Iqtisodiyot” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi”


Pandemiyaning ijtimoiy himoya tizimidagi salbiy oqibatlari


Download 193.67 Kb.
bet8/9
Sana20.12.2022
Hajmi193.67 Kb.
#1036537
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nodir Kurs ishi

2.3 Pandemiyaning ijtimoiy himoya tizimidagi salbiy oqibatlari.
Jahon banki tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar sababliqo‘shimcha 450−840 ming nafar kishi kambag‘allik chegarasidan pastda bo‘lib qolishi mumkin (kambag‘allik chegarasi bir kishi uchun kuniga 3,2 AQSH dollari).
«O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» loyihasining uy xo‘jaliklarini o‘rganish bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar tahlili COVID-19 pandemiyasi tufayli bandlik va aholi daromadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar keskin yomonlashganligini ko‘rsatdi. YUNISEF tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotning dastlabki natijalariga ko‘ra, pandemiya davrida bolalar kambag‘alligi 20 foizga oshgan, bu qo‘shimcha 550 ming nafar atrofidagi bolalarni anglatadi.
Prezident o‘zining Oliy Majlisga bo‘lgan murojaatnomasida, 2020 yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni ikki barobarga oshgani, va 1,2 mln nafargacha bo‘lgan kishilarni tashkil etganini hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga 2016 yil bilan solishtirganda, 5 barobar ko‘p mablag‘ ajratilganini qayd etdi. Shu bilan birga, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor nafaqa oluvchi oilalar soni ham ikki barobarga ko‘paygan.
Bunda, COVID-19 pandemiyasi va 2020 yildagi qat’iy karantin choralari davrida kambag‘allik toifasiga va qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar soni ham sezilarli darajada oshganligini inobatga olish kerak.

Kadrlarning tarqoqligi — ijtimoiy himoya tizimining muammosi. Avval qayd etilganidek, zaif oila va bolalarga ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish sohasida 14ta turli tashkilotlar ishlaydi, ularning o‘rtasidagi koordinatsiya esa past darajada qolmoqda.


Shu bilan bir qatorda, bolalar aholining ijtimoiy zaif qatlam guruhiga kiradi va puxta o‘ylangan ijtimoiy himoyaga muhtoj. Bolali oilalarning sezilarli darajadagi qismi og‘ir holatda qolmoqda. YUNISEFning «O‘zbekiston kelajagiga sarmoya» nomli tadqiqotining ko‘rsatishicha, O‘zbekistondagi bolalarning aksariyat qismi kishi boshiga kuniga 10 ming so‘mdan (1,2 AQSH dollari) kam bo‘lgan daromadga ega oilalarda yashaydi.
Oilalarning noqulay ijtimoiy-iqtisodiy holati va mehnat migratsiyasi ularni o‘z bolalarini institutsional muassasalarga yuborishga majbur qilmoqda. Shu sababli, ijtimoiy yetimlikni profilaktika qilish uchun, keys-menejment yondashuvlarini (har bir zaif holat bilan ishlash va notinch oilalarni ijtimoiy kuzatish) joriy qilgan holda, alohida oila bilan individual ijtimoiy ishlash zarur.
2019 yilda YUNISEF «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va O‘zbekiston Milliy universiteti ko‘magida Kolumbiya Universitetining (Nyu-York) Ijtimoiy ishlar maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi kadrlarini tahlil qildi.
Ta’limning past darajasi va amaliyotning yetishmasligi bilan bir qatorda, tadqiqot turli tuzilma va tashkilotlarda ishlayotgan hamda ijtimoiy xizmatlarni bir-biridan ko‘chirayotgan ijtimoiy xodimlarning tarqoqligini ko‘rsatdi.

Deinstitutsionalizatsiya islohotlaridagi sustkashlik. Zaif oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha yagona davlat idorasining yo‘qligi bolalar muassasalarini deinstitutsionalizatsiya qilish islohotlari samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Bolalarni ijtimoiy himoya qilish va vasiylik tizimi islohotlari, uning amalga oshirilishiga asosan Xalq ta’limi vazirligi javobgar bo‘lgani uchun susaymoqda, chunki, ushbu vazirlik onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish bilan emas, balki umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy amalga oshirish bilan shug‘ullanishi kerak.
Bunda, Xalq ta’limi vazirligi inklyuziv ta’limning bosqichma-bosqich joriy qilinishiga mas’ul bo‘lishi mumkin va bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ta’limga bo‘lgan konstitutsion huquqlariga rioya qilinishini ta’minlaydi. Busiz deinstitutsionalizatsiya islohotlarini samarali amalga oshirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shu sababli, bolalarni institutsional muassasalarga joylashtirishni profilaktika qilish, ijtimoiy himoya tizimidagi kadrlarni boshqarish, zaif oilalarni kuzatish, qabul qiluvchi oilalarni tayyorlash va boshqa funksiyalar ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organi tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Aks holda, islohot muvaffaqiyatli bo‘lmaydi, sifatli ijtimoiy xizmatlarni taqdim etmasdan va inklyuziv ta’limni rivojlantirmasdan mehribonlik uylarining yopilishi esa zaif oilalar va institutsional muassasalarda yashayotgan bolalar rivojlanishiga ziyon yetkazishi mumkin.
Deinstitutsionalizatsiya islohotlari misolida ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy himoya tizimining tarqoqligi past samaradorlikka va amalga oshirilayotgan islohotlarning susayishiga olib kelmoqda. Aholining zaif qatlamini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi har qanday islohot oddiy masala emas, chunki, turli ehtiyojlar va sifatli ta’lim, munosib ishga joylashish va munosib hayot darajasiga bo‘lgan huquqlarni hisobga olgan holda, ijtimoiy nafaqa va xizmatlar odamning butun hayoti davomida kerak bo‘ladi.

Nafaqa va ijtimoiy xizmatlarning tarqoqligi. Qayd etish joiz, nogironligi bor kishilarga BMTning qo‘shma dasturi doirasida nazarda tutilgan ijtimoiy himoyani taqdim etish uchun, «nafaqa + xizmatlar» integratsiyalangan yondashuvini boshqarishni ijtimoiy nafaqalarni tayinlash (hozirda bu Moliya vazirligi kompetensiyasiga kiradi) va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish vakolatlariga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona idorasiz samarali amalga oshirish qiyin.


Ijtimoiy ishchilar ushbu jarayonda muhim ahamiyatga ega va eng past darajalarda ijtimoiy nafaqalarning zarurligini individual tarzda aniqlashadi.
Ikki farzandidan birida nogironlik mavjud bo‘lgan ishlamaydigan yolg‘iz onadan iborat oilani ko‘rib chiqamiz. O‘zi va bolalarini kambag‘allik va ijtimoiy zaiflik doirasidan olib chiqish uchun, ayol bolalar parvarishi bo‘yicha ijtimoiy nafaqa, nogironligi bor bolani to‘g‘ri reabilitatsiya qilish va parvarishlash bo‘yicha o‘qish, bandlikka ko‘makka (uyda ishlaydigan ish bo‘lishi mumkin) va boshqa ijtimoiy xizmatlarga muhtoj.
Bularning barchasi mavjud bir qancha idoralarning aralashuvini talab qiladi — mahalla qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, SSV huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqalar.
Lekin, mazkur idoralar o‘rtasida koordinatsiya va kompleks yondashuvning yo‘qligi sababli, cheklangan muddatga ajratiladigan nafaqa kambag‘allikdan chiqish uchun yetarli emas, zaruriy ijtimoiy xizmatlarni olish uchun esa ayol turli instansiyalarga murojaat qilishi kerak.

Nogironlikni tibbiylashtirish. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi boshqaruvida «Muruvvat» internat-uylari va nogironligi bor kishilar uchun mo‘ljallangan respublika ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari bor. Nogironligi bor kishilarni kasb-hunarga tayyorlash va ularni ijtimoiy himoya qilish funksiyalarini Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazish, kelgusida nogironlikni tibbiylashtirish va uni odam organizmidagi funksiyalarning buzilishiga tenglashtirishga olib keladi. Shu kunlarda prezident agentlikni Vazirlar mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazish haqidagi rejalarni ma’lum qildi.


Nogironligi bor katta yoshdagilar va bolalar, shuningdek, ularning vasiylari faqatgina tibbiy xizmatlarga emas, balki ta’lim xizmatlari va munosib ishga joylashishga muhtoj. Nogironlik — bu faqatgina tibbiy emas, balki birinchi navbatda salbiy stereotip hamda atrof-muhitdagi noqulayliklar uyg‘unligida yuzaga kelgan ijtimoiy evolyutsion tushunchadir. Ushbu tushuncha Nogironligi bor kishilarning huquqlari va nogironlikning ijtimoiy modeli haqidagi Konvensiyaga asoslangan, prezident bunga o‘tishning zarurligini o‘zining 29 dekabrdagi Oliy Majlisga bo‘lgan murojaatnomasida qayd etgan edi.


Xulosa.
Boshqa jarayonlar bilan bir qatorda aynan pandemiyaga qarshi kurashish amaliyoti mamlakatimizda butun jamiyat va har bir fuqaroning islohotlar taqdiri, ijtimoiy va shaxsiy hayotimizning sifati va xavfsizligi uchun mas’ul ekanligiga asoslangan siyosiy hokimiyatning yangi demokratik tizimi shakllanganligini yaqqol namoyon etdi.
Mamlakatimizning xalqaro darajada pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi ishtiroki natijalarini strategik jihatdan katta yutuq, deb baholash mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston tomonidan koronavirusga qarshi kurashish borasida mahdudlikka berilmasdan, xalqaro integratsiya jarayonlarida faol ishtirok etish yo‘li tanlangani to‘g‘ri bo‘ldi.
O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga sodiq qolgan holda, pandemiya oqibatlarini bartaraf etishga doir global say-harakatlarga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi va qo‘shmoqda. O‘tgan vaqt ichida mamlakatimizning xalqaro maydondagi pozitsiyasining salmog‘i va nufuzi tobora o‘sib bormoqda.
O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlikdagi barcha davlatlar, xalqaro tuzilmalar uning koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, bu jarayonning iqtisodiyotga hamda jamiyat hayotining boshqa sohalariga ko‘rsatayotgan salbiy oqibatlarini yumshatish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga nisbatan masuliyatli, chuqur o‘ylangan va amaliy yondashuvini munosib baholamoqda.
Ma’lumki, karantin davrida mamlakatimiz parlamenti o‘z ishini bir kun ham to‘xtatmadi. Karantinning dastlabki kunlaridanoq qisqa muddat ichida parlament tomonidan mamlakatimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan qonunlar qabul qilindi, deputatlar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga hamda parlament nazorati amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan muhim tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.
Bajarilgan ishlar natijasi shuni ko’rsatmoqdaki, parlamentdagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘z siyosiy dasturlari va qarashlaridagi tafovutlardan qat’i nazar, ona Vatan taqdiri masalasi oldida mushtarak maqsad atrofida jipslashib, davlatimizning bu sohadagi siyosatini to’liq qo’llab-quvvatlamoqda. Parlament deputatlari saylovchilar bilan doimiy ravishda yaqindan muloqotda bo‘lib, ular o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Jamoatchilik manfaatlarini o‘rganib, ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Pandemiya butun dunyoda mudrab yotgan muammolarni «uyg‘otib yubordi». Tabiiyki, O‘zbekiston ham mana shunday muammolarga to‘qnash kelmoqda. Lekin biz hayotimizdagi eng muhim siyosiy omilga, ya’ni xalqimizning davlat idoralari faoliyatiga nisbatan chuqur ishonchiga, fuqarolar va biznesning davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralarga nisbatan qat’iy ishonchiga ega ekanini baralla va dadil ayta olamiz. Bir so‘z bilan aytganda, davlat rahbarining karantin davridagi sa’y-harakatlari, eng asosiysi, ularning ijtimoiy yo‘naltirilgani har bir hamyurtimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Va, hech shubhasiz, davlat boshlig‘i yetakchiligida siyosiy barqarorlikni, qonuniylik va xalq hokimiyatchiligini ta’minlashga qaratilgan ushbu yagona to‘g‘ri yo‘l bundan buyon ham mamlakatimiz izchil taraqqiyotining mustahkam poydevori bo‘lib qolaveradi.



Download 193.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling