«Iqtisodiyot» fakulteti «Menejment» kafedrasi


Mexanik ishlov berish jarayonining ketma-ketligi va bajarish tartibi


Download 63.2 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi63.2 Kb.
#1832153
1   2   3   4   5
Mexanik ishlov berish jarayonining ketma-ketligi va bajarish tartibi
Bo’ylama o’q bo’yicha teshikka ega bo’lgan shpindellarni tayyorlash eng murakkab hisoblanadi. Ularni mexanik ishlov berish yo’li bilan tayyorlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- xomashyoning har ikki sirt yuzalariga ishlov berish va markaziy teshiklarni ochish;
- aylanish o’qiga ega bo’lgan tashqi yuzalarni qora va yarim toza ishlov berish;
- bo’ylama o’q bo’yicha yo’nalgan ochiq teshikni parmalash;
- old va orqa konus teshiklariga dag’al ishlov berish;
- termik ishlov berish;
- konus teshiklariga yarim toza ishlov berish;
- flanetsda joylashgan teshiklarga ishlov berish;
- aylanish o’qiga ega bo’lgan tashqi yuzalarga toza ishlov berish;
- rezpba ochish, shlitsa yuzalarini va shponka uyalarini frezerlash;
- tsilindrik va konussimon tayanch yuzalarni jilvirlash;
- patron osti konus yuzasini va flanets sirtini jilvirlash;
- old konus teshigini jilvirlash.
Har qanday val kabi shpindellarga qora va yarim toza ishlov berish uchun texnologik baza rolini xomashyoning har ikki tomonidan sirtlari yo’nib ishlanadi so’ng markaziy teshiklar ochiladi (23-rasm). Bu texnologik yuzalarni tayyorlashni donali va kichik seriyali ishlab-chiqarish sharoitida tokarlik dastgohlarida ikki marta o’rnatish yordamida bajarish mumkin. Ko’p seriyali va yalpi ishlab-chiqarish sharoitida frezerlash markazlash dastgohlarida ikki holatda (xolatda) amalga oshiriladi. Bunda birinchi holati (24-rasm) xomashyoning har ikki sirt tomonidan markaziy teshiklar parmalanadi. Ushbu amalni bajarishda xomashyo prizmalarga o’rnatiladi.



23-rasm. Markaziy teshiklar.





24-rasm. Frezerlash-markazlash dastgohlarida ishlov berish.


Ko’p seriyali ishlab-chiqarish sharoitida bunday amallarni bajarishning eng ilg’or usullaridan biri o’zi markazlovchi, ya’ni har ikkala prizma ham xarakatlanuvchi moslamadan foydalanib frezerlash-markazlash dastgohini qo’llashdir. Bu usul shpindel xomashyosini geometrik o’qi emas balki dinamik o’qi bo’yicha markazlashni ta’minlab tayyor shpindelni dinamik muvozanatlashni sezilarli darajada osonlashtiradi.

Download 63.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling