«Iqtisodiyot» fakulteti «Menejment» kafedrasi


Download 63.2 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi63.2 Kb.
#1832153
  1   2   3   4   5



O`ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNОLОGIYA INSTITUTI
«Iqtisodiyot» fakulteti
«Menejment» kafedrasi
«Mehnatni ilmiy tashkil etish» fanidan

Bajardi: 23u-20 guruhi talabasi


Tursunov.S.
Qabul qildi: __________________.

Namangan
Dastgohlardan foydalanish samarasini oshirish


Reja:
1. Dastgohlardan foydalanish samarasi, tayyorlash bo’yicha texnik talablar, qo’llaniladigan materiallar va xomashyo turlari.
2. Mexanik ishlov berish jarayonining ketma-ketligi va bajarish tartibi.
3. Dastgohlardan foydalanishni samarasini oshirishni nazorat qilish.

Pog’onali vallar mashina va mexanizmlarda eng keng tarqalgan detallar bo’lib, burovchi momentni va aylanish xarakatini ularga o’rnatilgan tishli g’ildiraklar yordamida uzatish vazifasini bajaradi.


Aylanuvchi vallar mexanizmlarning qutisimon detallariga sirpanish yoki dumalanish podshipniklari orqali o’rnatiladi. Pog’onali vallarni ishlov berilgan yuzalarining xizmat vazifalari va shakllari turli xil. Bu tekis tsilindrik aylannish o’qiga ega bo’lgan oddiy va yuqori aniqlikdagi yuzalar, shlitsa yoki shponka uyali yuzalar, rezpbali, bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishdagi teshikli yuzalar, flanetsli qismlar va boshqalar. Ushbu xil yuzalarning barcha turlari dastgoh shpindellarida mujassamlashgan. Shuning uchun pog’onali vallarni tayyorlash texnologik jarayonini o’rganishni tokarlik dastgohining shpindeli misolda olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dastgohlardan foydalanish samarasi, tayyorlash bo’yicha texnik talablar, qo’llaniladigan materiallar va xomashyo turlari
Shpindel metall kesish dastgohining eng ma’suliyatli detallaridan biri hisoblanadi. Dastgohda tayyorlanayotgan detallarning aniqligi shpindelni qay darajada aniq tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Shpindel ishlov berilayotgan detalning yoki kesuvchi asbobni aylanma harakatga keltirish uchun xizmat qiladi. Texnologik nuqtai nazardan dastgoh shpindellarini tuzilishini asosan uch ko’rinishga bo’lish mumkin.
Birinchi a) ko’rinishdagi shpindellar jilvirlash dastgohlarida qo’llaniladi. Ikkinchi b) ko’rinishdagi shpindellar parmalash, yo’nib kengaytirish dastgohlarida keng qo’llaniladi. Uchinchi v) ko’rinishdagi tokarlik, frezerlash va boshqa shu kabi tur dastgohlarda keng qo’llaniladi.


Download 63.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling