Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo`yicha)yo`nalishi I bosqich iu-19 guruh talabasi
Download 0.53 Mb.
|
5-seminar(1-u)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq Mavzu yuzasidan tarqatma material tayyorlash. (15 ta savol-javob shaklida)
- Keyingi topshiriq:Mavzu yuzasidan berilgan testlarga javoblarim
- So`nggi topshiriq: Mavzu yuzasidan mustaqil Xulosa Yozish!!!
O`zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar sohalar bo`yicha)yo`nalishi I bosqich IU-19 guruh talabasi Jumanov Abduqahhorning O`zbekiston tarixi fanidan 5- seminar topshiriq uchun bajargan ishi. 1. Moʼgʼul ulusining tashkil topishi. Chingizxon va Sulton Muhammad Xorazmshoh oʼrtasidagi diplomatik munosabatlar. 2. Moʼgʼullar bosqini va Xorazmshohlar saltanatining xalokati. 3. Jaloliddin Manguberdi jasorati va hozirgi davr. 4.Chigʼatoy ulusi davrida Movaraunnaxr va Xorazm. 5-mavzu: Moʼgʼullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi – mard va jasur ajdodimiz Reja: 1-Topshiriq. Muayyan reja asosida taqdimot yaratish. Bu rejani tanlaganimdan maqsad shuncha yil maktab,kollej,litseylarda tahsil olib, ozmi ko`pmi ajdodlarimiz haqida ma`lumotlarga ega bo`lib keldiki. Mana endi talaba bo`lib, nomimizga xos va mos bo`lish maqsadida tolibi ilm ya`ni ko`proq ma`lumotga ega bo`lishga intilamiz ,albatta.
Jaloliddin Manguberdi jasorati va hozirgi davr Tariximizdagi ulugʼ zotlardan biri moʼgʼul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan, Vatan ozodligi yoʼlida jon fido qilgan buyuk sarkarda, mardlik timsoli boʼlmish Jaloliddin Manguberdi hisoblanadi. Oʼrta asr musulmon mualliflari, jumladan uning vaziri va munshiysi boʼlgan an-Nasaviy uni Mankburni (yaʼni, mank «belgi», «xol» degan, «xoldor burunli» degan maʼnoni anglatgan) nomi bilan atashgan. Istiqlol sharofati bilan ozodlik va erk kurashchisi boʼlmish buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining tarixiy nomi qayta tiklandi. Respublikamiz Prezidenti I.Karimovning «Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliѐlar, podshohu sarkardalar, botir va pahlavonlarni koʼp koʼrgan. Ular orasida milliy qahramonimiz Jaloliddin Manguberdining betakror nomi yulduzdek charaqlab turadi. Sulton Jaloliddin siymosi nafaqat Xorazm, balki butun Oʼzbekistonning faxru gʼururidir», - degan taʼrifi qoʼyilgan mavzu mohiyatini toʼliq oʼzida mujassam etadi. Jaloliddin ogʼir bir paytda, Movarounnahr urush domiga tortilgan, mamlakatning katta qismi moʼgʼullar tomonidan istilo etilgan, xorazmshohlar qoʼshini yakson qilingan, amirlarning bir qismi xoinlik, qolgani oʼz joni-mulkini asrash yoʼliga tushgan, sulton mamlakatni oʼz holiga tashlab qoʼygan, oʼzaro sarosima va tahlika hukm surgan bir vaqtda tarix sahnasida paydo boʼldi. Jaloliddin shunday bir ogʼir vaziyatda, Vatan va xalq erki uchun kurashib, moʼgʼullarga qarshi 11 yil davomida kurash olib bordi, 14 marotaba moʼgʼullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida gʼoliblikni qoʼlga kiritishga muvaffaq boʼldi. Moʼgʼullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta oʼgʼil boʼlsa-da, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan boʼlib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urugʼidan boʼlmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin Oʼzloqshoh valiahd deb eʼlon qilingan edi. Taomilga koʼra shahzodalarga hududlar mulk etib boʼlib berilgan edi, jumladan Gʼazna, Bamiѐn, al-Gʼur, Boʼst, Takinobod, Zamin-Davora va Hindiston bilan chegaradosh yerlar esa Jaloliddinga mulk etib berilgan edi. Garchi Jaloliddin buvisining izmi bilan markazdan chetlatilgan boʼlsa-da, lekin sulton unga alohida muhabbat bilan qarar, uning jasurligini qadrlar va oʼzidan uzoqlashib ketmasligini hohlar edi. Shuning uchun ham unga vazir etib taniqli davlat amaldori Shams-al Mulk Shahobiddin Аlp al-Haraviyni, noib (oʼrinbosar) etib esa sarkarda Kuzbar Malikni tayinlaydi. Moʼgʼullar taʼqibidan hayiqib, maʼlum vaqt Xurosonda sargardon boʼlgan Muhammad xorazmshoh plevrit (oʼpkaga suv yigʼilish) kasali bilan ogʼrib, taxminan 1220 yilning oxirlarida (hijriy 617 y.) quvgʼinlikda Kaspiy dengizidagi Аshuradi orolida vafot etdi. Jaloliddinning ozodlik va mustaqillik kurashlari tarixi asrlar davomida sharq xalqlari tillarida doston boʼlib ketdi. Eron, Turkiya, Misr, Pokiston, Suriya, Hindiston, Iroq va boshqa davlatlarida uning jasoratli haѐt yoʼlini aks ettirgan asarlar nashr etilishi hamda buyuk sarkarda faoliyati xususida Yevropa ham tarixiy adabiѐtlar chop etilganligi, 1998 yil Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavallud ѐshiga bagʼishlab oʼtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda taʼkidlanganidek, sarkardaning «insoniyatga ozodlik yoʼlida kurashning, yurtni istibdod va zulmdan qutqarishning ѐrqin namunasi» sifatida bashariyat tarixida oʼchmas iz qoldirganligidan darak beradi. Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 24-sentyabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud toʼyi keng miqѐsda nishonlanishi qayd qilib oʼtildi. Yubiley munosabati bilan Urganchda sarkardaga ulkan memorial ѐdgorlik oʼrnatildi, Oʼzbekiston Respublikasi FА Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Xorazm Maʼmun akademiyasi, bir qator oliy oʼquv yurtlari, turli jamgʼarmalar mutaxassislari tomonidan koʼplab risolalar chop etildi, mohir rassom T.Qurѐzov tomonidan sarkardaning portreti yaratildi, “Jaloliddin Manguberdi-Vatan, yurt himoyachisi” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman oʼtkazildi. 1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligining keng nishonlanishi, uning vatani Xorazmda unga mahobatli haykal oʼrnatilinishi, “Gʼanim oldida bosh egmagan, tiz choʼkmagan. Vatan deya halok boʼlgan” milliy qahramonimizga xalqimizning buyuk ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi boʼlib qoldi. 2-topshiriq Mavzu yuzasidan tarqatma material tayyorlash. (15 ta savol-javob shaklida)1) Mo`g`ul atamasining ilmiy asoslangan ma`nosini ayting. Javob: Bu haligacha ilmiy asosga ega emas. 2) 1220-yil yozda chingizxon qaysi shaharni egallagan? Javob: Naxshab. 3)Mo`g`ullarni birlashtirish cho`g`ida kim kuchli harbiy tuzilmani barpo etadi? Javob:Temuchin(Chingizxon) 4) Jaloliddin nechinchi yil g'aznaga kirib kelgan? Javob: 1221-yil. 5)Yasoq so`zining ma`nosi?Javob:Qonunlar 6)Bilik so`zining ma`nosi?Javob:Nasihat7) Mo'g'ullar zulmiga qarshi qo'zg'olonga boshchilik qilgan mahmud forobiy aslida kim bo'lgan? Javob: g'alva yasovchi hunarmand. 8) Jaloliddin katta o'g'il bo'lsada u taxtdan chetlatilib o'rniga kim valiaxd bo'lgan edi? Javob: Qutbiddin O'zloqshox. 9) Jaloliddinni shaxsan bilgan tarixchi kim bo'lgan? Javob: an-nasaviy. 10),,Jo`yi arziz” , Qo`rg`oshin novasi” qayerning bosh suv inshooti hisoblanilgan’?Javob:Samarqand 11) Xorazmshohlar avlodidan bo'lgan misr hokimi kim bo'lgan? Javob: al-muzaffar sayfiddin kutuz.12) Jaloliddinning asosiy dushmani kim edi? Javob: Damashq hokimi al-malik al-ashraf. 13) Jaloliddinning mo'g'ullar bilan ilk to'qnashuvi qayerda sodir bo'lgan? Javob: jand viloyati irg'iz dash 14) XII asr boshlarida anushteginiylar qo'shinining umumiy soni qancha edi? Javob: 400.000. 15) Mo'g'ullar davrida ijarador o'rtaxol dehqonlar nima deb atalgan? Javob: muzoriylar.Keyingi topshiriq:Mavzu yuzasidan berilgan testlarga javoblarim:1.A. Mo'g'ulistonning ko'chmanchi chorvador urug'larini o'z qo'li ostida birlashtirib,Markazlashgan Mo'g'ul davlatini tashkil qildi. 2.V. Marv. 3.A. Samarqand. 4.V. Shamsuddin Mahbubiy. 5.A. O'troqlikka o'tish,shahar hayotiga yaqinlashish,mahalliy aholoning boy madaniyatidan foydalanish. 6.V. Samarqandda. 7.S. 1238-yilda. 8.A. 1272-yilda. 9.V. Xuloku. 10.S. Ma'sudbek.11.V. mo'g'ullar Buxoroni talab ketdilar. 12.A. Navoiy. 13.D. Buxoroda. 14.S. Targ'u. 15.A. Chingizxonning har tomondan qilgan hujumini qaytarish uchun. 16.A. O'tror. 17.A. Muhammad Xorazmshoh shuni buyurgan edi. 18.V. Xurdaki Buxoriy. 19.D. Xo'jand,Buxoro,Samarqand. 20.V. ShulenSo`nggi topshiriq: Mavzu yuzasidan mustaqil Xulosa Yozish!!!Mustaqillik yillarida nomi unut boʼlgan koʼplab buyuk tarixiy siymolarning nomlari qayta tiklanib, tarixiy adolat qaror topdi. Bu esa oʼrta asr tarixini yanada chuqur oʼrganishga imkoniyat yaratdi. Mustaqillik yillarida chop etilgan darslik va adabiѐtlarda mazkur davr voqealigi toʼliq oʼz aksini topa boshladi. Jumladan, oʼzbek olimlaridan B.Аhmedov, А.Аhmedov, А.Muhammadjonov va boshqalar masalarning turli qirralarini ѐritib berdilar. Mustaqillik yillarida an-Nasaviyning mashhur asari hamda tarixchi olim Z.M.Bunѐdovning kitoblari oʼzbek tiliga oʼgirilib, keng kitobxonlar ommasiga havola etildi. 1998 yili Jaloliddin Manguberdining 800 yilligiga bagʼishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda esa mavzuni koʼplab oʼrganilmagan qirralari maʼlum qilindi. Moʼgʼullar haqida koʼplab maʼlumotlar mavjud boʼlib, ular menu (menva) nomi ostida Xitoyning Tan sulolasi (618-908) solnomasida ilk bora tilga olinadi. Taʼkidlash joizki, moʼgʼul atamasi haligacha oʼzining ilmiy isbotiga ega emasUlar Oltoy va Janubiy Sibirdagi turkiy qabilalarga yaqin va qondosh boʼlganliklari ehtimoldan xoli emas. Bu xususda olimlar turli fikrlarni bildiradilar. Moʼgʼul etnogenezi ham murakkab masala boʼlib, har holda elat sifatida ular XIII asrda yuzaga kelgan boʼlishi kerak. X-XI asrlarda esa asli Аmur darѐsi boʼylarida yashagan 16 ta urugʼ-aymoqlarga boʼlingan tatan (tatar)larning tarkibiy qismi sifatida ularning bir urugʼidan alohida, moxe (moʼgʼul) qabilasi vujudga kelgan deyiladi. Bu qabila tezda kuchayib 1135-39 yillari Xitoyga qator yurishlarni amalga oshirishadi. Hatto Xitoy imperatorlari 1147 yili moʼgʼullar bilan ittifoq tuzishga ham majbur boʼlishadi.Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni qaror toptirish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 24-sentyabrda 408-sonli maxsus qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq buyuk sarkardaning tavallud toʼyi keng miqѐsda nishonlanishi qayd qilib oʼtildi. Yubiley munosabati bilan Urganchda sarkardaga ulkan memorial ѐdgorlik oʼrnatildi, Oʼzbekiston Respublikasi FА Tarix va Sharqshunoslik institutlari, Xorazm Maʼmun akademiyasi, bir qator oliy oʼquv yurtlari, turli jamgʼarmalar mutaxassislari tomonidan koʼplab risolalar chop etildi, mohir rassom T.Qurѐzov tomonidan sarkardaning portreti yaratildi, “Jaloliddin Manguberdi-Vatan, yurt himoyachisi” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman oʼtkazildi. 1999 yil noyabrda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligining keng nishonlanishi, uning vatani Xorazmda unga mahobatli haykal oʼrnatilinishi, “Gʼanim oldida bosh egmagan, tiz choʼkmagan. Vatan deya halok boʼlgan” milliy qahramonimizga xalqimizning buyuk ehtiromi, muhabbati, ajdodlar xotirasini muqaddas saqlashi ramzi boʼlib qoldi.Bu mavzu orqali ayniqsa, Jaloliddin Manguberdi qilgan jasoratlarini eslab, o`qib, kelajakka boshqacha nazar tashlashni va tariximizda yashab o`tgan bobokalonlarimizdek ulug` nom qoldirishni niyat qildim,albatta.E`tiboringiz uchun raxmat!!! Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling