Iqtisodiyot” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi”


Download 193.67 Kb.
bet2/9
Sana20.12.2022
Hajmi193.67 Kb.
#1036537
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nodir Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi- Men o‘z kurs ishimda Pandemiya davrida o‘zbekistonda ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlatning chora-tadbirlari haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan va qonun qoidalar bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishga o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.


I-bob. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar.
1.1. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanishi.
Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:

  • AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);

  • Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);

  • Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);

  • Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);

  • Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin.

Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilgan edi.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilingan edi. Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat:
- birinchidan, yuzaga kelgan murakkab iqtisodiy vaziyat bank va moliya sektoridagi qandaydir inqirozli holat natijasi emas hamda fiskal yoki monetar siyosat orqali uning to‘liq yechimini ta’minlash imkoniyati cheklangan. Mavjud vaziyat, eng birinchi navbatda “insoniy” yoki “inson sog‘ligi inqirozi” bilan bog‘liqdir;

Download 193.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling