Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo`yicha)yo`nalishi I bosqich iu-19 guruh talabasi


Download 464 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi464 Kb.
#119338
Bog'liq
20-naz.Nigina (2)






O`zbekiston Milliy Universiteti

Iqtisodiyot fakulteti

Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo`yicha)yo`nalishi

I bosqich IU-19 guruh talabasi

Abdukarimova Niginaning

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

20-topshiriq uchun bajargan ishi.





1.Ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni.

2.Ishchi kuchini takror hosil qilish.

3.Ishchi kuchi migratsiyasi va uning shakllari.

4.Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar.

5.Ishchi kuchi bandligi toʼgʼrisida turli xil nazariyalar.

6.Ishsizlik va uning turlari.
Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemicha: Erwerbspersonenpotenzial) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.

Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli boʻlgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni boʻlib uning yoshi va mehnatga boʻlgan qobiliyati hisoblanadi

Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, ixtisoslashuv, fan-texnika taraqqiyotining kuchayishi kabi jihatlar ishlab chiqarishning ijtimoiy tavsifini kuchaytiradi. Ijtimoiy ishlab chiqarish sharoitida uning omillariga ham xuddi shunday nuqtai nazardan yondashish zarurati paydo bo‘ladi.Ishlab chiqarish jarayoni bir marta amalga oshirish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to'xtovsiz takrorlanib turadi. Bunda hamma ishlab chiqarish omillari shu jumladan ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.Ishchi kuchi - bu insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va jismoniyqobiliyatlarining yig‘indisi bo‘lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda, eng avvalo, ishchining mehnat qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog‘liqdir. Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchi-ning miqdori mamlakat aholisining mehnatga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi.Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘Igan va ishlashga tayyor bo‘lib, ish izlab turgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo‘ja!igida, boshqa har xil ish￾larda band bo‘lgan!ar potensial qismi hisoblanadi.

3-javobIshchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi) tugal migratsiya - aholining doimiy yashash joyini o‘zgartirishi bilan bog‘liq migratsiya;2) tebranuvchi migratsiya - ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog‘liq migratsiya;3) mavsumiy migratsiya - mavsumiy ish faoliyati bilan bogiiq migratsiya;4) tasodifiy migratsiya - ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog‘liq migratsiya.



Ishchi kuchi bozori - bu xo‘jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari - davlat kor￾xonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o‘rtasidagi oldi￾sotdi munosabatlaridir.Ishchi kuchi talabi - bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.Ishchi kuchi taklifi - bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.



Neoklassik maktab konsepsiyalariBu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo‘ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko‘rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar.Keynscha maktab vakillari ishchi kuchi bozorini harakatsiz, o‘zgarmas tizim sifatida baholab, unda ishchi kuchining narxi qat’iy belgilangan bo‘lishini ta’kidlaydilar.Monetar maktab namoyandalari (M. Fridmen, E. Felps va boshqalar) bozor iqtisodiyotini o‘z-o‘zidan tartiblanuvchi tizim sifatida baholab, undagi narx mexanizmining o‘zi bandlikning oqilona darajasini belgilab berishini takidlaydilar.Institutsional-sotsiologik maktab namoyandalari (T. Veblen, J. Danlop, J. Gelbreyt, L. Ulman va boshqalar) ishchi kuchi bandligi borasidagi muammolar turli ko‘rinishdagi institutsional islohotlar yordamida hal etilishi mumkin, degan qoidaga asoslanadilar.

Ishsizlik - mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qismining foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bolib, ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar deyiladi. bir ishdan bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘Igan davrdagi ishsizlik friksion (oraliq) ishsizlik deyiladi.Yangi kasb va mutaxassislikni o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib,yangi ishga joylashgunga qadar boigan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi. Siklik ishsizlik - iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bogiiq bo‘lib, u ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi. Texnologik ishsizlik ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib kelishi bilan bogiiq boiadi. Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band bolmaslik xos.
Download 464 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling