Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha )
Download 164.09 Kb. Pdf ko'rish
|
Referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natural va tovar ishlab chiqarish hamda ularning belgilari mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi Tayyorladi: N.Jo`rayeva
- 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha ) yo’nalishi 1-411-22 guruh 1-bosqich talabasi Jo’rayeva Nilufar Faxriddin qizining Iqtisodiyot nazariyasi fanidan Natural va tovar ishlab chiqarish hamda ularning belgilari mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi Tayyorladi: N.Jo`rayeva Qabul qildi: S.Xamrayeva Qarshi 2023 yil Reja: 1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. 2. Tovar xo’jaligi-ijtimoiy ishlab chiqarishning ilg’or shakli. 3. Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi. Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko`pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. ‘atriarxal dehqon xo’jaligi va feudal pomestyalari asosan natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari paydo bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi. Natural ishlab chiqarish ijtimoiy ho’jalik yuritishni dastlabki shakli. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tarixiy rivojiga nazar solinsa, ma’lum bo’ladiki moddiy ne’matlar yaratishni dastlabki shakli natural ishlab chiqarish. Uni yuritishni xo’jalik shakli esa natural xo’jalik bo’lgan. Bu xo’jalik ne’matlar ishlab chiqarish keng iqtisodiy makonda uning a’zolari ehtiyojinigina bevosita qondirish maqsadida tashkil etiladi. Natural ishlab chiqarishga xos belgilar quyidagilardan iboratdir. Birinchi, u alohida biqiq xo’jalik bo’lib,boshqa shu kabilar bilan xo’jalik aloqalari bilan mutloq bog’lanmagan bo’ladi: Ikkinchi, unda mehnat taqsimoti sust rivojlangan, ya’ni xo’jalik a’zolari undagi uyushmalarni deyarli o’zlari bajaraveradi: Uchinchi, unda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerga umumiy egalik qilishga asoslanadi, qishloq xo’jaligi ustuvorlik qiladi: To’rtinchi, uning ishlab chiqarish omillariga ehtiyoji shu xo’jalikdagi bor resurslargagina suyanadi: Beshinchi, mahsulotlarni bevosita iste’molga moslashtirish ham uning o’zida amalga oshiriladi: Oltinchi, unda mehnat unumdorligi past, zero qo’l mehnatiga asoslanadi, malakali mehnat yo’q: Yettinchi, eng muhimi bu xo’jalikda ishlovchini bevosita moddiy manfaatdorligi yo’lga qo’yilmagan. Albatta, natural ishlab chiqarish juda uzoq yillar yashab keldi, hozirgi davrlarda ham ba’zi ko’rinishlarda yashamoqda. Masalan,uy xo’jaligi, shaxsiy yordamchi xo’jalik dala hovli dehqon yoki fermer xo’jaliklari. Natural xarakterini yo`qotganicha yo’q. Bunday xo’jalik shakli hukmron bo’lmasada asrlar osha yashayotgan uning yangiliklari intilmasligi yoki imkon yo’qligi. G’oyat cheklangan maqsadlarga yo’naltirilganligi, rivojlanish sur’atlarini pastligi, jamg’arish imkoniyati yo’qligi raqobat kurashida tashqaridagilar kabilar bilan belgilanadi. Natural ishlab chiqarish va natural xo’jalik yuritishni tarixiy missiyasi shu bo’ldiki, u ancha ilg’or istiqbolli tarixiy ko’rinish shaklininig tovar xo’jaligi vujudga kelishiga olib keldi. Albatta tovar xo’jaligi uzoq taraqqiyot mahsuli sifatida paydo bo’ldi, natijada inson sivilizatsiyasi mana shu xo’jalik shakli bilan uzviy bog’lanib ketdi. Download 164.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling