Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo’nalish 5- kurs talalbasi xo’janov xolbo’taning insitutsional iqtisodiyot fanidan taqdimoti


Download 5.52 Mb.
bet5/6
Sana23.09.2023
Hajmi5.52 Mb.
#1686589
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xo\'janov xolbo\'ta

Albatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy kabi davlatning investorlari uchun jozibali bo‘lishi mumkin. Ammo, bugungi giperglobal davrdagi texnologik o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni o‘z ichiga oladi. Bu degani, O‘zbekiston o‘z kelajagini faqat «arzon ish haqi orqali investitsiya chaqirish» strategiyasiga bog‘lamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, ta'lim va ilmiy tadqiqotlarga mablag‘ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga e'tibor berishi zarur. Bu, o‘z navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy ravishda erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish va xususiy sektorni qo‘llab- quvvatlash orqali vujudga keladi

  • Albatta, rivojlanishning dastlabki bosqichida mamlakatdagi arzon ishchi kuchi ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat qidirayotgan Yaponiya yoki Xitoy kabi davlatning investorlari uchun jozibali bo‘lishi mumkin. Ammo, bugungi giperglobal davrdagi texnologik o‘zgarishlar natijasida ishlab chiqarish tobora avtomatlashib, arzon ishchi kuchiga nisbatan talab pasayib borayotganini ham unutmaslik kerak. Bugungi kunda mahsulotlar umumiy savdosining atigi 18 foizi ish haqi past davlatlardan ish haqi yuqori davlatlarga eksportni o‘z ichiga oladi. Bu degani, O‘zbekiston o‘z kelajagini faqat «arzon ish haqi orqali investitsiya chaqirish» strategiyasiga bog‘lamasdan, ixtisoslashgan ishlab chiqarish, ta'lim va ilmiy tadqiqotlarga mablag‘ ajratish orqali xizmatlar eksport qilishga e'tibor berishi zarur. Bu, o‘z navbatida, davlat monopollashtirgan sohalarni tadrijiy ravishda erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish va xususiy sektorni qo‘llab- quvvatlash orqali vujudga keladi

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. SHuni inobatga olib, 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XP sonli “O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi,Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki,Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. SHuni inobatga olib, 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XP sonli “O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi,Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki,Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka a’zo bo‘lishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
  • XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi nafaqat respublikaning jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash samarasini oshirdi.
  • Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog‘liq.Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining”Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi,”Tashqi qarzdorlik to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa me’yoriy aktlar ishlab chiqildi

Download 5.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling