Iqtisodiyot” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi”
Download 193.67 Kb.
|
Nodir Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija.
- II-bob. Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tizimda yuzaga kelgan o‘zgarishlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” fakulteti “IQTISODIYOT” kafedrasi “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan KURS ISHI MAVZU: “Covid-19” pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Bajardi: Ergashev.N.H Qabul qildi: Jo‘raboyev.I
Kirish. I-bob. Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy o‘zgarishlar……………………………………………………………….……5 1.1 Koronavirus pandemiyasigacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish……5 1.2 Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir va uning oqibatlari…………………………………………………………….….11 II-bob. Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tizimda yuzaga kelgan o‘zgarishlar……………………………………..…..16 2.1 Covid-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha sohada amalga oshirilgan islohotlar……………………..……16 2.2 Ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash chora-tadbirlari………………...……21 2.3 Pandemiyaning ijtimoiy himoya tizimidagi salbiy oqibatlari……...….…..25 Xulosa…………..………………………………………………………….….29 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………..……………...…………31 Kirish Koronavirus pandemiyasi butun dunyoga, butun dunyo iqtisodiyotiga, ijtimoiy hayotiga, madaniy-ma’rifiy jarayonlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hech bir soha chetda qolmadi, infektsiyaning tarqalishi ortidan har jabhada zararlar ko‘paydi. Odamlarning ko‘nglidagi xavotir, vahima va tushkunlik holatlari bir tomonda, ammo ishsizlik sonining keskin darajada oshishi mamlakatlar uchun alohida jiddiy muammoligicha qolayapti. Dunyoning millionlab korxona va tashkilotlari faoliyati to‘xtagani 2 milliarddan ziyod ishchining turmushiga ta’sir ko‘rsatdi. Kambag‘al aholining soni oshishi oldini olish maqsadida jahon mamlakatlarida va O‘zbekistonda turli choralar ko‘rilayapti. Bugun O‘zbekistonda ham 196 ming ta korxonalarning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmi keskin kamaygan. Tabiiyki, buning natijasida ishsizlarning katta soni vujudga keldi. Shu sabab davlat tomonidan aholini moddiy ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yishga harakat qilinayapti. Bu borada ehtiyojmand oilalarga berilayotgan bir martalik ko‘mak, aholining alohida ijtimoiy qatlamiga to‘lanadigan nafaqalarning avtomatik tarzda uzaytirilganligi (masalan, muddati mart-iyun oylarida tugaydigan 2 yoshgacha va 14 yoshgacha nafaqa pullari hech qanday hujjatlar talab qilinmasdan avtomatik tarzda uzaytirilmoqda, albatta, 2 yosh va 4 yosh chegarasi bundan musnasno) ni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning muhim chorasi sifatida alohida ta’kidlash lozim. Shu bilan birga karantin davrida iqtisodiy qiyinchiliklarni yengish, odamlarning turmush darajasi pasaymasligi uchun yanada aniq choralar ham kerak bo‘ldi. Ko‘plab saxovatli insonlarning homiylik xayriyalari sabab qanchadan-qancha muhtoj insonlarga yordam berilayapti. Bu haqida eshitayapmiz. Ular xalqning duosini olishayapti, albatta. Ammo gap nafaqat muhtoj insonlar, balki karantin sabab ishlab turgan korxonasi yopilgan yoki o‘z hisobidan mehnat ta’tiliga chiqqan ko‘p sonli aholining ijtimoiy ahvoli haqida ham ketayapti. Shu sabab ishsiz va daromadsiz qolgan aholining asosiy qismiga yordam ko‘rsatish uchun ijtimoiy nuqtai-nazardan davlatning aniq mexanizmi bo‘lishi talab etiladi. 22 aprelda Hukumatning farmoyishi bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi. Mazkur jamg‘armaning tashkil etilishi aholining ma’lum qismini ijtimoiy himoyalash uchun ana shunday aniq choralardan biri bo‘ldi.1 Jamg‘arma mablag‘lari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga, o‘z daromadini yo‘qotgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan jismoniy shaxslarga pul mablag‘lari, kundalik iste’mol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun ishlatiladi. Shu o‘rinda bunday moddiy ta’minotga muhtoj bo‘lgan oilalar yoki shaxslarning ro‘yxati qanday shakllantiriladi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Albatta, joylardagi mahalla idoralarining faolligi bu o‘rinda juda muhim. Sababi, ular o‘z hududidagi ehtiyojmand oilalar ahvolidan xabardor, vaqtincha ishsizlar va ularning oilaviy sharoiti haqida ma’lumoti bor. Shunday bo‘lsa-da, adolatli ravishda yordamga muhtojlarning ro‘yxatini tuzish uchun maxsus bir komissiya tartibida ishlaydigan tuzilma ham kerak. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ana shu tizimning ishlash mexanizmi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Unga ko‘ra, tuman va shaharlarda har bir sektor rahbari tegishli mahallalar bilan birgalikda har bir oilaning, fuqaroning moddiy ahvolini o‘rganadi. Shu asosda yordam ko‘rsatiladigan ehtiyojmand oilalarning ro‘yxati tuziladi. Ro‘yxatga mos ravishda mazkur oilalarga berilishi kerak bo‘lgan haftalik iste’mol tovarlari, dori vasitalari va mablag‘larning hajmi shakllantiriladi. Shundan so‘ng ushbu ma’lumotlar xalq deputatlari mahalliy kengashlariga kiritiladi. Shu ma’lumotlar asosida deputatlar mablag‘larni keraklicha taqsimlaydi. Agarda jamg‘armaning mablag‘lari birorta hududdagi yordamga muhtoj oilalar va fuqarolarga yetmay qolgan taqdirda tegishli yuqori jamg‘armalarga murojaat qilinishi ham mumkin. Ya’ni haqiqatda moddiy ahvoli og‘ir odamlarning hech biri e’tibordan chetda qolib ketmaydi. Ushbu jamg‘armaning mablag‘lari qay tariqa sarflanayotgani ma’lum tartibda nazorat ham qilinadi. Avvalo, qanday shaklda qancha pul sarflangani va qancha aholiga yordam berilgani muntazam Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib boriladi. Bundan tashqari qarorda jamoatchilik nazorati orqali jamg‘arma mablag‘lari sarflanishi ustidan kunlik nazorat olib borish ham tavsiya etilgan. Koronavirusdan zarar ko‘rgan har bir davlat borki, ko‘rib turganimizdek, moddiy qiyinchiliklarni yengishga urinayapti, ijtimoiy himoyaga alohida e’tibor qaratayapti. Agar e’tibor bersak, ularning orasida iqtisodiyoti o‘ta rivojlangan, barqaror moliyaviy ko‘rsatgichga ega davlatlar bor. Bunday olib qaraganda aholiga berilayotgan moddiy yordam ko‘lami ularda katta byudjet taqchilligini keltirib chiqarmasligi mumkin. Shunday bo‘lsa-da mamlakatlararo, hududlararo savdo-iqtisodiy munosabatlarning kamayishi, biznes faoliyatining ko‘p jabhalarda to‘xtaganligi dunyoda iqtisodiy ahvolni keskinlashtirdi. Shu sababli moliyaviy barqarorlikni imkon qadar saqlab qolish ham dolzarb bo‘lib turibdi. Shunday sharoitda mamlakatimizda birinchi galda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun choralar ko‘rilayotgani juda muhim. Radio orqali yurtimizdagi ayrim biznes vakillarining «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi tashkil etilishi haqidagi fikrlari berildi. Ular bu juda kerakli va xayrli tashabbus bo‘lganligini, katta miqyosdagi biznesmenlar jamg‘armani qo‘llab-quvvatlashlarini aytishdi. Aslida millionlarni xayriya qilish xalq tili bilan aytganda, ular uchun «hech nima» bo‘lishi mumkin. Ammo o‘sha millionlar qanchalab odamlarning oddiy ehtiyojlari uchun «ko‘zga surtib ishlatadigan» mablag‘i bo‘ladi. Boshqa tomondan o‘sha katta tadbirkorlik sub’ektlariga davlat qulayliklar (kredit ta’tillari, soliq imtiyozlari) ham berayapti. Davlat bu masalada to‘liq ularga tayanayotgani yo‘q, demoqchimiz. Byudjet tushumlarining ortgan qismi ham ushbu jamg‘armaga yo‘naltiriladi. Mamlakatdagi minglab karantindagilarning ta’minoti, koronavirusga chalingan bemorlarning davolanishi davlat hisobidan amalga oshirilayotgan shunday sharoitda jamg‘arma tashkil etilib, undagi mablag‘lar aholining muhim ehtiyojlari uchun yo‘naltirilmoqda. Buni karantin sabab dastlab vahimaga tushgan (kartoshka va un vasvasasi) odamlarning xotirjamligi uchun, davlat hech bir fuqarosini unutmayotganligining tasdig‘i sifatida ham muhim qadam desa bo‘ladi. Download 193.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling