Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti fakulteti talabasi Bo`riboyev Sherali Mavzu


Download 31.97 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi31.97 Kb.
#105863
Bog'liq
3-maruza


Iqtisodiyot fakulteti Kadrlar manedjmenti fakulteti talabasi Bo`riboyev Sherali

Mavzu: Ilk o`rta asrlarda o`zbek davlatchilgi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy , madaniy hayot ( V-IX asrlar)

O`rta Osiyo qadimgi tarixining muhim bosqichlari hisoblanmish milodning IV-V asrlarida ulkan Kushonlar davlati ichki va tashqi kurashlar oqibatida bir qancha mustaqil davlatlarga bo`lib ketadi. O`sha davrda O`rta Osiyoning janubidan Toxariston va Marv ajralib, shimolidan Sug`d, uning sharqiy tomonida Ustrushona joylashadi. Ustrashonaga tutash hududlarida Choch va Xorazm mulklari mustaqil edi. Bu davrda O`rta Osiyoda bo`lib o`tgan siyosiy jarayonlar undagi ichki va tashqi tashqi kurashlarga bog`liq edi. IV-V asrlarda ko`chmanchi qabilalar kirib kelishi va ushbu qabilalari ittifoqi natijasida yangi siyosiy kuch Kidariylar bo`ldi. Tadqiqotlar natijasiga ko`ra kidariylarning vatani Sharqiy Turkiston edi. Xitoyning Beyishi Solnomasiga ko`ra Kidar Shimoliy Hindistonga yurish qilib Gandxardan shimoldagi 5 ta davlatni o`ziga bo`ysindirgan . Ayrim taqiqotchilar fikriga ko`ra , kidariylar Sharqiy Turkistondan ko`chishi boshlangan so`ng ular ikkiga bo`linib ketgan. Katta qismi shimoli-g`arbiy Hindistonga , kichik qismi O`rta Osiyoga joylashganlar. Tadqiqotchi S.K.Kabanovning fikricha ularning markazi Balx emas Qarshi atrofidagi ko`xno Yerqo`rg`on shahri bo`lgan. Ayrim esa bu yerda Kidariylarning kichik guruhlari joylashgan deb hisoblaydilar. Yaponiyalik tadqiqotchi K.Ynoki braxmiy yozuvida zarb etilgan “Kidara Kushon sha” degan yozuvdagi tangalarni o`rganib , ular taxminan 390-430 yillarga mansub degan hulosaga kelishgan . Uning fikriga ko`ra Kidariylar Toxariston va Gardxarni 412-437 yillarda oralig`ida o`z ko`l ostilariga birlashtirganlar. Ayrim tadqiqotchilar Kidariylarni Sharqiy Turkustondan kirib kelgan kushonlar qoldig`i bo`lishi mumkin, Kidariylarning O`rta Osiyoning janubidagi Xioniylar bilan ittifoqchiligi hamda ularning Eronga qarshi harakatlari to`g`risida tahminlari ham mavjud. Tadqiqotchilar Kidar hukmronlik qilgan davrni IV asrning ikkinchi yarmi va V asrning birinchi choragi bilan belgilaydilar. Kidar (Kidara) avval boshda Eron shohi Shopur II ga bo`ysingan. Oq xunlar bostirib kelishi bilan o`z o`g`li Pironi Peshovarda qoldirib Shimolga yo`l olgan. Oq xunlar bilan kurash manbalarda 400- yillarga to`g`ri kelishi ta`kidlangan . Kidar Shopur II ning zamondoshi bo`lib, kushonlar hokimyatining davomchisi sifatida ularga bo`ysinib kelgan hamda xiyoniylar yordamida Baqtriyada kushonlar hokimiyatiga chek qo`ygan. Kidariylar Amudaryo chap va o`ng havzasi bilan Sug`dning kata qismini egallaydilar. Manbalarga ko`ra Eron sosoniylar bilan ko`p marotaba urushlar olib borgan va sosoniylar podshohi Varahan V va Yozdigard davrlarida avjiga olgan . 456 –yilda bo`lib o`tgan yana bir jangdan so`ng kidariylar o`nglab bo`lmas vaziyatga tushib qoladilar. Bu voqeadan so`ng kidariylar haqida ma`lumotlar yo`q.

IV asr o`rtalarida O`rta Osiyo yerlariga shimoli sharqdan xion qabilalari bostirib kiradilar. Taqiqotchilarning fikriga ko`ra ularning Orol bo`yida deb hisoblashgan. Ular xin qabilalariga qarindosh bo`lganliklari sababmi, g`arbda ularni “Oq xunlar” deb atashgan. IV asrda o`z qudratiga ega xiyoniylar janub tomon yurush qiladilar sosoniylar bilan to`qnashadilar. Bu to`qnashuvda xiyoniylar boshchisi Grumbat , ularning Suriyadiga Umda shaxrini qamal qilganliklari haqida Ammian Martsellin ma`lumotlar beradi. Dastlab xiyoniylar mag`lubiyatga uchrasalarda, keyinroq ular sharq tomon yurish qilgan sosoniylar shohi Shopur II ga qattiq zarbalar beradilar. K.Treverning fikricha, xiyoniylar IV asrning 70-yillarida o`zining kuchaygan pallasiga yetadi. O`rta Osida kidariylar va eftalitlar hukmronligi o`rnatilishi xiyoniylarning siyosiy ahvoli ta`sir o`tkazadi va eftallarga tobe bo`lib qoladi. Bizgacha xiyoniylar va kidiriylarning ijtimoiy-siyosiy tizimi haqidagi ma`lumotlar bizgacha yetib kelmagan.

Ko`proq eftalitlar to`g`risida ma`lumotlar mavjud bo`lib, Xitoy salnomalari, paxlaviy matnlari, rim,vizantiya, suriya , arman va arab tarixchilarining asarlariga , Firdavsiyning “Shoxnoma”sida uchraydi. Ayrim tarixchilar eftalitlar vatani Sirdaryo desa , boshqalari Badaxshon deb hisoblaydilar. Ayrimlar Farg`onaning tog` oldi hududlari ularning vatani bo`lgan deb hisoblaydilar. Xitoy manbalari eftalitlarni turklar bilan bog`liq ravishda ta`riflaganlar. Vizantiyalik tarixchilar, eftalitlarni xunlardan deb ko`rsatar “ ular xunlardandir, tanalari esa oq “ deb eslatadi. Eftalitlar V asrning o`rtalari kuch-qudratga to`lgan edi va ular ilk bora Xitoyga elchi yuborgan davrga to`g`ri keladi. Ma`lumotlarga eftalitlar 13 marta Xitoyga elchi yuborishgan. Keyinchalik O`rta Osiyo va Shimoliy Hindistondagi katta yerlarni ishg`ol qilgan. Eftalitlarning janubdagi asosiy raqiblari Eron sosoniylari edi. 484 – yilda eftalitlar va sosoniylar o`rtasida Marv yaqinida jang bo`lib o`tadi va sosoniylar mag`lub bo`ladi. Eftalitlar 477-520 – yillar mobaynida Ganxarni ishg`ol etib , u yerdan kidariylarni siqib chiqaradilar. 490-yilda eftalitlar Urumchini , 497-509 yillar orasida Qashg`arni bosib, Sharqiy Turkustonda o`z hukmdorligini o`rnatdilar. Eftalitlar poytaxti Balx shahri edi. Tadqiqotchilar izlanishlari oqibatida eftalitlar kelib chiqishi turkiy xalqlardan degan xulosa kelib chiqdi. O`z davrida eftalitlar yirik davlat tizimini vujudga keltirdilar. O`rta Osiya , Shimoliy Hindiston, Sharqiy Turkiston , Sharqiy Eronni birlashtirgan , Kushon davlatidan ham yirik davlatga asos soldilar. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Eftalitlar yirik davlatga aylangach obod dehqonchilik vohalarga ,shahar va qishloqlarga , savdo yo`llariga ega bo`ladilar. Vaqt o`tishi bilan mahalliy aholi bilan aralashib ketadialar. Eftalitlar asosan shaharlarda istiqomat qilishgan. Shu bilan birgalikda shahar madaniyati ham taraqqiy etib borgan.

Ilk o`rta asrlarda Buxora va Termiz diqqatga sazovor maskanlardan birigi aylangan edi. Buxoro maydoni 21 gektar bo`lib , bu mustahkam inshoatlar, hukmdor saroylari, turar joy o`rinlari o`rganilgan. Topilmalar ilk o`rta asrlarda Buxoro O`rta Osiyoning iqtisodiy-madaniy markazlaridan biri bo`lganini tasdiqlaydi. Buxoro o`sha davrda 7 ta darozaga ega yirik savdo markazlaridan biri hisoblangan. Termizda ham shaharsozlik rivojlangan bo`lib , uning atrofidagi Zartepa shahri ana shunday shaharlardan biri edi. Eftalitlar davrida hunarmandchilik ham rivojlangan. Ayniqsa kulolchilik, shishachilik, bo`zchilik, zargarlik, qurolsozlik kasb-hunarlari ravnaq topgan. Chochda yasalgan o`q va yoy “kamoni chochiy” nomi bilan mashur bo`lgan. Katta-kichik shaharlar soni ortgan. Ayrim manbalarga ko`ra Poykand eftalitlar poytaxti edi. Eftalitlar davrida dehqonchilik asosan sug`orma dehqonchilikka asoslangan . V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o`rtoqlashuvi kuchayadi va natijada sug`orma yerlarga bo`lgan talab ortdi. Kichik-kichik sug`orish kanallari qazib chiqarilib , minglab gektar yangi yerlar o`zlashtiriladi. Hozirgi vaqtda ham mavjud Zaxarik, Bo`zsuv, Darg`on kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik kanallardan biri bo`lgan. Toxariston va Sug`dda dehqonchilik bilan birgalikda bog`dorchilik ham rivojlangan. IV-V asrlar O`rta Osiyoning pul muomalasida sezilarli o`garishlar bo`lib o`tdi. Bu o`garishlar tangalar zarb etishning markazlashuvi va zarbxonalar paydo bo`lishi bilan bog`liq. Toxaristonda kushon tangalari va ularga taqlid qilib zarb etilgan tangalar . Butun V asr davomida Termizda mahalliy hukmdor tasviri tushirilgan mis tangalar zarb etilgan . Buxoro Sug`dida o`ng tomoni soqoldor hukmdorlar tasviri tushurilgan kumush va mis tangalar zerb etilgan Chag`ayonda shahanshoh Pero`z davridan boshlab juda ko`plab sosoniylarning kumush tangalari kirib keladi. Eftalitlar davrida chorvador aholi turkiycha so`zlashganligi sababli , turkey til tobora ko`proq yoyila boshlaydi. Bu davrda o`troq aholining katta qismi sug`diy tilda so`zlashar edi. Sug`d tili va yozuvi Yettisu , Farg`onadan o`tib Sharqiy Turkistonga qadar yetib boradi Eftalitlar yozuvi Baqtriya yozuvi asosida paydo bo`lgan.

Turkiy xoqonlik davri



VI asr ikkinchi yarmidan boshlab Janubiy Sibir va Shimoliy Mongoliya ya`ni , Oltoy hududlarida turkey qabilalar ittifoqi shakllana boshlaydi. Xalqlarimiz davlatchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etgan Turk xoqonligi hususida talaygina manbalar saqlanib qolgan. Turk atamasi paydo bo`lishi 542- yilga borib taqaladi. Turli manbalarda turklar “turk el”, “turk” , “turkash” ,”tukdus” , “tu-kyu”, “tu-kyut” kabi nomlar bilan tiga olinadi. Turk so`zi dastlab etnik emas ijtimoiy hususiyatga ega ma`noda kuchli, baquvvat, botir kabi ma`nolarni anglatgan. Turklarning kelib chiqishi to`g`risida turli afsonalar mavjud va bularga ko`ra turklarning kelib chiqishi Nuh payg`ambarga borib taqalsa, ayrimlarida ular o`n yashar bola va ona bo`ridan tarqalgan , ayrimlarida esa turk qabilasining ajdodlari Oltoyining shimoliy yon bag`irlariga joylashgan So viloyatidan kelib chiqqan bo`lib , bu yerdagi qabila boshlig`i Abanbu ularning ilk yo`l boshchisi edi. Manbalarga asoslangan holda Turk xoqonligining paydo bo`lishi 551-552 yillarga to`g`ri keladi. Avval turklarning Ashin urug`idan bo`lgan Asan va Tuu turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar. Tuuning o`g`li Bumin qo`shni Tele qabilasini o`ziga bo`ysindiradilar. Bumin boshchiligidagi qabilalar ittifoqi Oltoydagi o`zlari qaram bo`lib turgan jujan qabilalariga qarshi 551-yilda yurish qilib g`alaba qozonadilar. Turklar keyinchalik jujanlarga Anaguyni hoqon etib tayinlaydi va oqibatda jujanlar uning joniga suyqast uyushtirib Anaguyni o`ldiradilar. 551 –yilda Bumin Turk elining hoqoni etib tayinlanadi. Ammo 552-yil u to`saddan vafot etadi va uning o`rniga ukase Istami hoqon taxtga o`tiradi va natijada Istami O`rta Osiyo va Janubiy Sibirda o`z hukumdorligini o`rnatadilar . Bu paytga kelib turklarning ashaddiy dushmani bo`lgan jujanlarning kichik bir qismi Koreya va Shimoliy Xitoyga yana bir qismi g`arbga joylashib avarlar nomini oladi. Bumindan so`ng uning vorisi sifatida Mug`an hoqon Manjuriyadagi Mug`ul qabilalari kidanlarni va Yenisiy qirg`islarni bo`ysindirib, Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda Turk eli hukmronligini o`rnatdi. Turk xoqonligi o`sha davrdagi yirik davlatlar bo`lgan Vizantiya, Sosoniyla Eroni, Xitoy qabilalarining siyosiy va iqtisodiy munosabatlari tarkibiga qo`shilib Uzoq Sharqni O`rta yer dengizi mamlakatlarini bilan bog`lovchi savdo yo`li nazorati uchun kurash olib borgan. 576-yilga kelib Turk xoqonligi Manjuriyadan Kimmeriy Bosporigacha , Yeseney yuqori oqimlaridan Amudaryo yuqori oqimlarigacha cho`zilgan edi. VI asr 50-yillarining ohirlarida Istami xoqonga eftalitlarga qarshi harakatlar olib borish uchun qulay imkoniyat paydo bo`ladi. Eron shohi Xusrav I Anushervon eftalitlarga qarshi urushga chog`lanadi. Xusrav I siyosiy jihatdan o`zini o`nglab olgan Turk xoqonligiga qarshi ittifoq taklif qiladi. Ayni vaqtdaVizantiyadan foydalangan Eron eftalitlardan Toxariston , Chag`anion , Qobul atrofidagi yerlarni tortib oladi. 563-yilda turklar Choch vodiysiga bostirib boradilar. Keyinchalik Samarqand, Kesh, Naxshab egallanadi. Hal etuvchi jang Buxorada bo`ladi va eftalitlarning Gafitar boshchiligidagi qo`shini mag`lub bo`ladi. Keyinchilik turklar tezlik bilan eftalitlarning barcha yerlarini egalashga kirishadi. Eftalitlar mag`lubiyati natijasida bevosita ittifoqchilar o`rtasida kelishmovchiliklar paydo bo`ladi va bu savdo yo`li bilan bog`liq edi. Turklar O`rta Osiyo yerlarini egallagach Buyuk ipak yo`li katta qismining nazoratini o`z qo`llariga oladilar. Savdo yo`lida asosan Sug`dlar ipak bilan savdo qilishni nazorat qilishar edilar. Ipak matolarning asosiy haridori Vizantiya bo`lib ipak savdosi Sug`d savdogarlari va turk xoqonlariga daromad keltirar edi toki IV asr oxirlarida Sug`d , VI asrda Eron va Vizantiya o`z ipakchilik ishlab chiqarishining paydo bo`lmaguncha va natijada bu mahsulot sotilishi yanada qiyinlashadi. Xoqonlikning g`arbiy qismini boshqarib turgan Istami vva bosh xoqon Muqan savdodagi muommoni hal etish uchun Eronga elchilar yuboradi Eron shohi Xusravshoh ular olib kelgan ipak matolarning ko`z o`ngida yoqib tashlaydi, Keyinchalik savdo shartnomasi masalasida Turk xoqonligi elchilari Vizantiyaga yo`l oladilar. Vizantiya ham Eron kabi Sug`d ipaklarini yoqtirmaydi. Ammo, eroniylarga qarshi turklar bilan ittifoq tuzish niyati bore di. Shu tufayli Turk xoqonligi elchilari imperator saroyida izzat-hurmat bilan qarshi olinadi. Turk xoqonligi bilan Vizantiya o`rtasida Eronga qarshi ittifoq tuziladi. Eron shohi turklar hujumini diplomatic yo`l bilan bilan to`xtata olmaydi 569 –yilda turklar Gurgonni va bir necha boy shaharlarni egallab Sug`dga qaytadilar. Turklar Eronga ikkinchi marta yurishlari 588-589 –yillarga to`g`ri keladi. Turklarning Chur Bag`a xoqon boshchiligidagi qo`shin Xurosonga bostirib boradi va u yerda Baxrom Chubin boshchiligidagi qo`shinga duch keladi va mag`lub bo`ladi. 572-yil Muqan vafot etadi va ukasi Arslon To`ba taxtga o`tiradi. U mamlakat kuch-qudrati mustahkamlash uchun Xitoyning Tsi salatanati bilan shartnoma tuzadi. 581-yilda Arslon To`ba vafotidan so`ng ichki nizolar avj oladi. Aynan mana shunday vaziyat sharoitida turkiy shahzoda Abruy boshchiligida 585-586 –yillarda xalq harakati bo`lib o`tadi. Muhammad Nahshariy ma`lumot berishicha Abro`ning qarorgohi Poykanda bo`lib u boy zodogon va savdogar ustidan qattiq nazorat qilib borgan natija ular Turkiston va Taroz atrofiga ko`chib ketgan . Qochib borgan Turk xoqonligidan yordam so`raganlar va sarkarda Sheri Kishvar boshchiligidagi qo`shinlar qo`zg`olonni bostirib Abro`yni o`ldiradilar.

G`arbiy turk xoqonligi . Turk xoqonligi o`rtasida o`zaro kurashlar 20 yildan o`rtiq davom etadi va 603- yilda davlatning 2 ta g`arbiy va sharqiy qismlariga bo`linib ketishi bilan yakunlanadi. Sharqiy Turk xoqonligi Mo`g`iliston hududlari , G`arbiy Turk xoqoonligi esa Yettisuv , Chu vodiysi, Volga , Kubaning quyi qismi , Irtish daryosi bo`yidagi yerlar , O`rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismini o`z ichiga oladi. Xoqonlar Sheguy va To`n yabg`u (Tun Bahodir) davlatlarida G`arbiy Turk xoqonligi vaqtinchalik rivojlanish jarayoni boshidan o`tkazadi. To`n yabg`u G`arbiy xoqonlikni qishki qarorgohini Chu daryosi vodiysi, yozgi qarorgohini Isfijob yaqinidagi Mingbuloqga ko`chiradi. Tun yabg`u davridagi O`rta Osiyo davlatlari ustidan nisbatan qattiq siyosat bo`lgan va bu nazorat soliqlar bilan cheklanadi. Soliqlarni yig`ish juda qattiq nazorat ostiga olindi va To`n yabg`u nisbatan kuchli bo`lgan mahalliy hukmdorlar bilan shaxsiy munosabatlarini yaxshilashga urindi. Hattoki o`z qizini Samarqand hokimiga hotinlikga berganligi haqida ham faktlar mavjud. To`n yabg`uning bu siyosati talonchilik bilan boyigan qabila zodagonlariga yoqmaydi va bu mojorolarni bostirish maqsadida To`n yabg`uning tog`asii Ko`l Bahodir jiyanini o`zini Ko`l Elbilga xoqon deb e`lon qiladi. Lekin qabila boshliqlari boshqa odamdan umidvor bo`lganligi tufayli yana noroziliklar yuzaga keladi. 634-yilga kelib xoqonlik Sirdaryo g`arbidagi O`rta Osiyo mulklaridan ajrab qoladi va dulu va nushiba qabilalari o`rtasida o`zaro kurashlar avj oladi.

VII asrga kelib G`arbiy Turk xoqonligi zaiflasha boshlanadi va bo`linib ketadi. Vizantiyadan foydalalanib Xitoyning Tan imperiyasi Yettisuvga bostirib keradi. Bosqinchilik uzoq vaqt davom etadi VII asr oxiriga kelib xoqonlik o`zini tiklaydi va xitoyliklar vakili Xusrav Bo`rishodni haydab yuboriladi. Turk xoqonligining oliy hukmdori hoqon unvoniga ega bo`lgan. Xonni taxtga o`tkazishni o`ziga yarasha marosimlari bo`lgan. Amaldorlar xonni kigizga o`tkazib quyosh yurishi bo`ylab 9 marta aylantirganlar, ishtirokchilar uni qo`llab quvvatlaganlar So`ngro xonni otga o`tkazib bo`yniga ipak mato `o`rab undan necha xon bo`lishini so`rashgan va shuncha vaqtdan keyin taxtidan ketgan. Xoqondan keying o`rinda turuvchi shaxs yabg`u(Bahodir) bo`lib , bosh sarkarda hisoblanadi. Lekin taxtga merosxo`rlik qila olmas edi . Taxt merosxo`ri tegin deb yuritilgan va asosan akadan ukaga, amakidan jiyanga meros bo`lib o`tadi. Manbalarga ko`ra xoqonlikda 5 ta oliy mansab mavjud bo`lib exu(yabg`u) , she(shod), dele(tegen), salifa(eltabar), tutunfa(tudun) kabilar mavjud bo`lib meros bo`lib qoladi.

Turkiy xoqonlikda ma`lum darjada qonunga e`tibor yuqori bo`lgan . Sodir etilgan jinoyat uchun asosan qatl etishm odam a`zolarini kesib tashlashm zararni to`lash, tovon undirib olishdan iborat. Madaniy hayot . Hunarmandchilik va savdo-sotiq o`z davrida Turkiy xoqonlikdagi rivojlanayotgan edi . Buyuk ipak yo`lidagi xalqaro aloqalar bunga turki bo`ldi va dehqonchilik vohalari va dasht qabilalari o`rtasidagi madaniy aloqalar kuchaydi. O`rta Osiyo turkiy xoqonlik tarkibiga kirgan davrdagi moddiy madaniyati o`zida mahalliy o`troq xalqlar va ko`chmanchi turklarning mushtarakligini aks ettiradi . Ularning umumiyligi qurol-aslaha , zeb-ziynat, buyumlarning o`xshashligida aksini topgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra bunday umumiylikga O`rta Osiyo shahar va qishloqlari hamda turk xoqonlari manfaatlarining umumiyligi bilan bog`liq edi. Turkiy xoqonlik davrida O`rta Osiyoo xalqlari zardushdiylik , buddaviylik, nasroniylik, moniylik, shomon kabi dinlarga e`tiqod qilishgan bo`lsalarda diniy qarashlarda zardushtdiylik yetakchi o`rinda turar edi.

Bu davrda ulkan hududlarda yashagan turli xalqlarning til va yozuvlari bir-biriga ta`sir o`tkazgan . Arab yozuviga qadar turk-runiy, uyg`ur, money, sug`d , braxma, kxaroshtiy, xorazmiy va suryoniy yozuvlari mavjud bo`lgan. Sug`d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida yozuvlari bor edi. Sug`d va Xorazm yozuvlari oromiy yozuvi asosida paydo bo`lgan bo`lsa, bu yozuvlar asosida toxariston yozuvi paydo bo`ldi. Sug`d yozuvi keng tarqalgan bo`lib ish yurutishda , savdo va madaniy aloqalarda katta ahamiyat kasb etgan va qadimgi uyg`ur , mug`ul va manjurlar yozuvlari paydo bo`lishiga asos bo`lgan. Bu davrda Xorazmdagi mahalliy yozuv keng tarqalgan va amalda bo`lgan. Tuproqqal`adan shoh arxivlarining topilishi bunga misol bo`ladi . Boy bezaklar, spool, metal idishlar, devoriy suratlar , kiyimlardagi tasvirlar bu yerda tasviriy san`atning rivojidan dalolat beradi. O`rta Osiyoning Turkiy xoqonligi tarkibida bo`lishi o`sha davr tarixi , ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot uchun muhim ahamiyatga ega edi. Turkiy xoqonligi juda katta hududlardagi turkiy qabilalarning birlashuvi va jipslashuviga keng imkoniyatlar yaratib, O`rta Osiyodagi turkiy xalqlar shakllanishiga asos bo`ldi. Turkiy xoqonligi va G`arbiy turkiy xoqoligining qudratli va ko`chmanchilarga hos shiddatli harbiy tashkiloti, sug`dlarning bevosita aralashuvi tufayli olib borgan diplomatic siyosati Xitoy, Vizantiya va Eronning O`rta Osiyo ilk asrlari davri xalqlariga nisbatan olib borayotgan tajovuzkorlik siyosati yo`liga mustahkam to`siq qo`ydi.



O`rta Osiyoda arab bosqini . Islom dinining yoyilishi.

Tarix zarvaraqlarida o`chmas iz qoldirgan davlatlardan biri Arab xalifaligidir . Bu davr O`rta Osiyo , Eron , Afg`oniston, Yaqin va O`rta Sharq , shimoliy Hindiston, Pireney yarim orali va shimoliy Afrika xalqlari uchun ijtimoiy,iqtisodiy , madaniy taraqqiyoti uchun xizmat qildi. Islom dinining vatan Arabiston yarim oroli bo`lib . arablar semit qabilalari guruhiga mansub asosan ko`chmanchi chorvachilik bilan hayot kechirganlar . Ko`chmachilar buddaviylar deb yuritilganVohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug`ullangan . Dengiz bo`ylari , vohalarda shaharlarda qad rostlagan bo`lib , ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko`radigan aholi yashar edi. VI asrning ikkinchi yarimi VII asrning birinchi yarimidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang bo`lgan . Urug`-aymoqchilik munosabatlari endigan shakllana boshlab , feudal munosabat bilan qo`shilib ketgan edi Asosiy savdo yo`llarining bu hududdan o`tishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfatdor edi . Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar va o`zaro qabilaviy kurash oqibatida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar, xonavayronchilik avj olgan edi. “Islom” so`zi arabcha bo`lib “ xudoga o`zini topshirish” , “Itoat” , “Bo`ysinish” ma`nosini bildiradi. Shu jumladan islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik(yakka hudolik) dinlardan biri hisoblanadi. Afrika qit`asidagi Marokash , Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlari xalqlari, Habashiston, g`arbiy Sudan aholisining bir qismi, Suriya, Iroq, Turkiya Afg`oniston , Xitoy aholisining bir qismi islom diniga e`tiqod qilishadi. Aholisi mutloq musulmonlardan iborat 39 mamlakat, aholisining yarmi musulmonlardan iborat 49 mamlakat o`zlarini musulmon mamlakatlari deb ataydilar. Ularning ayrimlari (Mavritaniya, Eron, Pokiston, Kamar orollari) mamlakatlarining nomiga islom so`zi qo`shib aytiladi.



Islom madaniyati Osiyo va Afrika qit`asida o`z izini qoldirdi. Bunga avvalo arab tili va yozuvining keng tarqalishi , islom mafkurasi zaminida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzi hukmronligi , ijtimoiy hayotning turli sohalari shariat tomonidan nazorat etilishiga imkon berdi. Islom dini mafkurasi ko`pchilik xalqlarga yangicha marosim marosimlar, eski urf odatlarning yo`qolmasdan islom yo`nalishida shakllandi. Musulmonlar madaniy merosi milliy ozodlik harakati va rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun kurash jarayonida asosiy masalalardan biriga aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi.

Islomning paydo bo`lishi tarixi arab qabilalari o`rtasida hukmron bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va ularning diniy-g`oyaviy hayoti bilan tanishishni taqozo etadi. Arabiston yarim oroli geografik jihatdan ko`p yillardan buyon noqulay sharaoitlarga ega joy hisoblanadi. Noqulay iqlim sharoiti , qum sahrolari va tog`lardan iborat . Aholisi V-VI asrlarda ko`chmanchi chorvarchilik bilan shug`ullangan bo`lsada, og`ir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatdan orqada qolgan, hali urug`chilik , qabilachilik tuzumida edilar. Hozirgi Saudiya Arabistoni hududining G`arbiy qismi Hijoz deb ataladi. Qadimgi Hijozning asosiy markazi Suriya va Yaman savdo yo`llari bir-biri bilan bog`lab turuvchi shahar Makka bo`lib kelgan. Bu yerning ham diniy , ham iqtisodiy markaz sifatida shakllanishida Ka`ba (Baytulloh- Allohning uyi) katta ahamiyat kasb etgan. Hadislardan ma`lum bo`lishicha Baytulloh yer ustiga bino bo`gan jog`ida Alloh taoloning amri ila “Hajar al-as`ad” toshi jannatdan keltirilgan. Baytullohni tavof qilishda boshlash o`rni belgilanishi uchun uni kun chiqish do`qmishiga qo`yishgan. Jannatdan yangi chiqgan chog`ida o`z nuri bilan butun Haram xududini ya`ni Makka shahri atrofini yoritar edi. Fatorat zamonlarida , ikki payg`mbar orasi uzoqlashib , din yo`lidan xalqlar adashgan davrlarda ham Baytullohni tavof qilish odat mavjud edi. Lekin ularga Baytullohning hurmat-odoblarini o`rgatishga din olimlari qolmaganliklaridan , arablar o`z so`yganlaricha tavof qilar edilar. G`usl, tahorat, satri-avrat kabi diniy ishlarni xalq unutgan edi. Shu sifatlik arab mushriklari , tahoratsiz er-xotinlar tavof qilganlarida, odatlari bo`yicha Hajar al-as`adga yuz-ko`z, qo`llarini surtishar edilar. Mana shu beodobchilik kasofatiga qolib ketib, bu muborak toshdan ilgarigi yorug`lik nuri ko`tarildi va qora tosh “Hajar al-asvod” nomi ham ko`tarildi. Mintaqada yashovchi arablar Ibrohim alayhissalom dini ta`limotiga e`tiqod qilganlar va o`zlarini “ hanif” lar (arabcha, “to`g`ri yo`l” ) deb ataganlar. Yillar o`tib makka ahli yakkaxudolik ta`limotini unutib, yulduz, farishta, sanamlarga sig`ina boshlaganlar. Farishtalar Hudoning qizlari sifatida e`tirof etilgan .Ayni shu jarayon islom tarixida “johiliya davri” deb ataladi. “Johiliya” so`zi arab tilida bilimsizlik, nodonlik ma`nolarini bildiradi. Islomdan avval arablar orasida “al-Vasaniya” – ko`p xudolik hukm surib, ular yakkaxudolik e`tiqodidan bexabar bo`lganligi sababli bu davr “johiliya “ deb atalgan. Shu bilan birgalikda o`sha davrda norasida qizlarni tiriklaryin ko`mish, mayxo`rlik va boshqa axloqiy buziqliklar keng yoyilgan. Tadqiqotchilar fikricha johiliya davri 150-200 yil davom etgan lekin bu hech qaysi manbalarda aniq belgilanmagan . Arabistonda har xil hudolar timsollari – sanamlar qachon paydo bo`lgani haqida muayyan tarixiy ma`lumot mavjud emas. Ba`zi tarixchililar habar berishicha , Arabistonga birinchi bo`lib sanam keltirib va unga ibodat qilishni boshlab bergan Amr ibn Luhay ismli shaxs bo`lgan . U Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Shomda esa budparaslik , turli sanamlarga sig`inish odatlari ancha avval shakllanib ulgurgan edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo`lib, ular ziyoratgohlar sifatida ma`lum edi. Makka Arabistonning diniy markaziga aylangandan so`ng Ka`ba sanamlar to`plangan joyga aylanib qolgan. Islom arafasida budparaslik avj olayotgan va har bir honadonning o`z sanami bo`lgan.Makkada Hubal bosh iloh hisoblangan. Manot, Lot, Uzzo kabi ilohlarga ham sig`inishgan. V-VI asrlarda Makkada Quraysh nomli arab qabilasi hukmron bo`lgan, ularning yuqori tabaqasi savdo-sotiq ortidan boyib ketgan edi. Shuningdek quldorlik tizimi mavjud bo`lib , qul savdosi ham rivojlanib ketgan edi.

Islom dini payg`ambari Muhammad (s.a.v) hayotlari haqida gapirar ekanman. Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdul-Muttalib ibn Hoshim ibn Abdumanof alayhissalom Arabiston tarixidagi “Fil voqeasi” nomi bilan mashhur jangdan 50 kun o`tib tavallud topganlar. Ko`pchilik tarixchilar fikricha bu sana milodiy 571 yilga to`g`ri keladi . Otalari Abdulloh o`z o`g`li Muhammad tug`ilmasidan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasribda(hozirgi Madina shahrida) vafot etganlar. Onalarining ismi Omina bint Vahb edi. Manbalarda Payg`ambarimiz alayhissalomning tavalludi bilan bog`liq ko`p mo`jizalar ro`y bergani qayt etiladi. Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) tavallud topgan kechada Baytullohdagi barcha budlar yuztuban yiqilgan, ona qornidan yerga tushgan chog`larida bir nur paydo bo`ldi, uning yorug`ligidan Shom viloyatidagi Busro degan shaharning saroylari ko`rinar edi. Makka shahri bilan orasi 50 kunlik yo`l edi. Hozirgi Eron xalqi u zamonlarda hammalari otashparastlar edi. Tutgan dinlari esa majusiylar dini – o`tparastlik edi. Bularning ibodatxonalaridagi ming yillab , uzun zamonlardan beri o`chmay , yonib turgan hisobsiz o`tlari ham o`chib qolgan edi o`sha kecha. Yana o`sha mamlakatda Sova degan ko`l bore di, o`sha kechada yerga singib, Samova degan cho`ldan qaynab chiqdi va shu kabi ko`plab mo`jizalar sodir bo`lgan. Ko`p yil o`tmay payg`ambarimiz onalari vafot etadilari. Avval bobolari so`ngra amakilari Abu Tolib qo`lida tarbiyalanadilar. Payg`ambarimiz 25 yoshlarida beva ayol bo`lmish Hadichaga uylanadilar. Muhammad (s.a.v) 610 – yili Makkada yakka hudoga e`tiqod qilishni targ`ib qiladilar. Dastlab oz kishi bu targ`ibot izidan boradilar. Shu bilan birgalikda Qurayishliklar va Makkani siyosiy hokimiyatidagi zodogonlarning ko`pchiligi bu targ`ibotga qarshi kurash olib borishadi. Mamlakatda ahvol jiddilashgach , Payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) Makkadagi Aus va Hazraj nomli qabilalarning vakillari bilan Madinaga ko`chib ketadilar. 622 yili yuz bergan bu ko`chish natijasi hijriy yil hisobi paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Makkaliklar va madinaliklar o`rtasida bir necha jang bo`lib o`tgan. Bu jangler musulmonlarning g`alabasi va Madinada o`z mavqeini mustahkamlash bilan tugadi. 628 yili payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v) 1500 ga yaqin musilmonlar bilan haj mavsumida Makkaga yo`l oldilar . Bundan havotilangan ummaviylar rahbarlari Abu Sufyon bilan birga Makkadan uzoqroqdagi Hudaybiya vodiysida ularni to`xtadilar va “hudaybiya sulhi” tuziladi, qasam ichiladi, qasam “ bayxa” deb ataladi. 630-yili Madina qo`shinlari Makkani qarshiliksiz egallaydilar. Natijada Islom Arabiston yarim orolining hukrom diniga aylanadi. Muhammad (s.a.v) 632 –yili iyun oyida hijriy taqvim bo`yicha 63 yoshda Madinada vafot etadilar. Bu davrlarga kelib anchagina mustahkamlangan musulmonlar davlati vujudga kelgan va bu davlat Yamandan Sino yarim oroligacha , Qizil dengiz sohillaridan markaziy qum sahrolarigacha cho`zilgan katta hududni o`z ichiga oladi. Muhammad (s.a.v) vafotlaridan so`ng xalifalar davlatni boshqaradilar va shu munosabat musulmonlar davlati o`zining bundan keying tarixiga “Arab xalifaligi” deb nom beradi. Hokimiyat uchun kurash avj olish jarayon paydo bo`lgan edi. Bu kurashda muhojirlar guruhi g`alaba qozonadi va Muhammad (s.a.v) ning qaynotasi , Oishaning otasi Abu Bakr xalifa deb e`lon qilinadi. Abu Bakr humronligi davrida Madina hukmronligiga qarshi o`z mustaqillik harakatlari sodir bo`ladi. Bu harakat tarixiy manbalarda “ar-ridda” deb nomlanadi. Islom tarixida Madina hukmronligiga qarshi harakatlar “islomdan chiqish”, “dindan qaytish” deb ta`riflanadi. Halifa Umar davrida istilolar yanada kuchayadi. 634 yili Basra, 633-yili Damashq, 640-yili Quddus va Falastin , Suriya yerlari to`la ravishda halifalik qo`liga o`tadi. Keyingi halifalar Usmon va Ali zamonlarida ham istilolar davom etadi. Kavkaz va Turon tomonga yurish kuchayadi. Qisqa vaqt ichida Gruzin, Ozarbayjon , Eronning shimoliy qismi , Huroson, Mavr yerlari arab qo`l ostiga o`tadi va halifa qo`shinlari Amudaryo sohillariga chiqadi. Shunday qilib 30 yildan ozroq vaqt ichida arab halifaligi o`sha zamonda eng katta imperiya bo`lgan Vizantiyaga nisbatan ham katta hududni bosib oladi, sosoniylar imperiyasi barham topadi.

O`rta Osiyo xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi bilan kalom, ya`ni islom falsafasini va diniy talablarini bajarishda arab tilim ustuvorligi o`rnatilgan. Ilm-fan, falsafa va madaniyatda arab tili ta`sir doirasi kuchayadi. Mahalliy xalqlar islomdan oldin o`z ona tillarida yozuvni , marifat-madaniyatini, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq bo`lganlar. Islom esa yanada shakllanishda katta hisa qo`shdi.

Qur`oni Karim ilohiy kitob bo`lib, u farishta Jabroil alayissalom tomonidan Muhammad (s.a.v)ga nozil etilgan. Bu muqaddas kitob yer yuzidagi musumonlarning dasturlamali, diniy ahkomlar manbaidir. Qur`oni Karim sahifalari bir kitobga jamlash halifa Abu Bakr davrida boshlanib halifa hazrati Usmon davrida yakunlangan va to`rt

nusxada ko`chirilgan. Ana shu ko`chirilgan dastlabki nusxalardan biri Movarounnahr musulmonlari diniy idorasida saqlanib kelingan , hozirda esa buyuk bobokalonimiz nomi bilan bog`liq Toshkentdagi Temuriylar davri muzeyida saqlanadi.



Movarunnaxrda hijriy yilning 100 yilida (719 yil) arab hokimiyati tugaydi degan gap-so`zlar tarqala boshlaydi. Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi 720-yil Sug`d aholisi bosh kutardi . Qo`zg`olonga Samarqand ixshidik G`urak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qildilar. Sug`dlarga yordam berish uchun Turkiy xoqon shaxzoda Ko`rsul boshchiligidagi turkiy lashkarni Samarqandga yuboradi va Sug`ddagi qo`zgolon umumxalq qo`zg`oloniga olib keladi. Arablar qo`zg`olonni bostirib Xuroson noibi Sayid ibn Abdulaziz bu qo`zg`alonni bostira olmaydi. 721-yil Xalifa Yazid ibn Amdumalikning tavsiyasi bilan Xuroson noibi etib Said ibn Amir al-Xaroshiy tayinlanadi. U Iroqdagi xalq qo`zg`olonini bostirishda o`z shavqatsizligi bilan nom chiqargan edi. Said al-Xaroshiy qo`zg`olonchilar bilan olib borgan muzokaralar natijasida G`urak boshliq zodagonlarning bir qismi arablar tamoniga o`tib ketadi. Qo`zg`olonchilardan bir qismi esa kurashni davom ettirishni lozim ko`radilar. Arablar 400 ta boy savdogarlardan boshqa hamma Sug`d qo`zg`olonchilarini qirib tashladilar. Movarounnarxr aholisini tinchlashtirish va arab hokimiyatini mustahkamlash uchun Xuroson noibi islom dinini qabul qilganlarda hiroj va jizya solig`i olishni bekor qiladi. U islom dinini keng tarqib qilib, chegarlarga istehkomlar quradi va chegarani mustahkamlaydi . Lekin vaqt o`tib g`aznadagi daromad kamayib ketadi va zodogonlar shikoyati tufayli hiroj qayta tiklanadi. Vaqt o`tib Samarqanda 700 sug`dliklar hiroj to`lashdan bosh tortadilar. Ular shahardan 7 farsax nariga o`tib, qarshilik uchun tayyorgarlik ko`rishadi. Abu Saidni xiyla ishlatib Samarqanddan tashqariga chaqirshida shu zahodi zindonband etishadi. 733-734 –yillar Zarafshon vohasidagi qirg`ochlik , mustamlaka zulmining kuchayishi , hammasi bir bo`lib Movarounahrdagi norozilikning yanada avj olishiga olib keladi . Norozilik arab xarbiyliylari va qisman zodagonlar ichida ham kuchaya boshlaydi. Shu paytda xorijiylar harakati va mafkurasi yanada keng tarqala boshlandi. Xorijiylar shiyalar guruhidan VII asr oxirida ajralib chiqqan bo`lib bu so`zning ma`nosi qo`zg`olonchilar degani edi. Xorijiylar ta`limotiga ko`ra musulmonlar-zimmiylar (boshqa dindagilar) ustididan hukmron bo`lishi kerak edi. Movarounnahr Xorijiylar harakatiga shu paytda Xoris ibn Suraij boshchilik qilib, tezda shuhrat qozonadi. U Samarqand va Dabusiyadagi Abu Sayid tarafdorlarini o`z qo`li ostida to`playdi. Xoris Ummaviy xalifalarni islomga rioya etmaslikda ayblab, butun Xuroson va Marv aholisini xiroj va jizyadan ozod qilishni talab etdi. Kesh xalq ommasiga tayanib Xurosonning shimoliga yurish qiladi. Uning qo`shini tarkibida Xuttalon shaxzodasi Sabil , qarluk yabg`usi va Abu Fotimi guruhi bore di. Norozi xalq Xurosonga yangi noib Osim ibn Abdulloxni tayinlaydi . Xoris qo`shinlari Xurosonning katta qismini egallab , Osimni chekinishiga majbur qiladi. Arablar iqtisodiy hayotini o`z qo`llaridan chiqarmaslik maqsadida olingan hududlarda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar.

  1. Qavonin yoki mukati`a – mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig`in

  2. Makosima – xosilning ma`lum ulushi miqdorida to`langan . Uning hajmi sug`orishga bog`liq

  3. Misoxa – yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo`lib, undan ekin ekilishi yoki ekilmasligiga qarab belgilangan.

Bu soliqlar tizimiga xiroj (xosilning o`ndan bir yoki o`ndan ikki qismi miqdorida) , chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot(qirqdan bir qismi ) hamda islomni qabul qilmaganlardan jiz`ya solig`i ham qo`shilgan.
Download 31.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling