Iqtisodiyot” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi”
II-bob. Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tizimda yuzaga kelgan o’zgarishlar
Download 193.67 Kb.
|
Nodir Kurs ishi
II-bob. Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tizimda yuzaga kelgan o’zgarishlar.
2.1.COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlari orqali jami 312,4 ming kishi ishtirok etgan anonim so‘rovnoma natijalariga asosan fuqarolarning 21%i vaqtincha ishini yo‘qotgan, 7%i o‘z hisobidan mehnat ta’tilida, 7%i haq to‘lanadigan mehnat ta’tilida, 18%i uyda masofadan turib va 21%i ishxonaga qatnab ishlayotganligini bildirishgan. Xalqaro mehnat tashkiloti kichik biznesda va o‘zini o‘zi band qilgan aholini, ayniqsa, norasmiy iqtisodiyotda ishlayotganlarni himoya qilish uchun shoshilinch va muhim siyosat choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,5 mln kishi band bo‘lib, ulardan 5,7 mln kishi rasmiy va 7,8 mln kishi norasmiy sektorda, shu jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda. Jahon banki tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Covid-19 pandemiyasi va qo‘llanilgan karantin choralari ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli, pul o‘tkazmalarining umumiy hajmi 20%ga keskin tushadi. O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak bu ko‘rsatkich 500 mingdan ko‘proq kishi koronavirus pandemiyasi ta’sirida doimiy ish joylariga ketolmay qolish ehtimoli yuqori. Aksariyat hollarda norasmiy sektorda bandlar ko‘rsatkichi qishloq joylarida ko‘proq bo‘lishi hududlar kesimida tahlil qilinganda ham ko‘rinib turibdi. Ko‘rilgan choralar natijasida O‘zbekistonda Covid-19 virusidan zararlanganlar orasida o‘lim darajasi 0,4% ni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda. 21 apreldan boshlab koronavirus bilan kasallanishlar soni kunlik statistikada tuzalganlar soni kasallanganlar sonidan oshayotganligi qabul qilingan qarorlar va ko‘rilgan choralarning samarali ekanligidan dalolat beradi. Karantin davrida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi hisobidan, 141 ming 800 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanib, ularga 43 milliard 225 million so‘m ish haqi to‘lab berildi. Ta’kidlash joizki, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, bozorda talab va taklifni shakllantirish, pirovardida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun katta imkoniyat va zaxira hisoblanadi. O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun qonuniy faoliyat yuritish uchun qulay va sodda huquqiy tizim yaratish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligada 22 va 24 aprel kunlari o‘tkazilgan videoselektor majlislarida karantin davrida aholi bandligi va daromadi keskin kamayishini oldini olish bir qator muhim tashabbuslar ilgari surildi: O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirish va qonunchilikda taqiqlanmagan barcha tadbirkorlik shakllariga ruxsat berish (hozirda 85 ta faoliyat turiga ruxsat berilgan); Aholi bandligini ta’minlashdagi muhim bo‘lgan servis sohasini rivojlantirish (ovqatlar va tovarlarni uyga yetkazib berish, ko‘chma savdo va xizmatlarni tashkil etib, bu korxonalarning kamida 70 foizini bemalol ishlatsa bo‘ladi); Onlayn ishlasa bo‘ladigan sohalarga maksimal imkoniyatlar yaratib berish; Tovarlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni rag‘batlantirish; Yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yuritish uchun sharoit yaratib berish; Uy-joylarni remont qilish hamda avtotransport, maishiy texnika va boshqa tovarlarga kreditlar berishni kengaytirish; Qishloq xo‘jaliklari tomonidan dala tomorqalarida ekin ekishga aholiga yordam berish; “oborot”dan chiqqan yerlarni o‘zlashtirib, kooperativlarni tashkil qilish; Aholi xonadonlarida issiqxonalarni ishga tushirish; O‘zlashtirilmagan yerlarni uchun sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali muhtoj shaxslarni parvarishlash va boshqalar). jaligi kooperativlarini qo‘llab-quvvatlash orqali mavsumiy ishlarga aholini keng jalb qilish; Fermer xo‘jaligining eng asosiysi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun faqat xabardor qilish orqali ro‘yxatdan o‘tib ishlash mexanizmini joriy etish bo‘yicha o‘ta dolzarb va muhim bo‘lgan topshiriq berildiyangi maydonlar tashkil etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish; Ijtimoiy xizmat turlarini kengaytirish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish (jamoat joylarini dezinfeksiyalash, qariyalar, nogiron va o‘zgalarning yordamiga . Mazkur topshiriq bilan uzoq vaqt mobaynida norasmiy sektorda band bo‘lgan aholini davlat ro‘yxatiga olish tizimini keskin soddalashtirish, bunda kundalik hunari bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatayotgan fuqarolardan umuman soliq undirilmasligi belgilandi. Mazkur tashabbus shu kungacha mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha qilingan eng samarali islohotlardan biri sifatida e’tirof etish lozim. O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’yektlari va mahalla institutini keng jalb qilish amaliyoti ham samarali tashkil etilganini ta’kidlash joiz. Yuzaga kelgan vaziyatda qisqa muddatda barcha kritik resurslarni jamlash va uni markazlashtirilgan holda aholiga samarali tarzda yetkazishda avvalambor eng zaif qatlamlar, ishsiz qolganlar, daromad manbaidan ayrilganlar va boshqa qatlamalar cheklovlarsiz xavfsiz yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bunda nafaqat davlat idoralari balki ko‘p sonli ko‘ngillilar, xomiylar va tadbirkorlik sub’yektlarining birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz va uning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Toshkent shahrida va hududlarda oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni qabul qilish va saqlash uchun maxsus pavilonlarda yordam olishning aniq tizimi ishga tushirildi. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra 11 mayga qadar 1197 qisqa raqamiga murojaat orqali jami 378,813 ta xonadonga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. O‘zbekistonda oilalardagi aholi soni o‘rtacha 5,6 kishi tashkil etishini hisobga olganda jami 2,1 mln.ga yaqin aholi eng kerakli bo‘lgan mahsulotlarga ehtiyojini qondirish imkoniga ega bo‘lmoqda.3 Ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy tashabbuslar. Karantin davrida aholini faol ish bilan band qilish maqsadida hududlarda tadbirkorlar, fermerlar va banklar tomonidan bir qator tashabbuslar ishlab chiqilmoqda: Kambag‘al oilalarga tomorqada ekin ekishga yordamlashish, ularga qoramol va parranda tarqatish hamda kasanachilikni yo‘lga qo‘yish; rida xususiy banklar tumanlarga biriktirilib tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘mak berish; Karantinga qadar ishsiz bo‘lgan va kunlik daromad asosida yashab kelgan ko‘plab fuqarolar faol mehnat orqali ish bilan ta’minlash; Barcha hududlarda servis sohasini rivojlantirish; Ishlab chiqaruvchi korxonalarga tovarlarini aholiga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishni rag‘batlantirish; Tijorat banklari aholiga uy-joylarni remont qilish hamda avtotransport, maishiy texnika va boshqa tovarlarga kreditlar berishni kengaytirish; Onlayn texnologiyalar orqali o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun daromadlarini olish uchun zarur shart-sharoit va yengilliklar yaratish; Oilaviy va uy sharoitidagi hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha imtiyozlar berish va mahsulotlarini sotishga ko‘maklashish. Taklif etilgan tashabbuslar har tomonlama samarali bo‘lishi uchun, inqirozdan keyingi davrda iqtisodiy jihatdan barqaror va yanada kuchli bo‘lish uchun aholi, davlat va biznes o‘rtasida uzviy aloqalar yanada mustahkamlanishi, o‘zaro ishonch oshishi, biznesning ijtimoiy mas’uliyati oshishi ijobiy samara berishi kutilmoqda. Xulosa qilib aytganda, koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi birinchi navbatda aholi salomatligiga eng katta ustuvorlik berilgani va bu bo‘yicha barcha imkoniyatlar to‘liq safarbar etilganligi natijada qisqa muddatlarda karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilinishiga erishildi. Shu bilan birga, iqtisodiyotning va barcha tarmoqlari, banklar, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab zamonaviy va samarali mexanizmlar ishlab chiqildi. Aholini ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash choralari tizimlashtirilgan holda yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiy faol aholining barcha qatlamlari uchun keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash choralarining joriy etilishi pandemiyadan keyingi davrda milliy iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari barqarorligini ta’minlash bilan birga joriy etilayotgan yengilliklar, imtiyozlar va tashabbuslar evaziga raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi. Download 193.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling