Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha )


Tovar xo’jaligi-ijtimoiy ishlab chiqarishning ilg’or shakli


Download 164.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi164.09 Kb.
#1478638
1   2   3
Bog'liq
Referat

Tovar xo’jaligi-ijtimoiy ishlab chiqarishning ilg’or shakli 
Natural ishlab chiqarish bazasida ijtimoiy ishlab chiqarishni ilg’or shakli. 
Natural ishlab chiqarish bazasida hali tovar ishlab chiqarish vujudga kelmagan 
sharoitda tovar almashuvi sodir bo’lgan edi. Gap shundaki, bu ishlab chiqarish 
tamomila tabiatga, undagi omillarga bog’liq edi. Ob - havo yaxshi, quyosh mo’l 
yerning tabiiy unumdorligi o’zga sharoitda natural xo’jalikda ehtiyojdan ortiqcha 
mahsulotlar yaratilib qolinar edi. Buni tabiatni odamlarga tuhfasi ehsoni deyish 
mumkin. Ana shunday sharoitda ortiqcha xo’jalik tashqarisiga olib chiqilar, har 
ehtimolga qarshi boshqa mahsulotga almashtirish mumkin edi. Bu hol tovar ishlab 
chiqarishsiz, tovar muomalasi tovar ayiraboshlashni tabiiy ravishda sodir 
bo’lganligini ko’rsatadi. 
Tovar almashuvi tasodifiy xarakterda bo’lsa-da odamlar uning afzalligini 
tobora seza boshladilar, chunki ehtiyojlarni to’laroq ko’proq mehnat bilan qondirish 
mumkin edi. Bu hol mahsulotlarni sotish uchun, almashtirib olish uchun yaratishga 
harakatni tug’diradi ya’ni natural xo’jaliklar tobora bozor ehtiyoji uchun maxsus 
xo’jaliklarga aylanishiga olib keldi. 
Shunday qilib, ehtiyojlarni bozor orqali qondirishga xizmat qiladigan xo’jaliklar 
tashkil topdi. Bunday xo’jaliklar, tovar xo’jaliklari deb ataladi.
Davrlar o’tishi bilan bu xo’jaliklar ijtimoiy ishlab chiqarishni asosiy manbaalariga 
aylandilar, iqtisodiy ijtimoiy taraqqiyot endi ularning faoliyatiga taqdiriga bog’liq 
bo’lib qoldi. Bu tarixiy taraqqiyot shunga olib keldiki, bir tomondan tovar 
xo’jaliklari ko’paya bordi, ikkinchi tomondan tabiiy holda ular o’rtasida sotish 
uchun raqobatni ham keltirib chiqardi. Dastlabki tovar xo’jaligi oddiy tovar xo’jaligi 
nomini oldi, keyingi raqobat natijasida tabaqalashuv oqibatida, dunyoga kelgan


xo’jaliklar yirik tovar xo’jaliklar nomini oldi. Oddiy tovar xo’jalik ishlab chiqarish 
vositalari mayda xususiy egalikga, qo’l mehnatiga faoliyatdan qutilgan pirovard 
maqsad oila xo’jaligini eng zarur ehtiyojlarini almashtirish orqali qondirishga 
asoslangan edi. Yirik tovar xo’jaligi esa ancha yirik xususiy mulkchilikga yollanma 
mehnatga, boylik orttirish foyda olish jamg’arish kabi xususiyatlarga ega edi. Biroq 
ularni birlashtirgan yagona xususiyat mavjud edi, ya’ni ularning har biri o’zining 
tashqi ta’sir kuchidan saqlab qolishga, raqobatga bardosh berishga o’z xususiy 
manfaatlarini ro’yobga chiqarishga intilar edi. 
Insoniyat taraqqiyoti ko’rsatdiki, tovar xo’jaliklari natural xo’jaliklardan 
qator afzalliklari bilan farq qiladilar. Birinchidan, bular iqtisodiy jihatdan mustaqil 
va ancha baquvvat edi, alohida alohida faoliyat qilishga qodir xo’jaliklar edi. 
Ikkinchidan, ular o’z iqtisodiy manfaatlariga erishish yo’lida barcha vosita 
imkoniyatlarni safarbar qiladi, hayotda mustaqil turmushga intiladi. O’z ravnaqi 
uchun qayg’uradi va boshqalar. Boshqacha aytganda tovar xo’jaligi umuminsoniy 
xususiyatlarni o’zida gavdalantiradi. Prezident asarlari va chiqishlarida bizning 
milliy iqtisodiyotimizda ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ishlab chiqarish 
korxonalariga muhimroq ahamiyat kasb etajagiga ahamiyat qaratilgan. Tovar ishlab 
chiqarish va moddiy asoslarning yaratilishi. Tovar ishlab chiqarish ijtimoiy ishlab 
chiqarishni shunday o’ziga xos shakliki, bunda tovar ishlab chiqaruvchilar ijtimoiy 
xizmat ko’rsatuvchilar iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’ladilar ya’ni, ma’lum 
ko’rinishdagi mulk egalari bo’lishadi va mulkni mustaqil tasarruf etishadi. Bunda 
ular ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqaradi va xizmatlar ko’rsatishni 
biron bir turiga ixtisoslashadilar, ya’ni mehnat turini o’z mahsulotidan iste’mol 
qilmaydilar, balki uni bozorda sotish orqali almashtirish bilan mahsulot orqali 
ehtiyojlarni qondirishadi. Demak, tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotiga 
va ko’p mulkchilik egaligiga asoslanadi. Lekin bu shart sharoitlar jamiyat tarixiy 
taraqqiyotida o’zgarib boradi.


Tovar ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti deb atalayotgan iqtisodiy ijtimoiy 
tizimga nisbatan birlamchi asos munosabatlardir, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o’tish 
uchun ma’lum tarixiy o’tish davrini uning asoslarini yaratib olmoq kerak. Buning 
birinchisi mehnat taqsimotini rivojlantirish bo’lsa, ikkinchisi ko’p mulkchilikni 
mulk egalarini demokratik shaklini shakllantirib olishdir. Shuning uchun ham bozor 
munosabatlariga o’tishni maqsad qilib olgan bizning munosabatlarimizda bozor 
iqtisodiyotiga o’tishni asosi sifatida avvallari monopol bo’lgan davlat mulkchiligini 
xususiylashtirish hamda bir qancha mulk shaklini vujudga keltirish tadbirlarini 
amalga oshirmoqda. Albatta, bu ish oson kechmaydi, u ma’lum vaqtni talab etadi.
Bu jarayon iqtisodiy islohotlarni butun bir davrini egallaydi shu maqsadda ishlab 
chiqilgan dastur asosida tovar ishlab chiqarishdek ijtimoiy hayotni yaratmoq uchun 
ilg’or mamlakatlar tajribalari o’rnatildi va uning huquqiy asosi bo’lgan qator 
qonunlar asosida tovar ishlab chiqarishdek va uning asosida qator qonunlar ishlab 
chiqildi, qabul qilindi. Mamlakatimiz oldida turgan asosiy vazifa tovar ishlab 
chiqarishni butun bir tizim sifatida shaklllantirishdir. Zero, bu istiqboldagi iqtisodiy 
tariximiz bozor iqtisodiyotining tamal toshi bo’ladi. Tovar ishlab chiqarish butun bir 
tizim sifatida yaratilishi kerak deganimizda bu jabhaga tortilmagan biron bir firma 
idora, muassasa ishlab chiqaruvchi fuqaro qolmaydi. Masalan, xatto odamlarning 
ish faoliyati intelektual salohiyati ham sotiladi va sotib olinadi. Bozor iqtisodiyoti 
to’laqonli vujudga kelishi uchun hatto yer ham tovarga aylanishi lozim. Tovar ishlab 
chiqarish tizim sifatida vujudga keltiriladi deganda boshqa notovar iqtisodiy 
munosabatlar aslo bo’lmaydi degani emas. Masalan odamlarning o’zaro muruvvat 
ko’rsatishlari, moddiy yordam berishlari, xayriya jamg’armalari, uy xo’jaligi, dala 
hovli yuritish kabi natural munosabatlar ham mavjud bo’lishi, xatto ular rivoj 
topishi ham mumkin. Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, 
mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida paydo bo’ldi.


Tovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon 
bo’ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, 
bunda tovar yoki xizmat o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun 
yaratiladi.



Download 164.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling