Iqtisodiyot fakulteti makroiqtisodiyot kafedrasi yashil iqtisodiyot fanidan


Download 66 Kb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi66 Kb.
#1225344
  1   2
Bog'liq
yashil oxirgi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
MAKROIQTISODIYOT KAFEDRASI
YASHIL IQTISODIYOT FANIDAN


ILMIY MAʻRUZA

Mavzu: Organik qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash
Bajardi: Iqtisodiyot yoʻnalishi IU-19/B guruh talabasi
Turkmanova Muhayyo

Toshkent-2022
ORGANIK QISHLOQ XOʻJALIGINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASH

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti


Iqtisodiyot fakulteti talabasi,
Turkmanova Muhayyo Mengqobil qizi


Annotatsiya
Ushbu maqolada organik qishloq xoʻjaligi atamasining mohiyati, uning qanday asosiy vazifalarni bajarishi,organik qishloq xoʻjaligini amalga oshirishda qoʻllanadigan asosiy prinsiplar koʻrib chiqilgan. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblangan dunyo aholisining ortib borishi va isteʻmolga boʻlgan talab yanada oshib borayotgani, cheksiz ehtiyojlarni qondirishda, cheklangan resurslardan oqilona foydalanib, atrof-muhitga, insoniyatga,biologik xilma xilliklarning yoʻqolib ketmasligiga kimyoviy jihatdan xavf solmaydigan muqobil usullarni qoʻllash zarurligi keltirib oʻtilgan. Ushbu fenomenning jahon tajribasida hamda Oʻzbekiston hududidagi holati tahlil qilinishi natijasida muammoni samarali hal etishda organik qishloq xoʻjaligini amaliyotga joriy etishning muhimligi koʻrsatib berilgan.
Kirish
Insoniyat yaralgan hozirgacha oʻz ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Bu jarayonda tabiiyki cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanadi. Insoniyatning bu faoliyati natijasida atrof-muhitga sezilarli darajada salbiy taʻsir koʻrsatishi shubhasiz. Agar iqtisodiyotning ishlab chiqarishdan boshlab isteʻmolgacha boʻlgan fazalari yaxshi rejalashtirilsa, atrof-muhitga boʻladigan zararlarni kamaytirishning imkoni bor. Bu borada bir qancha kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarni bajarish zarur boʻlib,bulardan biri organik qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hisoblanadi.
Organik qishloq xoʻjaligi va uni rivojlantirish boʻyicha uzoq xorij va mamlakatimiz olimlari bir qancha ilmiy izlanishlar olib borishgan. Masalan Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T. larning Yashil iqtisodiyot darsligida, A.M.Litterick va C.A.Watson "Oʻsimliklar ensiklopediyasi" 2017-yildagi ikkinchi nashrida organik qishloq xoʻjaligining mohiyatini keng yoritib berishgan. Bundan tashqari G.Abdunazarova, S.Sodiqova ilmiy maqolalarida qishloq xoʻjaligini nima uchun aynan organik qishloq xoʻjaligi bilan rivojlantirish kerakligini aytib oʻtishgan.
Hozirgi kunda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari reklama qilinganida “ekologik toza mahsulot” jumlasiga koʻzimiz tushadi. Shu o‘rinda oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi? Ekologik toza mahsulot nima-yu, toza boʻlmagani nima? Ularni isteʻmolchi bir-biridan qanday ajratib ololadi? Ekologik toza mahsulotning afzalliklari nimadan iborat?
Ekologik toza mahsulotning sinonimi organik mahsulot deb ataladi. Organik mahsulotlar deyilganda organik soʻzi “cheklangan“ maʻnosini anglatib, qoʻshimcha mineral oʻgʻitlarsiz, zaharli ximikatlarsiz va boshqa texnogen taʻsirlarsiz mahsulot yetishtirish yoki tabiiy toza xomashyolardan olingan, zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan mahsulotlardir.
Agar biz oʻzimizdan keyingi avlodlar hayotini asrashni, energiyani saqlashni, suv sifatini yaxshilashni, tabiiy biologik xilma xilliklarni asrashni, sof tabiiy mahsulotlarni isteʻmol qilishni xohlasak, organik qishloq xoʻjaligi dunyo amaliyotiga tadbiq etishni yanada tezlashtirishimiz zarur.
Organik qishloq xoʻjaligi tabiiy muvozanatni buzmasdan sogʻlom mahsulotni ishlab chiqarish, insonlarning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojlarni qondirishning yangi usuli sifatida 1920-yildan keyin paydo boʻldi.
Organik dehqonchilik tuproq tirik tizim degan fikrga asoslanadi, shuning uchun tuproq salomatligi va unumdorligini saqlash uchun almashlab ekishga, tabiiy oʻgʻitlar, oʻsimlik qoldiqlari, yashil oʻgʻitlar hamda zararkunandalar va kasalliklarga qarshi biologik kurashga tayanadi. Organik dehqonchilikning atrof-muhitga taʻsiri past va degradatsiyaga uchragan qishloq xoʻjaligi yerlarini tozalash va yaxshilash usuli boʻlib hisoblanadi.
Organik qishloq xoʻjaligi - bu agro ekotizim, shu jumladan biologik xilma-xillik, biologik sikllar va tuproqning biologik faolligini rivojlantirishga yordam beradigan ishlab chiqarishni boshqarish tizimidir. Bu tabiiy resurslardan foydalanish va sintetik oʻgʻitlar va pestitsidlardan foydalanishdan voz kechishdir.
Organik qishloq xoʻjaligining asosiy vazifalari:

  • organik qishloq xoʻjaligi tizimida biologik xilma-xillikni oshirish;

- tuproqning biologik faolligini oshirish;
- uzoq muddatli istiqbol uchun tuproq unumdorligini oshirish;
- qayta tiklanmaydigan resurslardan minimallashgan holda ozuqaviy moddalarni tuproqqa qaytarish uchun oʻsimlik va hayvonlar chiqindilaridan qayta foydalanish;
- mahalliy qishloq xoʻjaligida qayta tiklanadigan manbalardan foydalanish;
- tuproqni, suvni va havoni muhofaza qilish, shuningdek qishloq xoʻjaligining faoliyati natijasida ifloslanishning barcha shakllarini minimallashtirish;
- qishloq xoʻjaligining mahsulotlarini organik yaxlitligini va hayotiy xususiyatlarini saqlab qolish uchun ehtiyotkorlik bilan qayta ishlashga koʻmaklashish;
Organik qishloq xoʻjaligi quyidagi asosiy prinsiplarga muvofiq qoʻllaniladi:
- ishlab chiqarishda sintetik kimyoviy moddalardan foydalanilmaydi
- kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda biotexnik, biologik va mexanik usullarni qoʻllanadi
- Tuproq unumdorligini oshirish uchun faqat tabiiy moddalarni ishlatiladi
- Tabiiy resurslarning yoʻq boʻlishiga olib kelmasdan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqariladi.
Hozirgi kunda olingan maʻlumotlarga koʻra Gʻarbiy Yevropada-jumladan, Gollandiya, Daniya, Belgiya, Germaniyada 1 gektar haydaladigan yerga 400-600 kg. mineral oʻgʻit berilsa, Belorusiyada bu koʻrsatkich 280 kg/ga.dan oshmaydi. Belarusiyada 2006 yilda oʻrtacha har bir gektar yerga 185 kg/ga. mineral oʻgʻit qoʻllanilgan. 1990 yillarda juda koʻp maydonlarda pestitsidlar umuman qoʻllanilmagan. Ikkinchidan Belorusiyaning intensiv texnologiya asosida dehqonchilik olib borayotgan xoʻjaliklarida hosildorlik vaqtinchalik yuqori boʻlgan boʻlsada, keyinchalik tushib ketgan. Statistik maʻlumotlarga qaraganda, Yevropada ekologik toza qishloq xoʻjalik mahsuloti narxi odatdagiga qaraganda 20% dan 100% gacha yuqori narxda sotilib boshlangan. Rossiyaning bir viloyatida 80 yillarda 16 ta xoʻjalik don yetishtirishda pestitsidlarni qoʻllashdan voz kechishgan va natijada eng kam mehnat xarajatlari hisobiga viloyatda eng yuqori don hosil olishga erishganlar. Organik qishloq xoʻjaligi hisobiga AQSHda (Vashington shtati) bitta fermer 5 yil davomida oʻrtacha 45 s/ga.dan bugʻdoy hosili olgan. Ushbu fermer xoʻjaligining yonidagi pestitsid va kimyoviy oʻgʻitlar qoʻllagan fermerlar 39,9-49,0 s/ga. hosil olgan. Shu bilan bir qatorda ushbu fermer xoʻjaligida tuproq eroziyaga kam uchragan.1
Oʻzbekistonda ham organik qishloq xoʻjaliginj rivojlantirish boyicha bir qator tizimli ishlar ishlab chiqilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-fevraldagi 126-F sonli farmoyishi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 24-apreldagi 122-sonli buyrigʻiga asosan 2017-yilning 22-23-avgust kunlari Toshkent shahrida va 24-avgust kuni Samarqand shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy osiyoda organik qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning ilmiy va institutsional asoslari“ mavzusidagi xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad respublikamizda xalqaro tajribalarga muvofiq qishloq xoʻjaligining yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish uchun ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik toza, raqobatbardosh “Oʻzbekbrendi“ ostida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berishga hisoblanadi.
Maʻlumki, qishloq xoʻjaligida soʻngi yillarda kimyoviy vositalar pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlar va boshqa shunga oʻxshash noorganik moddalarni meʻyoridan ortiqcha qoʻllanishi mahsulot sifatiga taʻsirini sezilarli ravishda oʻtkaza boshladi. Bu esa oʻz navbatida mahsulotni sifatini buzilishiga olib kelishi bilan ekologik toza mahsulot yetishtirish talablariga mutlaqo javob bermaydi. Organik qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning asosiy maqsadi ham qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi kimyoviy moddalarni kamaytirib insoniyatga zarar yetkazmaydigan ekologik toza mahsulotlar yetishtirishdir.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki organik dehqonchilik sohasini rivojlantirishga eʻtibor qaratilsa natijada dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari sifati yaxshilanadi tuproq unumdorligi koʻtariladi, madaniyligi yaxshilanadi oʻz navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotini yaxshilashga imkon beradi.
Qishloq xoʻjaligi tarmogʻi Oʻzbekiston iqtisodiyotining asosini tashkil qilganligi sababli, uni organik qishloq xoʻjaligi asosida tashkil qilish, rivojlantirish, jahon bozorlarida sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etishga imkoniyat yaratadi. Respublikamizda ham bu borada bir qator salmoqli ishlar bajarilishi koʻzda tutilgan. Misol uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Yashil iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi“da qishloq xoʻjaligini organik qishloq xoʻjaligiga moslab rivojlantirish toʻgʻrisida bir qancha ishlarni bajarish vazifasi qoʻyilgan. Bu vazifalarni bosqichma-bosqich bajarish natijasida insonlarning hayotiga xavf solishi mumkin boʻlgan salbiy jarayonlarning oldini olish mumkin boʻladi.



Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling