo‘limlari chiqarildi, ular «Davlat boji to‘g‘risida» gi alohida qonunda nazarda tutiladi. Bir martalik xususiyatdagi maxsus to‘lovlar bo‘lgan yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun bonuslar (imzoli bonus va tijoratbop bonus) Soliq kodeksidan «Yer qa’ri to‘g‘risida» gi qonunga o‘tkaziladi. Soliq to‘lovchilar 2020 yil 1 aprelgacha 2020 yil uchun soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatini ishlab chiqishlari shart. Soliq maqsadlari uchun hisob-kitob siyosati soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda ixtiyoriy shaklda belgilanadi va rahbarning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Quyidagilar uchun maxsus soliq rejimlari bekor qilindi: bozorlar uchun, ularni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazgan holda. 2020 yil 1 yanvardan boshlab bozorlar avvalgi soliq to‘lash tartibi (daromadning 50 foizi) o‘rniga quyidagilarni to‘laydi: umumdavlat soliqlarini (agar realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 milliard so‘mdan oshgan bo‘lsa) — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i va 20 foizli oshirilgan stavkada foyda solig‘ini; aylanmadan soliqni (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lganda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni; konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun, ularga jismoniy shaxslardan daromad solig‘ini to‘lashni kiritgan holda. Konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun aylanmadan soliq (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lganda) yoki umumbelgilangan tartibda to‘lanadigan soliqlar (realizatsiya hajmi 2019 yilda 1 mlrd so‘mdan oshganda) kiritiladi. Shu bilan birga, ushbu faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun olinadigan davlat bojining miqdori deyarli 4 baravar kamaytirildi; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun, ularni umumbelgilangan soliq to‘lashga yoki aylanmadan soliq to‘lashga o‘tkazish bilan. Shu bilan birga, ushbu toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘ining nol stavkasi belgilanadi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladigan mol-mulk qismi bo‘yicha mol-mulk solig‘idan va tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan yerlar uchun yer solig‘idan imtiyozlar saqlab qolinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga 2-jadval Download 47.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling